Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   318
2 5213200508969289537

QONNING OQISH TEZLIGI
Qonning oqish tezligi turli tomirlarda turlichadir. Vaqt birligida 
tomirlaming muayan ko‘ndalang kesimidan oqib o‘tgan qon miqdoriga 
qonning hajmiy tezligi deyiladi. Qonning vaqt birligida tomir bo'ylab 
bosib o ‘tgan yo‘li chiziqli tezligini ifoda qiladi. Qonning chiziqli tezligi 
tomir ko‘ndalang kesimiga teskari proporsionaldir.
Qon aylanish doirasi turli diametrli uchi berk qon tomirlaridan tashkil 
topgan bo‘lib, ichida doim muayan miqdorda qon oqadi. Shu sababli turli 
tomirlar tizimida qonning hajm tezligi deyarli bir xil bo‘lib, chiziqlisi har 
xildir. Boshqacha aytganda, har xil diametrli tomirlar tizimining umumiy 
ko'ndalang kesimidan o‘tgan qon hajmining doimiyligi qon chiziqli 
tezligining bir xil bo‘lmasligini taqozo qiladi. Tomirlar ko‘ndalang 
kesimining umumiy yuzasi qancha katta bo‘Isa, qon oqishining chiziqli 
tezligi o'shancha sekin boiadi. Tomirlar tizimining eng tor joyi aortadir. 
Unda qon 400-500mm/sek tezlik bilan harakatlanadi. Tomir shoxlanib 
tarmoqlarga bo‘lingan sari, ko‘ndalang kesim yuzasi kengayib boraveradi. 
Oqibatda o‘rta diametrli arteriyalarda qon 150-200mm/sek tezlik bilan
113


harakat qiladigan bo‘lib qoladi. Aorta shoxlanishi tufayli hosil bo‘ladigan 
arteriya qon tomirlari diametrining umumiy yig‘indisi aorta diametridan 
kattaroqdir. Shuning uchun ham arteriyalarda qonning oqishiga ko‘rsa- 
tiladigan qarshilik aortadagi qarshilikka nisbatan ko‘proq. Shunga ko‘ra 
arteriyalarda qon aortadagiga nisbatan sekinroq oqadi.
Qon tomirlari ko‘ndalang kesimining umumiy yuzasi qonning oqish 
tezligi uchun katta ahamiyatga ega. Umumiy kesimning yuzasi qancha 
kichik bo‘lsa, qonning oqish tezligi shuncha katta bo‘ladi va aksincha 
kesimning umumiy yuzasi qancha katta bo‘lsa, qon shuncha sekin oqadi. 
Bundan kelib chiqib har qanday kesimga ega bo‘lgan yuzadan oqib o ‘tgan 
qon miqdori doimiydir.
Kapillyarlar yuzasining yig‘indisi aorta yuzasidan 600-800 marta 
katta. Voyaga yetgan odam aortasining ko‘ndalang kesimi maydoni 8 sm2, 
shuning uchun qon tomirlar tizimining eng tor joyi - aortadir. Katta va 
o ‘rtacha arteriyalarda qarshilik unchalik katta emas, arteriolalarda esa u 
keskin ortadi.
Qarshilik kapillyarlarda kuchli ortadi (tashqi ishqalanish), ayniqsa, 
diametri eritrositlar diametridan tor bo'lgan kapillyarlarda ular juda 
qiyinchilik bilan o‘tadi. Katta qon aylanish doirasida umumiy kapillyarlar 
soni - 2 mlrd. kapillyarlami venulalarga aylanishi tufayli venalami ham 
umumiy yuzasi kichrayadi; kovak venalaming yuzasi 1,2-1,8 martagina 
aorta yuzasidan kattadir.
Qonning oqishini to‘g ‘ri chiziqli tezligi katta va kichik qon aylanish 
doiralarining boshlanishi va tamom bo‘lish qismlaridagi qon bosimining 
farqi va qon tomirlar ko‘ndalang kesimi yuzasiga bog‘liqdir. Yuza 
yig‘indisi qancha katta bo‘Isa, tezlik shuncha past va aksinchadir.
Qonning eng yuqori oqish tezligi aortadir, sistola paytida u 500-600 
mm/s, diastola paytida 150-200 mm/s. ga teng. Arteriyalarda tezlik 150­
200 mm/s.ga teng, arteriolalarda esa u keskin -5 mm/s pasayadi. Qonning 
eng sekin oqish tezligi - 0,5 mm/s kapillyarlarda kuzatiladi. 0 ‘rtacha 
venalarda qonning oqish tezligi 60 dan 140 mm/s gacha ortadi, kovak 
venalarda esa - 200 mm/s gacha yetadi. Qon oqimini kapillyarlarda 
sekinlashishi qon bilan kapillyarlar devori orqali to‘qimalar orasida 
moddalar va gazlar almashinuvida katta ahamiyatga ega.
Qonning barcha qon aylanish doiralarini to ‘lig‘icha aylanib chiqishi 
uchun kerak bo‘lgan eng kam vaqt -21-22 soniyani tashkil etadi. Bu 
ko‘rsatkich turli hayvonlarda turlichadir, otlarda 40 s, sigirlarda 28-34 s., 
qo‘y va echkilarda 24-25 s.
114


Odamlarda qonning to ‘lig‘icha aylanish vaqti, ovqat hazrn 
q ilish va 
jismoniy ish bajarganida qisqaradi. Ovqat hazm qilish vaqtida qorin 
bo‘shlig‘i organlari orqali jismoniy ish bajarilganda esa - muskullar orqali 
qonning oqish tezligi tezlashadi.
Arteriya pulsi. Tomirlar devorining yurak faoliyati tufayli ritmik 
ravishda to‘lqinsimon harakat qilib turishiga puls yoki tomir urishi 
deyiladi. Yurak aortaga qonni muayan ritmda, bo‘lib-bo‘lib haydaydi. 
Oqibatda uning devori haydalayotgan qon ritmiga mos ravishda kengayib- 
torayib turadi. Aortaning ritm bilan kengayib-torayib turishi arteriya 
tomirlari bo ‘ у lab to‘lqinsimon tarqaladi. Bunga arteriya pulsi deyiladi. 
Puls qonning oqish tezligiga qaraganda ancha tez tarqaladi. Jumladan
aortada qonning oqish tezligi 400-500mm/sek bo‘lgani holda, puls toTqini 
7-9mm/sek tezlik bilan tarqaladi. Yurakdan uzoqlashgan sari puls to‘lqini 
so‘na borib kapillyarlarda bilinmay qoladi. Arteriya pulsini otlarda va 
qoramollarda tashqi ja g ‘ arteriyasidan, mayda hayvonlarda esa son 
arteriyasidan paypaslab aniqlash mumkin.
21-rasm. Sflgmogramma.
Arteriya pulsini sfigmograf asbobi yordamida grafik ravishda yozib 
olish mumkin. Yozib olingan shu chiziqqa sflgmogramma deyiladi. 
Sflgmogramma uch qismdan tashkil topadi - yurak qorinchalarining 
sistolasida tomir devorlarining kengayishi tufayli yuqoriga ko‘tarilgan egri 
chiziq-anakrota, yurak qorinchalarining diastolasi tufayli pastga tushgan 
egri chiziq -katakrota, yarim oysimon klapanning yopilishi oqibatida 
chiziladigan chiziq-dikrota.
Puls - vaqt birlgida yurakning qisqarib, kengayishlari soni chastotasi 
puls to‘lqinlarining barovar vaqt oralig‘ida, bir maromda takrorlanib 
turishi-ritmi, puls to‘lqinlarining tomir devori bo‘ylab naqadar tarqalishi -
tezlik; puls to‘lqinining tomir devorini qay darajada kengaytira olishi -
balandlik; puls to‘lqinining yo‘qolishi uchun tomir devoriga bosish zarar 
bo‘lgan kuch-puls kuchi va boshqa belgilar bilan ta’riflanadi. Puls 
tezligiga ko‘ra tezlashgan yoki sekinlashgan, chastotasiga ko‘ra ko‘p yoki
115


kam, ritmiga ko‘ra ritmli yoki ritmsiz, puls to‘lqinining tomirni nechog‘li 
kengaytira olishiga qarab baland yoki past, kuchiga qarab bo‘sh yoki qattiq 
(kuchli yoki kuchsiz) bo'lishi mumkin. Pulsning xarakteri yurak-tomirlar 
tizimi faoliyatining turli xildagi o ‘zgarishlarida boshqacha bo‘lib qoladi. 
Uni aniqlash organizmdagi turli kasalliklami bilib olishda katta 
ahamiyatga ega.
Vena pulsi. Vena pulsi asosan yirik kovak venalaming yurakka yaqin 
joylarida kuzatiladi. Mayda, kichik diametrli venalarda puls to'lqini qayd 
qilinmaydi. Arteriya pulsi yurak qorinchalarining faoliyatiga bog'liq 
bo‘lsa, vena pulsi yurak bo‘lmalarining faoliyatiga bog‘liqdir. Vena pulsi 
flebograf asbobi yordamida yozib olinishi mumkin. Yozib olingan shu egri 
chiziqqa flebogramma deyiladi. Flebogrammada 
A, 
С va V tishchalar farq 
qilinadi. A tishcha bo‘lma sistolasi paytida qonning juda qisqa vaqt 
davomida kovak venalarda to ‘xtab turishi va bu vaqtda kovak venalar 
devorining bir oz kengayishi oqibatida chiziladi.
С - tishcha qorinchalar sistolasining boshlanishi, tabaqali klapan- 
laming yopilishiga aloqadordir. C-tishchadan keyin pastga qarab tushgan 
chiziq va V - tishcha qorinchalar sistolasining oxirida bo‘lmalarga qon 
to ‘lib, kovak venalarga toshib chiqishi sababli tomir devorining bir oz 
taranglanishi tufayli chiziladi. Vena pulsini yozib olish yurak faoliyatini 
tekshirishda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin