Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


YURAK MU SKULL ARININ G XUSUSIYATLARI



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   318
2 5213200508969289537

YURAK MU SKULL ARININ G XUSUSIYATLARI
Yurak muskullari qo‘zg‘aluvchanlik, o ‘tkazuvchanlik, refrakterlik, 
avtomatiya, biotoklar hosil qilish xususiyatlariga ega.
Qo‘zg‘aluvchanlik xususiyati. 
Yurak muskullari ham skelet 
muskullari singari, qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatiga ega. Yurakka ta ’sirot 
berilganda u qo‘zg‘alish tariqasida muskullar bo‘ylab tarqaladi va ulaming 
qisqarishiga sabab bo‘ladi. Yurak muskullari skelet muskulaturasiga 
qaraganda qo‘zg‘alishni sekinroq o ‘tkazadi. Skelet muskulaturasi, turli 
darajada qo‘zg‘aluvchanlikka ega bo‘lgan tolalardan tashkil topgan. Unga 
ta ’sir qilayotgan kuch oshishi bilan qisqarish darajasi ham m a’lum 
chegarada oshib boraveradi, yurak muskulaturasining qo‘zg‘alib qisqarishi 
unga ta ’sir qilayotgan sun’iy kuchning miqdoriga bog‘liq emas. Kuchsiz 
qo‘zg‘alish pog‘onasidan past bo‘lgan ta ’sirot yurak muskulaturasi 
qo‘zg‘alish bilan javob bermaydi. T a’sir qilayotgan kuch yurak 
muskulaturasining qo‘zg‘alish pog‘onasiga teng bo‘lganda yurak 
muskulaturasi bor imkoniyat bilan, boshdan-oyoq, yalpisiga bir xil 
qisqarish bilan javob beradi. Keyinchalik ta’sirot kuchini oshirish yurak 
muskulaturasini qo‘zg‘alish darajasini, demak, qisqarish kuchini ham 
oshirmaydi. Yurak muskulaturasining qisqarishi skelet muskulaturasining 
qisqarishiga qaraganda uzoqroq davom etadi. Yurak muskulaturasi 
qo‘zg‘algan holda qisqarmasligi, ya’ni qo‘zg‘alishi bilan qisqarish 
o ‘rtasidagi aloqa uzilishi ham mumkin. Masalan, tanadan ajratib olingan 
yurak solingan eritma ichida tarkibida kalsiy tuzi yo‘q. Ringer eritmasi 
uzoq vaqt davomida oqizib qo‘yilsa, bu vaqtda qo‘zg‘alish to‘lqini ritm 
bilan paydo bo‘lib turadi-yu, ammo yurak muskulaturasi qisqarmaydi.
98


Demak, kalsiy ionlari yurak muskulaturasining qo‘zg‘alishi uchun emas, 
balki qisqarishi uchun zarur.
Yurak muskullarining o ‘tkazuvchanligi. Yurak yaxlit, simplast organ 
bo‘lgani uchun uning har qaysi qismi birdaniga qisqaradi. Yurak 
muskulaturasining hujayralari protoplazmatik ko‘prikchalar bildh o‘zaro 
tutashganligi tufayli bir joyda paydo bo‘lgan qo‘zg‘alish tezda boshqa 
hujayralar bo‘ylab tarqaladi. Yurak muskulaturasi turli qismlarining 
navbatma-navbat, o ‘zaro moslashib qisqarishi unda joylashgan maxsus 
o ‘tkazuvchi 
tizim 
yordamida 
amalga 
oshadi. 
Bu 
qo‘zg‘alishni 
bo‘linmalardan qorinchalar tomon o ‘tishini ta’minlydi. Yurakning 
o ‘tkazuvchi 
tizimi 
xususiy 
muskulaturasiga 
qaraganda 
nozikroq 
miofibrillarga ega, ko‘ndalang yo'llari kam, sarkoplazmaga ’ boy 
to ‘qimadan tashkil topgandir. Bu tizimning hujayralari bir necha joyda 
to'plamlar hosil qiladi. Birinchi to'plam (tugun) o ‘ng yurak bo‘lmasi 
epikardning ostida, kovak venalaming quyilish joyida hosil bo‘lgan. 
Bunga Kiss-Flek yoki sinus tuguni deyiladi. Ikkinchi tugun o‘ng yurak 
bo‘lmasining devorida, atrioventrikulyar to‘siqning oldida joylashgan 
bo‘lib, unga Ashof-Tovar yoki atrioventrikulyar tugun deyiladi. Uning 
davomi bo‘lib bitta muskul bog'lami boshlanadi, bu bog‘lam Gis bogiam i 
deb yuritiladi. Gis tutami o ‘ng va chap qorinchalar devori bo'ylab ikkiga 
shoxlanadi. Bularga Gis bog‘lami oyoqchalari deyiladi. Gis bog‘lami 
ayoqchalari qorinchah muskulaturasi bo‘ylab mayda-mayda tolalarga 
bo‘linadi, Purkinye tolalari deb shularga aytiladi. Purkinye tolalari 
endokard 
ostida joylashgan 
bo‘lib, 
muskulatura bo‘ylab 
turdek 
tarqalgandir. Qo‘zg‘alish Kiss-Flek tugunida paydo bo‘lib, aw alo, 
bo‘lmalar muskulaturasiga tarqaladi. Oqibatda bo'lm alar qisqaradi. 
So‘ngra Ashof-Tovar tugunida, undan esa Giss bogTami va Purkinye 
tolalari 
orqali 
qorinchalarga 
o ‘tkaziladi. 
Qo‘zg‘alish 
qorinchalar 
muskulaturasi bo‘ylab tarqalishi oqibatida ular qisqaradi. Yurakning 
o ‘tkazuvchi tizimi orqali qo‘zg‘alish skelet muskulaturasiga qaraganda o ‘n 
marotaba tezroq o ‘tkaziladi. Qo‘zg‘alishni yurak oldi bo‘lmalarining 
muskulaturasi 1000-1200 mm/sek, Giss bog‘lami ayoqchalari 1500-5000 
mm/sek, Purkinye tolachalari 1000-5000 mm/sek tezlik bilan o'tkazadi. 
Qorinchalarning muskulaturasidan qo‘zg‘alish bir oz sekinroq 300-500 
mm/sek tezlik bilan o‘tadi. Qo‘zg‘alish Ashof-Tovar tugunida bir oz 
ushlanib o‘tadi, shunga ko‘ra bu yerda qo‘zg‘alishning o ‘tish tezligi 0,02­
0,05 mm/sek ga tushib qoladi. Qo‘zg‘alishning Ashof-Tovar tugunida 
bunday paysallashib o‘tkazilishi, yurak turli qismlarining navbatma-navbat 
qisqarib bo‘sbashuvi, tartib bilan ishlashi uchun benihoya katta
99


ahamiyatga ega. Chunki qo‘zg‘alish Ashof-tovar tugunida paysallanib 
o‘tishi oqibatida bo‘lmalar qisqarib ulguradi; so‘ngra esa qorinchalar 
sistolasi boshlanadi. Qo‘zg‘alishning muskulatura bo‘ylab tarqalish tezligi 
muskulaturaning qalinligiga, undagi glikogen miqdoriga, haroratga 
bog‘liq.
Avtomatiya xususiyati. Yurak muskulaturasi avtomatiya, y a’ni 
mustaqil ravishda ishlash qobiliyatiga ega. Yurak muskulaturasi unga 
markazdan impuls kelmaganda ham, bevosita o ‘zida hosil bo‘layotgan 
impulslar ta’sirida mustaqil ravishda ishlay oladi. Baqa yuragini tanasidan 
ajratib olib, Ringer eritmasiga solib qo‘yilsa, bu yurak bir necha soat, bir 
necha kun davomida ishlab turishi mumkin. Barcha issiq qonli hayvonlar, 
hatto, odamlaming yuragi ham, tegishli sharoit yaratilsa, tanadan 
tashqarida bir necha soat davomida bir maromda ishlay oladi. Issiq qonli 
hayvonlar yuragining avtomatiyasini kuzatish uchun Langendorf usuli 
qo‘llaniladi. 
Buning uchun 
fibrinsizlantirilgan qonga yoki 
tana 
haroratigacha isitilgan va kislorod bilan to‘yintirilgan Ringer eritmasiga 
glyukoza qo‘shilib, kanyo‘la yordamida aortaga m a’lum bosim ostida 
yuboriladi. Bu vaqtda suyuqlik bosimi bilan yarim oysimon klapan 
yopilib, suyuqlik yurakni toj tomirlari bo‘ylab oqadi va tanadan ajaratib 
olingan yurak muskulaturasini ozuqa va kislorod bilan ta ’minlab turadi. 
Shunday sharoitda issiq qonli hayvonlaming yuragi soatlab ishlashi 
mumkin.
Yurak avtomatiyasini tushuntiruvchi ikkita nazariya bor. Ulaming 
biri (miogen nazariya) yurakning avtomatiya xususiyati, o ‘tkazuvchi 
tizimining muskul elementlariga bog‘liq deb hisoblasa, ikkinchisi 
(neyrogen nazariya) o‘tkazuvchi tizimning nerv elementlariga bog‘liq deb 
hisoblaydi.
0 ‘tkazuvchi tizimning nerv va muskul elementlari o ‘zaro juda 
chirmashib, tutashib ketgan ulaming faoliyatini bir-biridan ajratib qarash 
mumkin emas. Shuning uchun ham yurakning avtomatiya xususiyati 
o‘tkazuvchi tizimning nerv va muskul elementlaridan har ikkalasining 
ishtiroki bilan amalga oshiriladi, deb qarash maqsadga muvofiqdir. Nerv 
elementlari muskul elementlariga nisbatan qo‘zg‘aluvchandir. Shu sababli 
qo‘zg‘alish dastlab o ‘tkazuvchi tizimning nerv elementlarida paydo 
bo‘ladi va muskul elementlarida kechayotgan moddalar almashinuvining 
jadalligiga, demak, qo‘zg‘aluvchanlikka ta’sir qiladi. Natijada muskul 
elementlarida ham yurakning qisqarishini ta ’minlovchi impulslar kelib 
chiqishi uchun sharoit vujudga keladi. Demak, organizmda yurakning ish 
ritmi markaziy nerv tizimidan keladigan nerv impulslari bilan birgalikda
100


yurakning devorida joylashgan tugunlardan chiqayotgan impulslarga ham 
bog‘liq. 0 ‘tkazuvchi tizimning turli qismlari turli darajada avtomatiya 
xususiyatiga ega. Kiss-Flek tuguni avtomatiyaning yuzaga chiqishida 
yetakchi tuzilma hisoblanadi. Kiss-Flek tugunidan yurakning ichiga tomon 
avtomatiya so‘nib boradi. Buni Stannius tajribasida baqalarda kuzatishimiz 
mumkin. Baqalarda Kiss-Flek tuguni Remaka tuguni deb nomlanib, u baqa 
yuragining vena havzasida joylashgan. Baqaning ko'krak qafasini ochib, 
ishlab turgan yurakni kuzatganimizdan keyin vena havzasi bilan yurak 
bo‘lmalari o‘rtasiga ip solib, shu ip ohista tortib, qattiq bog‘lab qo‘yilsa 
(Stanniusning birinchi bog‘lami), Remak tugunidan chiqayotgan impulslar 
shu tariqa yurak bo‘lmalari va qorinchasiga o‘tmasligi ta’minlansa, bu 
vaqtda bo‘lmalar va qorincha bir oz ishdan to‘xtab qoladi. Remak tuguni 
qo‘zg‘alayotganligi sababli vena havzasi (venoz tugun) esa, aksincha, 
to‘xtamasdan, avvalgidek, balki undan ham tezroq ishlab turaveradi. Bog‘ 
solingandan keyin 30-40 soniya o ‘tgach, yurak bo‘lmalari va qorincha 
yana qisqara boshlaydi. Ammo endi bo‘lmalar va qorincha aw algiga 
qaraganda past ritmda qisqara boshlaydi. Ulaming qisqarishi vena 
havzasining qisqarishiga mos kelmaydi, itoat qilmaslik, mustaqillik 
hodisasi kuzatiladi, ya’ni vena havzasi bilan yurak qismlari faoliyatlari 
o ‘rtasidagi izchillik buziladi. Birinchi bog‘ tufayli vaqtincha to‘xtab 
qolgan bo‘lmalar va qorincha o ‘rtasidan ular qisqarishga boshlanmasdanoq 
yana bog‘lasak ular shu zahotiyoq qisqarib ishlay boshlaydi (Stanniusning 
ikkinchi bog‘lami). Bu paytda qo‘zg‘alish bo‘lmalarining qorinchaga 
yaqin joyda joylashgan. Bidder tugunining ta’sirlanishi oqibatida kelib 
chiqadi (issiq qonli hayvonlardagi Ashof-Tovar tuguni baqalarda shunday 
ataladi).
Agarda bog‘lam tugunning ustidan tushadigan bo‘lsa va hosil 
bo‘ladigan impulslar bo‘lmalar va qorinchaga barovariga bora oladigan 
bo‘lsa, bu paytda bo‘lmalar ham, qorincha ham bir vaqtda baravariga 
qisqaradi. Agar bog‘lam tugunning pastidan tushsa, bo'lm alar yuqorisidan 
tushsa qorincha qisqaradi, ayni vaqtda bo‘lmalar va qorinchaning qisqarish 
tezligi vena havzasinikidan ancha sekin bo‘ladi va bu autrioventrikulyar 
tugun avtomatiyasi sinus tugunning avtomatiyasidan past ekanini 
ko‘rsatadi. Issiq qonli hayvonlar yuragining o ‘tkazuvchi tizimi turli 
qismlarining avtomatiyasi turlicha ekanligini yurakning tegishli tugunlarini 
muzlatish yoki isitish yo‘li bilan ham isbotlash mumkin. Agar Kiss-Flek 
tuguni muzlatilsa, faol ishlab turgan yurak ishdan to'xtaydi. Keyinchalik 
Ashof-Tovar tugunining qo‘zg‘alishi tufayli yana qisqarib ishlay 
boshlaydi. Bu paytda yurak bo‘lmalari va qorinchalari bir vaqtda
101


qisqaradi. Chunki Ashof-Tovar tugunidan impulslar yurak bo‘lmalariga 
ham, qorinchalarga ham bir vaqtda yetib boradi. Ashof-Tovar tuguni ham 
muzlatilganda yurakning faoliyati ancha vaqt o ‘tgandan keyin juda 
sekinlik bilan tiklanadi. B u ' vaqtda, yurak Purkinye tolalarining 
avtomatiyasi tufayli ishlay boshlaydi. Shu tolalar avtomatiyasi Ashof- 
Tovar tugunining avtomatiyasidan past bo‘lganligi sababli yurak endi 
awalgisidan ham sekinroq ritmda ishlay boshlaydi. Purkinye tolalaridan 
chiqayotgan impulslar, bo‘lmalarga qaraganda qorinchalarga tezroq yetib 
boradi, oqibatda avval qorinchalar, so‘ngra bo‘lmachalar qisqaradi. Odatda 
organizmda faqat Kiss-Flek tuguni avtomatiya qobiliyatini namoyon qilib 
turadi. Ashof-Tovar tuguni va Purkinye tolalarining avtomatiyasi esa Kiss- 
Flek tugunidan chiqayotgan impulslar ta ’sirida “bo‘g‘ilib” qoladi.
Refrakterlik xususiyati. Skelet muskulaturasi uchun tetanik qisqarish 
xos bo‘Isa, yurak muskulaturasi uchun bunday qisqarish xos emas. 
Boshqacha aytganda hayvon tik turgan paytda oyoq muskullari tetanik 
qisqargan holatda bo‘ladi va anchagacha shunday turaveradi, Yurak 
muskullari esa, bir qisqarganidan keyin albatta bo‘shashuvi kerak. Agar bir 
yurak muskulaturasiga sistola vaqtida qo‘zg‘alish chaqiruvchi qo‘shimcha 
ta’sirot bersak, yurak muskulaturasi bu ta’sirotga qo‘zg‘alib, qisqarish 
bilan javob bermaydi. Yurak muskulaturasi yoki boshqa biror 
qo‘zg‘aluvchan to‘qimaning ta’sirotga javob bermaslik xususiyati 
refrakterlik deyiladi. Refrakterlik o‘z vaqtida Vvedenskiy va Uxtomskiylar 
tomonidan o ‘rganilgan. Ulaming ta ’imotiga k o ‘ra yurak muskulaturasi 
sistola paytida ham qo‘zg‘aluvchanligini saqlaydi. Yurak muskulatu­
rasining bu vaqtda ta ’sirotga javob bermasligiga sabab tabiatan bir-biriga 
yaqin bo'lgan ikkita ta’sirot o ‘rtasidagi o ‘zaro to‘qnashish natijasidir. 
(Kiss-Flek tugunidan kelayotgan impuls bilan berilayotgan ta’sir 
o‘rtasida). Refrakterlik skelet muskulaturasi uchun ham xos, ammo bu 
muskulaturaning refrakterlik davrida qisqa bo‘lib, sekundning mingdan bir 
bo‘lakchalaricha davom etadi va odatda navbatdagi ta ’sirot yetib 
borguncha tugaydi. Yurak muskulaturasining refrakterlik bosqichsi 
sekundning o‘ndan bir b o ‘laklari bilan o ‘lchanadi. Yurak muskulaturasida 
refrakterlikning nisbatan uzoq davom etishi yurak faoliyati uchun katta 
ahamiyatga ega. Agar yurak muskulaturasi turli qo'shimcha ta ’sirotlarga 
ham qisqarishlar bilan javob berganda edi, sistolalar odatdagidan uzoq 
davom etib, yurak faoliyati buzilgan bo‘lur edi. Yurak muskulaturasining 
qo‘shimcha ta’sirotga umuman javob bermaydigan bosqichsi mutloq 
refrakterlik- bosqichsi deyiladi. Bu bosqich yurak faoliyatining sistola 
davriga to ‘g ‘ri keladi. Diastola endi boshlanayotgan davrda qo‘shimcha
102


ta’sirot berilsa, bu vaqtda qo‘shimcha ta’sirotga yurak muskulaturasi 
navbatdan tashqari, qo‘shimcha qisqarish bilan javob beradi. Chunki 
diastola paytida muskulaturaning refrakterligi pasayib, qo‘zg"aluvchanligi 
oshib ketadi va kuchli ta’sirotlar kuchsiz qo‘shimcha qisqarishni hosil qila 
oladi. Yurak muskulaturasining kuchli ta ’sirotga kuchsiz qo‘shimcha 
qisqarish hosil qila oladigan, davri nisbiy refrakterlik davri deyiladi. 
Nisbiy refrakterlikdan keyin qo‘zg‘aluvchanlik kuchayadigan davr, 
Vvedenskiy ta’rifi blan aytganda, ekzaltatsiya (super normal) bosqichsi 
boshlanadi. Bu bosqichda yurak muskulaturasi yurakni boshqarayotgan 
qismdan keluvchi pog‘onadan past ta’sirotga ham qo‘zg‘alish va qisqarish 
bilan javob bera oladi. Muskulaturaning nisbiy refrakterlik bosqichida 
fyosil bo‘lgan qo‘shimcha, navbatdan tashqari qisqarishga ekstrasistola 
deyiladi. Ekstrasistoladan keyin pauza vaqti uzaygan bo‘ladi.
Ekstrasistoladan keyingi o ‘zaygan pauzaga kompensator pauza 
deyiladi. Pauzaning shu qadar uzayib, kompensator pauzaga aylanishining 
sababi shuki, Kiss-Flek tugunidan kelayotgan navbatdagi impuls 
qorinchalar ekstrasistolasining mutloq refrakterlik bosqichsiga duch kelib, 
javobsiz qoladi. Oqibatda nisbiy refrakterlik bosqich tugagani bilan Kiss- 
Flek tugunidan navbatdagi impuls hali kelmagan bo‘ladi. Shuning uchun, 
ekstrasistoladan keyin yurak muskulaturasining diastola vaqti uzaygan 
b o ia d i (kompensator pauza).
Homilada qon aylanishi. Onaning arterial qoni homilaga plasentadan 
kindik teshigidan ikkita kindik arteriyalari birgalikda o ‘tgan kindik-venasi 
orqali tushadi. Homila tanasida kindik venasi tarmoqlanib ketadi.
Aransiyev vena qon oqimi - birinchi tarmoq orqali qon to‘g ‘ridan- 
to‘g‘ri quyi kovak venasiga tushadi, boshqa bir necha tarmoqlar orqali 
avval darvoza (qopqa) venasi orqali jigarga harakatlanadi, so‘ngra 
homilaning tanasini pastki qismidan oqib keluvchi vena qoni bilan 
aralashadigan quyi kovak venaga harakatlanadi. 0 ‘ng bo‘lmachadan bu 
qon, tananing yuqorigi qismidan yuqorigi kovak venaga tushuvchi vena 
qoni bilan aralashadi. Yuqorigi va pastki kovak venalaming quyilish joyi 
orasida tojlar bor. Ana shu tojlar tufayli pastki kovak venalarda hosil 
bo‘luvchi kislorod va to‘yimli moddalarga boy bo‘lgan aralash qonning 
talaygina qismi to‘g ‘ridan-to‘g‘ri bo‘httachalami 
ajratib 
turuvchi 
devordagi oval teshikcha orqali o ‘ng bo‘lmachadan chap bo‘lmachaga 
tushadi, qaysiki o ‘pka venasi orqali o ‘pkadan juda kam miqdordagi qon 
sizib turadi. Chap bo‘lmachadan aralash qon chap qorinchaga so‘ngra 
aortaga, undan arteriyalar bo‘ylab tanaga tarqaladi va plasentaga tushadi.
103


Kislorod va to ‘yimli moddalarga taqchil bo‘lgan qonning boshqa 
qismi o‘ng boMmachadan o'ng qorinchaga o ‘tadi. 0 ‘ng qorinchaga 
tushuvchi juda kam miqdordagi vena qoni o ‘pka orqali chap bo‘lmachaga, 
so‘ngra o‘ng qorinchaga o‘tadi.
Bu qonning katta qismi o ‘ng bo‘lmachadan aorta yoyi bilan 
bog‘lovchi, o ‘pka arteriyasining keng tarmog‘i hisoblanuvchi arterial 
Botallov oqimi 
orqali aortaga tushadi va u yerda chap qorinchadan 
tushadigan arterial qon bilan aralashadi. Botallov arterial qon oqimi aorta 
yoyiga tushganidan keyin, undan bosh va o‘qli tomirlari chiqadi, shu 
sababli bosh va tananing yuqorigi qismi tananing pastki qismiga nisbatan 
kislorodga va to‘yimli moddalarga boy bo‘lgan qon oladi. Xuddi shunday 
tarkibga ega qon jigarga ham tushadi. 0 ‘ng va chap bo‘lmachalar 
orasidagi oval teshik orqali va arterial qon oqimi tufayli homilaning to‘it 
kamerali yuragi deyarlik to‘lig‘icha katta qon aylanish doirasi va plasenta 
bilan xuddi ikki kamerali yurak singari faoliyat ko‘rsatadi.
Tug‘ilgandan keyin kindik tomirlari bog‘langach plasentali qon 
aylanish to‘xtaydi. Aransiyev tarmog‘i va darvoza venasiga quyiluvchi 
shoxlar bo‘shab qoladi, natijada o ‘ng bo‘lmachada bosim keskin 
kamayadi. Birinchi nafas olinganidan keyin o ‘pka tomirlari kuchli 
kengayadi va ularga tomon o‘pka arteriyasi orqali barcha qon 
harakatlanadi, bu esa Botallov tarmog‘ini bo‘shab (qonsiz) qolishini 
chaqiradi. 0 ‘pkadan katta miqdordagi qon chap bo‘lmachaga tushadi va 
o‘z navbatida undagi qon bosimining ko‘tarilishini keltirib chiqaradi. Chap 
va o ‘ng bo‘lmachalardagi bosimlar farqi tufayli oval teshikchaning klapani 
yopiladi. Aransiyev, Botallov tarmoqlari va oval teshigi bir necha xaftadan 
keyin bitib ketadi, natijada ikki kamerali yurak kabi faoliyat ko‘rsatgan 
bola yuragi voyaga yetgan odamlamikidek to ‘rt kamerali yurak holida 
faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Ayrim hollarda oval teshikchasi 6-7 oylikdan 
keyingina bitib ketadi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin