7
2
3
1 2 -ras m . Y u r a k .
1 K i s s - F l y a k t u g u n i , 2 - A s h s h o f f - T o v a r t u g u n i , 3 - G i s o y o q c h a l a r i p u r k e n ’e f o la la r i
Y u rak m u sk u li k o ‘n d a la n g ta r g ‘il m u sk u lla r q a to rig a k irad i, am m o
y u ra k m u sk u lin in g to la la ri o ‘z aro m a x su s p ro to p la z m a tik k o ‘p rik c h a la r
y o rd a m id a
to 'ta s h ib .
c h in u a s h ib
k e tg a n
b o 'lm a la m in g
m u sk u li
q o rin c h a la rn in g m u sk u lid a n m a x su s p a y h a lq a y o rd a m id a ajralg an b o 'lib ,
u la r faq a t G iss b o g 'la m i b ila n b ir-b irig a tu tash g an . B o 'lm a la m in g
d e v o rig a
q a ra g a n d a
q o rin c h a la rn in g d ev o ri
y a x sh i
ta raq q iy
ctgan,
q alin ro q d ir. K o v a k v e n a la m in g o ‘n g y u ra k b o ‘lm asig a q u y ilish jo y id a
h a lq a sim o n m u sk u lla rd a n tash k il to p g an s fm k te rsim o n tu z ilm a la r m av ju d .
T u rli h a y v o n la r y u ra g in in g o g i r l i g i tu rlicliad ir. ju m la d a n , o tlard a y u ra k
89
tana o g 'irlig in in g
tash k il qiladi.
13-rasm. Yurak ishining reflcctor boshqarilish chizmasi.
1-uzunchoq m iya , 2-adashgan nerv tolasi, 3 -n e rv bog'lari, 4 -o rq a m iyaning
k o 'k rak sigm entlari, 5-yulduzchali boglar, 6 -sim p atik nerv tolasi.
YURAK FAOLIYATINING FAZALARI.
YL RAK KLAPANLARINING ROLI
Y u ra k ritm ik ra v ish d a q isq a rib tu rad i va b u q o nni b o ‘lm a ch alard an
q o rin c h a la rg a va q o rin c h a la rd a n q o n to m irla rig a h a y d alish in i t a ’m in ly d i
h am d a arterial v a v e n o z tiz im la r o rasid ag i qon bosim i farqlarini k eltirib
ch iq a ra d i, n a tija d a , q o n to m irla r b o ‘y la b h a ra k a tla n ad i.
Y u ra k n in g
q isq a rish fazasi - sisto la va b o ‘sh a sh ish fazasi - d ia sto la d eb b e lg ilan ad i.
o 'r ta c h a 0 ,6 -1 % ini, q o ra m o lla rd a e sa 0 ,4 -0 ,6 % ni
1 4-rasm . I-Y u ra k sisfo la si II-Y uraj b iasfo lasi
Y u ra k fa o liy a tin in g sik li b o 'lm a c h a la rn in g sisto lasi v a d iasto lasi va
q o rin c h a la m in g sisto lasi va d ia sto la la rid a n ib o ratd ir. D a stla b sikl o ‘ng
90
b o ‘lmachaning qisqarishi bilan boshlanadi, keyinroq chap bo‘imachanmg
qisqarishi boshlanadi.
B o‘lmachalaming qisqarishi qorinchalarning
qisqarishidan 0,1 s oldin boshlanadi. Bo‘lmachalaming sistolasi paytida
qon o ‘ng bo‘lmachadan kovak venalarga qaytib tushxnaydi, chunki
qisqarayotgan bo‘lmacha vena teshigini yopadi. Qorinchalar bu paytda
bo‘shashgan bo‘ladi, shu sababli vena qoni ochiq uch tabaqali klapan
orqali o ‘ng qorinchaga tushadi, o ‘pkadan tushgan arterial qon esa chap
bo‘lmachadan ochiq turgan ikki tabaqali klapan orqali chap qorinchaga
itariladi. Bu paytda aorta va o‘pka arteriyasidan qon qorinchalarga
tushmaydi, chunki u yerdagi yarim oysimon klapanlar ushbu qon
tomirlardagi qon bosimi bilan yopiladi.
So‘ngra bo‘lmachalaming
diastolasi
boshlanadi
va ulaming
devorlarini bo‘shashiga qarab vena qoni bilan uning bo‘shlig‘i to‘ladi.
B o‘lmachalarning sistolasi tamom bo‘lishi bilan qorinchalarning
qisqarishi boshlanadi, aw alo qorinchalar muskul tolalarining bir qismi
qisqaradi, ikkinchi qismi esa cho‘ziladi. Bu paytda qorinchalarning shakli
o‘zgaradi, bosim esa aw algidek qoladi. Bor-yo‘g ‘i 0,05 s. yaqin vaqt
davom etuvchi qorinchalami shaklini o ‘zgarishi asinxron qisqarish fazasi
deb yuritiladi. Qorinchalarning barcha muskullari to‘lig‘icha qisqar-
ganidan keyin uning bo‘shlig‘idagi bosim juda tez ortadi. Bu esa uch
tabaqali va ikki tabaqali klapanlarini hamda bo‘lmachalardagi teshiklami
yopilishini chaqiradi. Yarimoysimon klapanlar yopiq holda qoladi, chunki
hali qorinchalardagi bosim aorta va o ‘pka arteriyasidagi bosimdan past
bo‘ladi. Qorinchalarning muskulli devorlari tortishadi, lekin ulaming
hajmi o ‘zgarmaydi va u yerdagi bosim aorta va o ‘pka arteriyasidagidan
ortib klapanlar yopiq holda qoladi, chunki hali qorinchalardagi bosim aorta
va o ‘pka arteriyasidagi bosimdan past bo‘ladi. Qorinchalarning muskulli
devorlari tortishadi, lekin ulaming hajmi o‘zgarmaydi va u yerdagi bosim
aorta va o ‘pka arteriyasidagidan ortib ketmaydigan bu faza izometrik
qisqarish fazasi deyiladi. Uning davomiyligi bor-yo‘g ‘i 0,03 s tashkil etadi.
Qorinchalarning izometrik qisqarishida bo‘lmachalardagi bosim
ulaming diastolasi vaqtida nolgacha tushadi, hattoki manfiy bo‘lib qoladi,
y a’ni atmosfera bosimidan ham past, shu sababli artrioventrikulyar
klapanlar yopiq qoladi, arterial tomirlardagi qon oqimining orqaga qaytishi
tufayli yarimoysimon klapanlar esa yopiladi.
Asinxron va izometrik qisqarishlaming har ikki fazasi birgalikda
qorinchalarning kuchlanish davrini tashkil etadi. Odamlarda aortaning
yarimoysimon klapanlari chap qorinchadagi bosim 65-75 mm.sim.ust.teng
bo‘lganida ochiladi, o ‘pka arteriyasining yarimoysimon klapanlari esa
91
o ‘ng bo‘lmachadagi bosim 5-12 mm.sim.ust.teng bo‘lganida ochiladi. Bu
paytda qonning sistolik haydalish yoki haydash fazasi boshlanadi, qaysiki
qorinchalardagi qon bosimi
0
,
10
-
0,12
s. mobaynida keskin ko‘tariladi (tez
haydash), so‘ngra esa qorinchalardagi qonni kamayishiga qarab bosimni
ko‘tarilishi to‘xtaydi va sistolaning oxirida 0,10-0,15 s mobaynida pasaya
boshlaydi (sekinlashgan haydash).
Yarimoysimon klapanlar ochilganidan keyin o ‘z hajmini o ‘zgartirib
va kuchlanishni bir qismini qonni qon tomirlariga itarishi bo‘yicha ishni
bajarish uchun qorinchalar qisqaradi (auksotanik qisqarish). Izometrik
qisqarish vaqtida qorinchalarda bosim aorta va o ‘pka arteriyasidagidan
yuqori bo‘ladi va bu esa yarimoysimon klapanlami ochish va avval
tezlashgan va so‘ngra sekinlashgan haydash fazalarini, kelib chiqishini
chaqiradi.
Bu fazalardan keyin qorinchalarning favqulodda bo‘shashishi-
diastolasi kuzatiladi. Chap qorinchadagidan aortadagi bosim yuqori bo‘ladi
va
shu
sababli
yarimoysimon
klapanlar
yopiladi.
Qorinchalar
diastolasining boshlanishi bilan yarimoysimon klapanlami yoyilishi
orasidagi bor-yo‘g ‘i 0,04 s davom etadigan oraliq vaqt protodiastolik davr
deb ataladi.
Diastola
davrida
qorinchalar
deyarlik
0,04
s
mobaynida
atrioventrikulyar va yarimoysimon klapanlar yopiqliq va u yerdagi bosim
qon bilan to‘lgan bo‘lmachalardagi bosimdan tushib ketmagan paytida
bo‘shashadi. Bu izometrik bo‘shashidir. Qorinchalarning diastolasi undagi
bosimni nolgacha tushib ketishi bilan birga bajariladi.
Qisqarishning boshlanishida qorinchalardagi bosimni keskin tushib
ketishi va bo‘lmachalardagi bosimni ortishi ikki va uch tabaqali
klapanlami ochadi. 0,08 s davom etadigan qorinchalarning qon bilan
tezlashgan to'lish fazasi boshlanadi, so‘ngra qorinchalarning qon bilan
to ‘lishi natijasida sekin-asta bosimni ortishi tufayli 0,16 s davom etuvchi
sekinlashgan to‘lish fazasi boshlanadi va u kechikkan diastolik faza bilan
to‘g ‘ri keladi.
Odamlarda qorinchalar sistolasi 0,3 s, qorinchalar diastolasi -0,53 s,
bo'lmachalar sistolasi - 0,11 s, bo‘lmachalar diastolasi -0,69 s.ga teng,
odamlarda yurakning bir ish sikli o‘rtacha 0,8 s davom etadi. Ayrim
paytlarda bo‘lmachalar va qorinchalarning umumiy diastolasining vaqti
pauza deb ataladi. Odamlar va oliy darajada rivojlangan hayvonlar yuragi
faoliyatida fiziologik sharoitda diastoladan tashqari hyech qanday pauza
yo‘q, bu esa odamlar va oliy darajadagi hayvonlar yuragi faoliyatini sovuq
qonlilar yurak faoliyatidan farqlaydi.
92
15-rasm. Qon aylanish tizimi.
a—katta va kichik qon aynalish doiralari. 1-katta doiraning kapillyar to ‘ri; 2 -
o‘pka doirasining kapillyar to‘ri; 3-aorta; 4—chap bo‘lma; 5-chap qorincha; 6-katta
doiraning kapillyar to ‘ri; 7-katta doiraning kapillyar to‘ri; 8 -o ‘ng qorincha; 9 -o ‘ng
bo‘lim;
b-odam qon aylanishining umumiy tasviri; s-arteriya, vena va kapillyarlaming
alohida tasviri: 1-arteriya; 2-kapillyar; 3-vena; D-kapillyarlaming tuzilishi.
Otlarda yurak faoliyati tezlashganida bir yurak sikli o‘rtacha 0,7 s.ga
teng, shundan bo‘lmachalar sistolasi 0,1, qorinchalamiki 0,25 s, yurakning
umumiy sistolasi - 0,35 s davom etadi. M a’lumki, qorinchalar sistolasi
paytida boMmachalar bo‘shashgan bo‘ladi, boim achalam ing bo‘shashishi
0,6 s. yoki yurakni bir ish siklini 90 % tashkil etadi, qorinchalarning
bo‘shashi — 0,45 s yoki 60-65 %. Bunday uzoq davom etadigan
bo‘shashish yurak muskullarining ish qobiliyatini tiklaydi.
Yurak faoliyatini o ‘rganish usullari. Yurakning o ‘lchami ko‘krak
qafasini urib ko‘rish y o ii bilan aniqlanadi (perkussiya). K o‘krak
qafasidagi yurak ustiga qo‘yilgan barmoqlami, urgan paytda bug‘iq tovush
93
eshitiladi. Yurakning aniq o ‘lchami rentgen nurlari bilan ko‘krak qafasini
yoritish yo‘li bilan aniqlanadi (rentgenografiya).
Yurak o ‘lchamlari u cho‘zilganida o ‘zgaradi va uning muskullari
yo‘g ‘onligiga bog‘liqdir.
Sog‘lom odamlarda yurakning ikki xil toni (tovushi) eshitiladi va
ulami eshitishga auskultasiya deyiladi.
Yurakning birinchi toni (sistolik) - bo‘g ‘iq, past va cho‘ziq. Bu ton
yuqoridan beshinchi chap qobirg‘alar orasidagi, emchak chizig‘idan
ichkaridan bir barmoq darajada eshitiladi.
Bu ton uch va ikki tabaqali klapanlaming ochilib-yopilishi va ularga
tutashgan pay ipchalarining tortilishi hamda qorinchalar muskullarining
qisqarishi tufayli yuzaga keladi. Ushbu ton qorinchalar sistolasi
boshlanishida hosil bo‘ladi va 0,12 s davom etadi.
Yurakning ikkinchi toni (diastolik) - aniq, baland va qisqa, u ikkinchi
qobirg‘alararo
darajasidagi
to‘sh
suyagidan
eshitiladi.
Bu
ton
qorinchalarning sistolasi qxirida yarimoysimon klapanlaming ochilib-
yopilishi tufayli yuzaga keladi va 0,08 S.ga yaqin davom etadi.
Yurak zarbi va kardiografiya. Yurak qorinchalari sistolasida u
o‘zining ko‘krak qafasidagi o ‘z holatini o ‘zgartiradi. Uning asosi bir oz
pastga tushadi, yurak o'zining katta tomirlari hisobiga chapdan o‘ngga
yengil buriladi, uning muskullari taranglashadi va yurakning uchi ko‘krak
qafasining beshinchi qobirg‘alari orasiga emchak chizig‘idan bir barmoq
ich tomonga uriladi va ko‘krak qafasi devori biroz itariladi. Bu itarilishi
zarba shaklida seziladi. Semiz odamlarda ko‘krak qafasining bu o ‘zgarishi
juda kam seziladi va aksincha oriqroq odamlarda juda aniq bilinadi.
Yurak bilan chaqirilgan bu o ‘zgarishni yozib olishga kardiografiya
deyiladi, yozib olingan chizmaga esa kardiogramma deyiladi. Bu yurak
ichidagi bosimni yozib olishga juda o ‘xshash.
Yurakning faoliyat toklari va elektrokardiografiya. Yurakning
faoliyat toki juda past, ya’ni voltning yuzdan va mingdan bir ulushicha
kuchlanishiga ega bo‘lib, maxsus asboblar yordamida qayd qilish va yozib
olish mumkin. Bu yozib olingan yozmaga elektrokardiogramma deyiladi.
Yurak ko‘krak qafasida nesimmetrik holatda joylashganligi sababli
tok liniyalari esa, yurakning asosidan chiquvchi o ‘ng qo‘lga berilsa,
yurakni uchidan chiquvchi liniyasi chap qo‘lga beriladi.
Yurakning faoliyat toklari uchun uchta bog‘lar bog‘lanadi; 1) o ‘ng va
chap qo‘llardan, 2) o'ng qo‘l va chap oyoqdan; 3) chap-qo‘l va chap
oyoqdan bog‘lab faoliyat toklari yozib olinadi.
94
Agarda bir vaqtda yurakning faoliyat toki va yurak kovaklaridagi
bosim yozib olinsa, yurakning ishidagi fazalar qaysi tishgacha mos
kelishini aniqlash mumkin. R tishcha yurak bo‘lmachalari sistolasi bilan
Q;P;S;T - tishchalar esa qorinchalar sistolasi bilan bog‘liq ekanligini
aniqlash qiyin emas.
P - tishchasi har ikkala bo‘lmachalardagi biopotensiallaming
algebraik yig‘indisining natijasidir. 0 ‘ng bo‘lmachaning qisqarishi P -
tishchaning musbat yo‘nalishini chaqiradigan holat, P - tishchaning
manfiy yo‘nalishini chaqiradigan chap bo'lmachaning qisqarishidan 20-30
ms erta yuz beradi. Biopotensiallarni turli yo‘nalishi tufayli R - tishcha
uncha katta bo‘lmagan ko'rsatkichga ega bo‘ladi. Q - tishi doimiy emas, u
faqatgina 3% tekshiriluvchida yozilishi mumkin. R - tishi doimiy
ko‘rsatkich va baland. S - tishi ham doimiy emas. T - tishi ham nisbatan
doimiy va R - tishning balandligini 1/3 qismini tashkil etadi. Elektro-
kardiagrammaning tishlari miokarddagi moddalar almashinuvini aks
ettiradi. Ular moddalar almashinuvining o ‘zgarishida, yurak asablarini
qo‘zg‘alishini o‘zgarishida va uning ishi buzilishida o ‘zgaradi.
A.F.Samoylovning aniqlashicha elektrokardiogramma organizmni
individual xususiyatlariga, ko‘krak qafasidagi yurakni o ‘lchami va
joylanishiga va uning funksional holatlariga bog‘liq ekan.
Yurakning qisqarish chastotasi. Voyaga yetgan odamlarda yUrakning
qisqarish soni bir minutda 70-75 marta. Ammo, sog‘lom odamlarda bu
k o ‘rsatkichdan jiddiy farq qiladigan holatlari kam kuzatiladi (50 dan past
va 100 dan yuqori).
Yangi tug‘ilgan bolalarda yurakning qisqarish soni o ‘rtaclia 1
minutda. 120-140 marta yosh o ‘sishi bilan u kamaya boradi. Otlarda -3 0
45; sigirlarda-50-70, qo‘y va echkilarda -70-80, cho‘chqada bir daqiqada
60-80 marta.
Ayollarda yurak urishi, erkaklarga nisbatan ko‘p va o ‘rtacha bir
daqiqada 5-10 marta ortiq qisqaradi. Bir kecha-kunduz davomida, soat 8
dan 11,5 gacha eng yuqori, tinchlik paytida eng kam yurak urishi kunduz
kuni soat 2 da kuzatilsa, kech soat 6-8 ga borib yangidan tezlashadi.
Kechalari uyqu paytida yurakning qisqarish soni minutiga deyarlik 20 %
ga kamayadi.
Ko‘plab hayvonlarda yurak urish soni uning tirik vazniga, teskari
proporsionaldir. Hayvon qancha kichik bo‘Isa, unda nisbatan moddalar
almashinuvi yuqori bo‘ladi, demak, qon aylanishi shuncha jadaldir.
95
Bir xil yoshdagi tana o‘lchami katta bo‘lgan odamlarda yurak urishi
siyrak bo‘ladi. Bo‘yi qancha uzun bo‘lsa bir xil yoshdagi odamlarda
yurakni urishi siyrak bo‘ladi.
Sog‘lom odamlarda yurak urish chastotasi reflektor yo‘l bilan atrof-
muhit harorati ko‘tarilganida, ovqatlangandan keyin, hayajonlanganda
(qo‘rqish, uyat, achchiqlanish va boshq.) va ayniqsa, jismoniy ish
bajarganda ortadi. Ionlashtimvchi nurlanishning katta dozasi odamlarda
qator kunlar mobaynida yurak urishini jiddiy darajada tezlashtiradi. 0 ‘pka
arteriyasida bosim ortganida yurakni qisqarish soni kamayadi.
Yurak ishi chastotasini o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatish xronotropli
samara deb qayd qilinadi. Yurak urishi chastotasi keskin kamayganida
kasallar terisi ostiga elektron tezlatgichlar tiqiladi, elektrodlar bilan
o ‘tkazgichlar esa yurak muskullariga tiqiladi.
Yurak urishini tezlashishi taxikardiya, kamayishi esa bradikardiya
deb ataladi.
Yurak ichidagi bosim. Qonning sistolik va minutlik hajmlari.
Odamlarda yurakni sistolasi paytida bo‘lmachalarida bosim 5-8
mm.sim.ust., chap qorinchada esa 130-150 mm.sim.ust.teng bo‘ladi. 0 ‘ng
qorinchadagi bosim, chap qorinchadagidan 2,5-3 barobar kam.
Otlar va yirik shoxli
hayvonlarda sistola paytida bosim,
bo‘lmachalarda -10-30 mm.sim.ust, chap qorinchada -180-200 mm.sim.
ust., o ‘ng qorinchada esa -7 0 mm.sim.ust.teng bo‘ladi.
Har bir sistola paytida o ‘ng va chap qorinchalar bir xil miqdordagi
qonni haydaydi. Bitta qorinchadan bir sistola paytida haydalgan qon
miqdori sistolik hajm va bir minutdagisi esa minutlik hajm deb ataladi.
Yurakning minutlik hajmi - bu sistolik hajm bir minutda yurak urishi
chastotasining hosilidir.
Tinch turgan paytda odamlaming sistolik hajmi 60-70 ml.ga teng,
jismoniy mashqlar bajargan kishilarda esa 120-130 ml.ga teng. Minutlik
hajm yurakning 1 minutda bajargan ishini ko‘rsatkichidir va bu ko‘rsatkich
tinch holatda 3,5-5,0 l.ga teng. Sog‘lom odamlarda yosh o ‘tishi bilan
yurakning minutlik hajmi kamaya boradi. Minutlik hajm jismoniy ish
bajarganda va gavda qiziganda ortadi.
Shuni hisobga olish kerakki, yurak o ‘zining har bir qisqarishida,
odatda, minutlik hajmni aniqlashdagi miqdordan ko‘p qonni haydaydi,
lekin aortaga haydalgan qonni bir qismi vena tomirlariga o ‘tib ketadi va
o ‘ng bo‘lmachaga tushadi.
Yurakning ishi va quw atini aniqlash. Yurak muskullari bajarayotgan
ishi aw alo qonni aortaga chiqarib tashlash va ikkinchidan haydalgan
96
qonni tezligini hosil qilishga sarflanadi. Bu paytda qon tomirlarining
devorlari cho‘ziladi va yurak qisqarish energiyasining bir qismi tomirlar
devorlari bilan jamlanuvi potensial energiyaga aylanadi, qolgan qismi esa
qonning harakatlanuvchi kinetik energiyasiga aylanadi.
M a’lumki, yurak qonni haydagan paytda o‘lchami qon bosimiga teng
bo‘lgan qarshilikni yengib o ‘tadi, demak, yurak m a’lum hajmdagi qonni
qon bosimi balandligiga haydaydi. Shularga asosan, yurakning ishini
quyidagi formula bilan hisoblash mumkin.
pv
W = PR + ------
2g
bu yerda W - ish; P - qon massasi; R-o‘rtacha qon bosimi; V -
qonning oqish tezligi; g - erkin tushishining tezlanishi.
Bizga m a’lum miqdorlami ushbu formulaga qo‘yib; R - minutlik
hajm 5000 ml.ga teng; R - o ‘rtacha 200 sm.suv ustuniga teng bo‘lgan qon
bosimi; V - 50 sm/s teng bo‘lgan qonning oqish tezligi; g - deyarlik 1000
sm/sm2 teng bo‘lgan erkin tushishning tezlashishi, natijada
PR=5000-200=1000000 g.sm, yoki 10 kg.m/min.,
—- = 5QQ°(50
6250 g.sm= 0,00625 kg.m/min.
olamiz.
2g
2100
ь
b
Shu narsa m a’lumki, yurakni chap qorinchasining qarshilikni yengib
о ‘tishi uchun sarflanadigan ishi qonning harakatini tezlashtirish uchun
sarflanadigan ishdan ancha yuqori.
0 ‘pka arteriyasidagi bosim 5 marta kam bo'lsada, o ‘ng qorincha
qancha qon haydasa, chap qorincha ham shuncha miqdordagi qonni
haydaydi.
Shunda o‘ng qorincha uchun PR=2 kg.m/min;
^ — ni hisobga olmasa ham bo‘ladi.
Demak, tinchlik paytida yurakni ishi 10+2=12 kG.m/min (117,6 Dj),
720 kG.m/soat (7056 Dj) 17280 kG./sut, (169344 Dj).
'
Tinch turgan paytda 1 daqiqada yurakning quw ati 7,0 kVt, 1 soatda
- 423,4 kVt va 1 kecha-kunduzda 10,1 MVt.ga tengdir.
97
16-rasm. Yurak toki yoki Elektro-kardiogramma tishchalarining yuzaga
kelishini ko'rsatuvchi diagrammalar.
1-boim achalam ing qo‘zgalishi, II-atrioventrikulyar tugnlaming qo‘zgalishi,
III-qorinchalar qo‘zgali shining boshlanishi.
Dostları ilə paylaş: |