ta’sirot nervdan juda tez o ‘tadi va bu tezlik yorugiikning tarqalish tezligiga baravar b oiadi, deb hisoblanar edi. Mashhur nemis fiziologi Gelmgols maxsus asbob-galvanometr yordamida nervdan ta’sirot o‘tish tezligini aniqlashga muvaffaq b o id i va bu tezlik uncha katta emasligini, masalan, baqaning harakatlantiruvchi nervi uchun sekundiga 27 m ga tengligini isbotladi. Issiq qonli hayvonlaming afferent tolalari ta’sirotni tezroq o ‘tkazadi. Jumladan, mielinli nervlaming afferent tolalari bo‘ylab ta’sirot 160 m/sek. tezlik bilan tarqaladi. Mielinsiz nervlar mielinli nervlarga qaraganda ta’sirotni 100 baravar sekinroq o ‘tkazadi. Nervda moddalar almashinuvi. Nerv tolalarida moddalar almashinuvi ancha sust o ‘tadi va juda kam issiqlik hosil boiadi. So‘nggi yillarda o ‘tkazilgan tekshirishlar natijasida nervlaming to‘xtovsiz kislorod iste'mol qilib karbonat angidrid chiqarib turishi isbotlandi. Nerv qo‘zg ‘alganda kislorodni iste'mol qilishi va karbonat angidrid chiqarishi ko‘payadi, shu sababli bu vaqtda issiqlik hosil b o iish i ham bir oz ko‘payadi. Bitta impuls nerv bo‘ylab 1 sm harakat qilganda nervdan 10-12 kaloriya issiqlik ajralib chiqadi. Lekin nervning faoliyati natijasida ajraladigan issiqlik muskulnikidan 100 000 baravar kam. Nervning nisbiy charchamasligi. Nerv deyarli charchamaydi. N.E.Vvedenskiy 1884 yilda tajriba o ‘tkazib, nerv juda uzoq (9-12 soat) ta’sirlanganida ham uning charchamasligini isbotladi. Nervning nisbiy charchamasligi unda moddalar almashinuvining sustligi va labilligining 335
balandligiga bog‘liq b o iib , uning faoliyati uchun katta ahamiyatga egadir.