Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   318
2 5213200508969289537

TO‘QIMA ORALIQ SUYUQLIGI
To‘qima oraliq suyuqligi to'qim a kamgaklarini to‘1dirib turadi va 
harakatlanar ekan, hujayralami yuvib olib, hujayralarda kechayotgan 
hayotiy jarayonlar uchun benihoya katta ahmiyatga ega bo‘ladi. 
Kapillayarlardan surilib o ‘tadigan moddalar shu suyuqlik orqali hujay- 
ralarga o ‘tkaziladi. 
0
‘z navbatida hujayralarda hosil bo‘ladigan chiqindi 
va boshqa moddalar ham shu suyuqlikka chiqariladi. Bu moddalaming 
tegishli qismi to ‘qima oraliq suyuqligidan kapillyarlaming vena qismiga 
suriladi qolgan qismi esa u bilan birgalikda limfa tomirlariga quyiladi. 
To‘qima oraliq suyuqligi limfa tomirlariga quyilganda so‘ng limfa 
bezlarida limfotsitlar bilan boyib, limfa suyuqligiga aylanadi.
Umurtqasizlaming gidrolnimfa va gemolimfalari. Kovakichlilarda va 
tuban chuvalchanglarda to‘yimli moddalaming tana hujayralariga 
yetkazilishi va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari suvli 
suyuqlik-gidrolimfa bilan bajariladi. Ayrim umurtqasiz hayvonlarda u 
kislorod olib yuruvchi oqsil moddalami saqlaydi. Bo‘g‘im oyoqlilar va 
mollyuskalarda yopiq bo‘lmagan tomirlarda gemolimfa aylanib yuradi. 
Gemolimfada qon pigmentlari erigan (xromoproteidlar) bo‘lib, ular nafas 
funksiyalarini bajarish bilan birga qon va limfa funksiyalarini ham 
bajaradi.
Qonning tarkibi va qon hosil bo‘lishining yoshga va jinsga oid 
farqlari. Qonning miqdori yangi tug'ilgan bolalarda tirik vaznining - 10 
dan 20 % gacha bo‘lgan og‘irligini tashkil qilsa, emadigan bolalarda - 9 
dan 13 gacha va kamaya borib, 
6
yoshda voyaga yetgan odamlar 
normasiga yetadi. Yangi tug‘ilgan bolalarda eritrositlar va leykositlaming 
miqdori katta yoshdagilamikidan ko‘proq, 
(1
mm3): eritrositlar -
6
mln, 
leykositlar - 10-30 ming, so‘ngra yosh oshishi bilan kamaya boradi va 10­
11 yoshda voyaga yetgan odamlaming nomiasiga yetadi. Yangi tug‘ilgan 
bolalar eritrositlaridagi gemoglobinning miqdori 1,5 barobarga voyaga 
yetgan odamlamikidan ortiq bo‘ladi va 3 yoshgacha u kislorodni o ‘ziga 
ko‘p biriktirib oladi. Yosh bolalaming leykositar formulasi katta yoshdagi 
odamlamikidan farq qilib 9-10 yoshgacha neytrofillaming nisbiy miqdori 
jiddiy darajada kam bo‘lsa, limfositlaming miqdori esa 14-15 yoshgacha 
jiddiy darajada ko‘p bo‘ladi. Qon plazmasidagi globulinlar miqdori yosh 
ortishi bilan ortib boradi, albuminlar esa kamaya boradi. Yangi tug‘ilgan 
bolalarda natriyning miqdori, kattalarga nisbatan kam, kaliyniki esa ко‘p. 
Qon plazmasidagi qandni miqdori yangi tug‘ilgan bolalarda katta yoshdagi 
odamlamikidan jiddiy darajada kam va faqatgina ular 12-14 yoshga 
yetganida voyaga yetganlar normasiga yetadi.
81


Jinslarga aloqador farqlar ham mavjud, ya’ni qondagi eritrositlar va 
gemoglobinlami miqdori o ‘rtacha olganda o ‘g‘il bolalar va erkaklarda qiz 
bolalar va ayollamikidan ко ‘p.
Kattalarga nisbatan yosh bolalarda qon hosil bo‘lishi va eritropoez 
jiddiy darajada katta, qaysiki qizil ilik yosh bolalarning barcha 
hujayralarida mavjud. Hayotning birinchi yilida ko‘pchilik qizil iliklar 
yog‘ to ‘qimalariga aylanadi, bunday o ‘zgarish 13-15 yoshdan boshlab 
tezlashadi va faqat 18-20 yoshga kelib tugaydi. Yosh bolalarda qon hosil 
bo‘lishi voyaga yetgan odamlarga nisbatan jiddiy darajada jadal ammo 
yosh o‘tishi bilan sekin-asta kamayadi.
LIMFA
Limfa - tiniq sarg‘ich suyuqlikdir. Qon plazmasiga nisbatan unda 
oqsilaming miqdori kam o ‘rtacha 3-4 %. Limfa oqsillariga-albuminlar va 
globulinlar kiradi, glyukoza o‘rtacha 
0,1
% ga yaqin, mineral tuzlar -
0
,
8
­
0,9 % bo‘lib, uning 67 
%
NaCl hajmiga to ‘g ‘ri keladi.
Limfa iviganida juda bo‘sh tromb hosil bo‘ladi, chunki uning 
tarkibidagi fibrinogenni miqdori plazma tarkibidagidan ancha kam. 
1
mm

limfada shaklli elementlaming miqdori 
2000
dan 
20000
gacha bo‘lsa-da, 
ulaming tarkibida eritrositlar va donador leykositlar, odatda, uchramaydi. 
Shaklli elementlaming 55 % ni limfositlar tashkil qiladi. Ulardan tashqari, 
monositlar va eozinofilar ham bo‘ladi. Limfa tarkibida diastaza va lipaza 
fermentlari bilan birga antitanalar ham saqlanadi.
Limfaning qon plazmasidan naqadar darajada farq qilishini 13- 
jadvaldan ko‘rish mumkin.
13 -Jadval.
Limfa va qon plazmasining o ‘rtacha kimyoviy tarkibi:
% hisobida.
Moddalar
(%hisobida)
B o‘yin limfa 
yo‘lining 
limfasi
K o‘krak limfa 
yo‘lining 
limfasi
Qon
plazmasi
Suv
95
94
90
Quruq modda
5
6
10
Oqsil
2
4
7,5
Fibrinogen
40
40
300
Glyukoza
110
110
100
Natriy
330
330
320
Kaliy
23
24
20
82


Kaltsiy
10
11
10
Magniy
3
3
1,8
Xlor
420
410
370
Anorganik fastor
3
4
3,7
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, limfa tarkibida oqsillar kamroq bo‘lishi 
bilan plazmadan anchagina farq qiladi.
Limfaning 
tarkibi 
nisbatan 
doimiy 
emas 
va 
moddalar 
almashinuvining o ‘zgarishiga qarab o‘zgarib turadi. Ovqat hazmi 
organlaridan oqib kelayotgan limfaning tarkibida yog‘li ovqat iste’mol 
qilinganidan keyin yog‘ning miqdori ortib (3-4 %) u sut ko‘rinishiga 
o'xshash bo‘ladi.
Limfaning hosil bo'lishi. Organlardan oqib kelayotgan limfaning 
miqdori keskin o ‘zgarib turadi va quyidagi sharoitlarda ortadi: 
1
) qon 
bosimi ortganda; 2) arterial qon kelishi ortganda; 3) vena qoni to‘xtab 
qolganda; 4) qonning umumiy massasi ortganda; 5) organlar faoliyati 
kuchayganida (muskul, jigar).
Qon tomirlaridagi va ulardan tashqaridagi qon bosimining farqi 
hisobiga limfa hosil bo‘ladi. Limfaning hosil bo‘lishiga ishlab turgan 
organlardan kelayotgan dissimilyasiya mahsulotlarining tushishi ta’sir 
ko‘rsatadi, chunki undagi osmotik bosimni oshiradi va qondagi suvni 
o ‘ziga tortib oladi. Shu sababli, organning kuchli ishlashi uning miqdorini 
ko‘paytiradi. Limfa yana kapillyarlar endoteliyasining faol faoliyati va 
uning turli moddalami tanlab o'tkazishi natijasida ham hosil bo‘ladi.
Bir qator moddalar limfa hosil bo‘lishini tezlashtiradi va ular 
quyidagicha farqlanadi:
1) 
Birlamchi 
tartibdagi 
limfodonlar, 
bularga, 
oqsillar 
parchalanishining (peptonlar va albumozlar) mahsulotlari, parranda oqsili, 
qisqichbaqa muskullarining ekstrakti, yer tutlar kiradi. Nazarimizda bu 
moddalar kapillyarlar devorlarining limfa hosil qilish funksiyasini oshirsa 
kerak. Chunki, bu paytlarda limfa tarkibidagi organik moddalaming 
miqdori ortib, tuzlar miqdori esa o ‘zgarmay qoladi.
2) 
Ikkinchi tartibdagi limfodonlar, bularga tuzlar, qand va 
mochevinaning eritmalari kiradi. Bu eritmalar qonning osmotik bosimini 
oshiradi va suvni to‘qimalardan qonga o ‘tishini chaqiradi. Bu esa qon 
bosimini oshirishiga olib keladi va limfa hosil bo‘lishini tezlashtiradi.
Turli organlardan oqib kelayotgan limfa o‘z tarkibi jihatidan bir- 
biridan ham farq qiladi. Masalan, jigardan, ko‘krak limfa yo‘lidan oqib
83


kelayotgan limfa tananing boshqa qismidan oqib kelayotgan 
limfaga 
qaraganda oqsillami ko‘proq saqlaydi.
Plazmadagi oqsillar konsentratsiyasini 100% deb olsak, u vaqtda 
jigardan kelayotgan limfadagi oqsillaming konsentratsiyasi 75-84% ga, 
ko‘krak limfa yo‘liniki 55-67%ga, ichaklamiki 41-50%ga teng bo‘ladi. 
Ichakdan oqib kelayotgan limfa tarkibidagi yog‘lar ko‘proq bo‘ladi. 
Ichaklardan 
kelayotgan 
limfada 
yog‘laming 
ko‘payishi 
hayvon 
oziqalanganidan so‘ng yaqqolroq bilinadi.
Limfada oqsillar kamroq bo ‘lgani uchun uning kolloid-osmotik 
bosimi ham qon plazmasiga qaraganda kamroqdir. Limfaning mineral 
tarkibi plazmaning mineral tarkibiga yaqin turadi. Limfa ivish xususiyatiga 
ega. Chunki unda fibrinogen va protrombin oqsillari bor. Ammo limfaning 
trombokinaza faolligi past, sababi shuki, limfada trombotsitlar deyarli 
bo‘lmaydi; uning tarkibida ko‘p bo‘ladigan limfotsitlar esa bu fermentni 
juda kam miqdorda saqlaydi. Qayd qilinganidek, limfada qonning shaklli 
hujayralaridan asosan limfotsitlar ko‘p saqlanadi. Limfotsitlar limfa 
bezlarida 
hosil 
bo‘lish 
jarayonida 
limfaga 
chiqarib 
turiladi. 
Qoramollaming 1mm
3
limfasida 3500-12000 gacha limfotsitlar bo‘ladi. 
Bulardan tashqari, limfaning tarkibida monotsitlar, donali leykotsitlar ham 
uchrab turadi. Limfaning organizmdagi umumiy miqdorini aniqlash ancha 
qiyin. Uning miqdori qon plazmasining miqdoriga taxminan teng deb 
qaraladi. Sut hosil bo‘lishida, suv va tuzlar almashinuvida, turli chiqindi 
moddalaming chiqarilishida, organizmning himoya funksiyasida limfa 
katta ahamiyatga ega. Gistaminlar, peptonlar, o ‘tkazish suyuqligi 
kapillyarlaming o‘tkazuvchanligini 
oshirib, 
limfa hosil bo‘lishini 
tezlashtiradi. Bundan tashqari, qonga mochevina, gipertonik eritmalar, 
glyukoza yuborilganda ham limfaning hosil bo‘lishi ko‘payadi. Bu vaqtda 
qonning osmotik bosimi oshadi. Oqibatda tomirlarga suv so‘rilishi 
kuchayadi. Natijada qonda oqsillaming konsentratsiyasi kamayadi, onkotik 
bosim pasayadi. Bulaming hammasi limfa hosil bo‘lishining tezlashishiga 
sabab bo'ladi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin