TOMIRLARDA QON OQISHINING BOSHQARILISHI
Qon tomirlari devorining aksariyat qismini silliq muskullar tashkil
qiladi. Tomirlar devori bir maromda kelib turadigan uzluksiz ta’sirlar
ostida doimo bir qadar qo‘zg‘algan holda, m a’lum tonusda turadi.
Tomirlar tonusining m e’yoridan ortiq pasayishi ulaming kengayishiga,
kuchayishi esa torayishiga olib keladi. Tomirlar tonusining qay darajada
bo‘lishi asosan simpatik va parasimpatik nerv tolalaridan kelayotgan
impulslarga bog‘liq.
Binobarin, tomirlaming tonusini markaziy nerv tizimi - simpatik va
parasimpatik nerv tolalari orqali boshqarib boradi. Tomirlar tonusini
oshiruvchi, tomirlami toraytiruvchi nervlar (vazokonstruktorlar) simpatik
nerv tizimiga taaluqli tolalardir. Ammo, yurak toj tomirlari, miya
tomirlarini boshqaruvchi nervlar bundan istisno, chunki simpatik nerv
tolalari qo‘zg‘alganda bu tomirlaming tonusini pasaytiruvchi, tomirlami
kengaytiruvchi (vazodilyatorlar) nerv tolalarining ayrimlari parasimpatik
nerv tizimiga taaluqli bo‘lsa-da, aksariyat qismi simpatik nerv tizimi
dastasi tarkibida keladi. Simpatik nerv tizimining toraytirib boshqarish
xususiyatini dastlab, 1842 yilda A.P.Valter isbotlagan edi. U baqa
quymich nervining simpatik tolasini kesganda, oyoq qon tomirlarining
kengayganligini kuzatgan. Keyinchalik A.P.Valteming tajribasini Klod
Bemar 1852 yilda quyonlarda utkazgan tajribasi bilan tasdiqladi.
K.Bemar quyonning bo‘ynidagi simpatik nerv tolasi kesilganda
quloq surpasi tomirlarining kengayganligini, kesilgan nerv tolasining
quloqqa yo‘nalgan uchi
ta’sirlanganda esa,
quloq tomirlarining
torayganligini kuzatdi. Bora-bora simpatik nerv tizimining bunday
xususiyati organizmning boshqa qismlaridagi qon tomirlarga ham xos
ekanligi isbotlandi. Qon tomirlarini toraytiruvchi nervlar tomir devoriga
uzluksiz ravishda ta’sir ko‘rsatib turadi. Biroq tomirlami kengaytiruvchi
nerv tolalari esa tomirlar devoriga ana shunday to‘xtovsiz ta’sir
ko‘rsatmaydi. Tomirlami toraytiruvchi nerv tolalari tomirlar faoliyatini
boshqarishda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Ulaming vazifasi,
tomirlaming mudom torayishga intilishini yengish bilan belgilansa kerak.
Shu sababli simpatik nerv tolalari kesilganda tomirlar kengaygani
holda, tomirlami kengaytiruvchi nerv tolalari kesilganda tomirlaming
torayishi deyarli kuzatilmaydi. Tomirlar tonusini boshqaradigan asosiy
markaz
uzunchoq
miyada
joylashgan.
Bu
markaz
1871yilda
F.V.Ovsyanikov tomonidan aniqlangan. Tomirlar tonusini boshqaradigan
markaz ikki qismdan: tomirlami toraytiruvchi va tomirlami kengaytiruvchi
qismlardan tashkil topgan. Markazning tomirlar tonusini oshirib,
118
tomirlami toraytiruvchi qismi tomirlar devorlaridan kelayotgan impulslar,
qondagi kimyoviy moddalar -karbonat angidrid; sut kislota va boshqa
moddalar ta’siri ostida doimiy tarzda tonik qo‘zg‘algan holda turadi va
tomirlami torayishiga majbur qiladigan impulslami tomirlar devoriga
to‘xtovsiz yuborib turadi. Markaziy tomirlami kengaytimvchi qismining
tonusi ancha past, shu tufayli undan tomirlarga keladigan impulslar ham
siyrak va zaif. Uzunchoq miyadagi markaz arteriya qon tomirlari bilan bir
vaqtda vena tomirlarining sig‘imini ham boshqaradi va simpatik nerv
tolalari orqali ularga kengaytimvchi impulslar yuboradi. Orqa miyaning
yon shoxlarida tomirlar harakatini boshqaruvchi ikkinchi darajali markaz
bor. Bu markaz ham tananing ayrim qismlaridagi qon tomirlariga
tomirlami toraytiruvchi impulslar yuborib turadi. Uzunchoq miyadagi
markazning tomirlami toraytiruvchi qismi shikastlanganda, orqa miyadagi
markazlar tananing ayrim qismidagi arteriya va arteriollarga tomirlami
toraytiruvchi impulslar berib, qon bosimining normallashib olishiga
yordam beradi.
Bulardan tashqari, oraliq miyada, bosh miya yarim sharlarining
po‘stlog‘ida ham tomirlar faoliyatiga ta’sir qiladigan markazlar bor.
Qon bosimining reflektor yo‘l bilan boshqarilishi. Organizmning
barcha organ va to‘qimalarida turli-tuman (fizik, ximik, mexanik va
boshqa) ta’sirotlami sezuvchi retseptorlar bor. To‘qimalarda tegishli
o‘zgarishlar ro‘y berganida qo‘zg‘aladi va ta’sirotni markaziy nerv
tizimiga, uning tegishli qismlariga uzatadi. Shu tariqa markaziy nerv tizimi
to ‘qima va hujayralarda ro‘y berayotgan barcha o ‘zgarishlar to ‘g ‘risida
uzluksiz axborot olib turadi va o ‘z navbatida turli organlarga, to‘qimalarga
tegishli impulslar yuborib, ulardagi jarayonlami boshqaradi. Markaziy
nerv tizimi tegishli interoretseptorlardan qon bosimi to‘g ‘risida ham
axborot olib, yurak tomirlar tizimiga tegishli impulslar yuboradi va shu
yo‘l bilan qon bosimining doim bir xil turishini ta’minlydi. Qon
bosimining doimiyligini ta’minlashda tomirlardagi refleksogen zonalar
retseptorlaming ahamiyati kattadir. Yurakning tez ishlashi va tomirlaming
torayishi tufayli tomirlaming arterial qismida bosim oshib ketganda aorta
yonidagi va uyqu arteriyasining tashqi va ichki uyqu arteriyalariga ajralgan
joyidagi (karotid sinusidagi) refleksogen zonalaming retseptorlari
qo‘zg‘aladi va ta’sirot markaziy nerv tizimga uzatiladi, natijada adashgan
nerv markazi qo‘zg‘alib, simpatik nerv markazlarining tonusi pasayadi, bu
yurak ishining sekinlashishiga va tomirlaming kengayishiga sabab bo'ladi;
oqibatda qon bosimi pasayib, normallashadi. Ana shu tarzda yuzaga
keladigan reflekslar qon bosimini pasaytimvchi depressor reflekslar
119
deyiladi. Yurak ishi sekinlashib qon tomirlari kengaygan paytda,
tomirlaming arterial tizimida bosim pasayib, venalarda qon to‘planishi
tufayli bosim bir muncha oshadi. Bu kovak venalaming o ‘ng yurak
bo‘lmalariga quyilish joyidagi refleksogen zonalar retseptorlarning
qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi, yuzaga kelgan ta’sirot markaziy nerv
tizimiga uzatilishi tufayli simpatik nerv tizimi markazlari qo‘zg‘alib,
adashgan nerv markazining tonusi pasayadi. Oqibatda yurak ishi tezlashib,
tomirlar torayadi. Natijada arterial tizimda qon bosimi ko‘tarilib, asliga
keladi. Qon bosimini shu tariqa oshiruvchi reflekslarga pressor reflekslar
deyiladi.
Aorta yoyi va sinokarotid refleksogen zonalaridagi bosimni sezuvchi
retseptorlar - baroretseptorlardir. Qon kimyoviy tarkibining o ‘zgarishini
(qondagi karbonat kislota va kislotali boshqa moddalar miqdorini, qon pH
ning o ‘zgarishini) sezadigan retseptorlar xemoretseptorlar deb ataladi. Bu
retseptorlar qo‘zg‘alganda ham tomirlar torayib, qon bosimi ko‘tariladi.
Qon bosimini oshiruvchi ana shunday baro, xemoretseptorlar ko‘mikda,
limfa tugunlarida, taloqda, buyrakda, ichak va boshqa organlarda ham
mavjud, degan dalillar bor. Organizmga past va yuqori xarortaning ta’siri
ham tomirlar tonusining o ‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Sovuqda tomirlar
toraysa, issiqda kengayadi va qon bosimi ham shunga yarasha bir qadar
o‘zgaradi. Qon bosimiga oraliq miyaning gipotalamus qismi ta’sir
ko‘rsatadi. Qon bosimining boshqarilishida miya po‘stlog‘ining ishtirok
etishi haqida anchagina dalillar bor. Qon bosimining o'zgarishiga javoban
shartli reflekslar hosil qilish mumkinligi
K.M.Bikov laboratoriyasida
isbotlangan. Masalan, teriga yuqori xarorat ta ’sir ettirilsa, issiqdan tomirlar
kengayishi tufayli teri qizaradi. Agarda teriga, shu tariqa issiq ta’sir etish
biron-bir shartli ta’sirot ishtirokida olib borilsa (qo‘ng‘iroq chalish yoki
elektr chirog‘i yoqish bilan), tajriba tegishli ravishda bir necha marta
takrorlanganidan so‘ng, shartli ta’sirot yolg‘iz o‘zi ham (issiq ta’sirisiz)
terming qizarishiga sabab bo‘laveradi. Qon tomirlarining tonusi markaziy
nerv tizimi ishtirokisiz akson reflekslar yordamida ham o ‘zgarib turishi
mumkin. Jumladan markazga intiluvchi nerv qo‘zg‘alganida, ta’sirotning
bir qismi markazga yetib bormasdan, markazga intiluvchi nervdan ajralgan
tola orqali qon tomiriga borib, uning tonusini o ‘zgartirishi mumkin.
Qon tomirlari tonusining gumoral yo‘l bilan boshqarilishi. Qon
tomirlarining tonusi nerv tizimidan tashqari qondagi turli-tuman moddalar
va gormonlar ishtirokida, ya’ni gumoral yo‘l bilan ham o‘zgaradi.
Jumladan, buyrak usti bezi mag‘iz qavatining gormoni - adrenalin,
gipofizning orqa bo‘lagidan ajraladigan gormon - vazopressin, buyrakda
120
hosil bo‘ladigan renin, ichaklarda, trombotsitlarda, bosh miyaning ayrim
qismlarida uchraydigan
serotonin tomirlami toraytirsa,
moddalar
almashinuvida hosil bo‘ladigan ba’zi mahsulotlar - gistamin, adenozin,
trifasfat kislota va atsetilxolin tomirlami birmuncha kengaytiradi.
Adrenalinning ta ’siri simpatik nerv ta’siriga ancha o‘xshaydi, ya’ni u
yurakning toj tomirlari va miya tomirlaridan tashqari barcha qon
tomirlarini toraytiradi. Vazopressin kamroq miqdorda arteriola va
kapillyarlarni, ko‘proq miqdorda esa arteriya va venalami toraytiradi.
Buyraklarda hosil bo‘ladigan modda - renin o‘z-o‘zidan tomirlami
toraytira
olmaydi.
U plazmaning
globulin
oqsilining bir xili-
gipertenzinogenga ta ’sir etib, uni gipertenzinga tomirlami toraytimvchi
aktiv moddaga aylantiradi. Odatda buyrakda renin ko‘p miqdorda hosil
bo‘lmaydi, shunga ko‘ra qonda gipertenzin ham ko‘p to ‘planmaydi, oz
miqdorda to ‘planib qolganda ham qondagi gipertenzinaza fermenti
ta’sirida parchalanib turadi. Qon bosimi pasayib, buyraklarga qon kelishi
kamayganda renin va uning ta’siri bilan gipertenzin ko‘proq hosil bo‘ladi,
oqibatda qon tomirlari torayib, qon bosimi bir muncha k o ‘tariladi.
Tomirlar jarohatlanganda trombotsitlar parchalanib, ulardan serotonin
ajralib chiqadi. Serotonin tomimi toraytirib, qon ivishiga qulay sharoit
vujudga keltiradi. Organ qanchalik tez, faol ishlasa, unda gistamin va
gistaminsimon moddalar shuncha ko‘p miqdorda hosil bo'ladi. Bu
moddalar ishlayotgan organ tomirlarini kengaytirib, organning qon bilan
yaxshiroq ta ’minlanishiga yordam beradi.
Tomirlar tonusini boshqarishda gumoral tizim albatta nerv tizimi
bilan o ‘zaro chambarchas bog‘langan holda ishtirok etadi.
Tomirlar o ‘zanining (sig‘imining) bir m e’yorda saqlanishi. Biron
sabab bilan organizmdan talaygina qon yo‘qotilganda qon miqdori
kamayib ketishi oqibatida qon bosimi keskin pasaysa-da, ammo tez orada
bosim yana avvalgi darajasiga kelib qoladi. Chunki bu vaqtda tomirlar
devoridagi baroretseptorlar qo‘zg‘alib, tomirlar reflektor ravishda torayadi,
qonga adrenalin, vazopressin, renin kabi gormonlar ham ko‘plab
chiqariladi. Shunday qilib, tomirlar ichidagi qon miqdoriga yarasha
tegishli ravishda torayadi. Biroq organizmning qon bosimini tiklash, asliga
keltira olish qobiliyati cheklangan, shu sababli haddan tashqari ko‘p qon
yo‘qotilgan paytda tezda chora ko‘rilmasa, o ‘lim muqarrar bo‘lib qoladi.
U yoki bu organ zo‘r berib ishlayotgan bo‘lsa, unga kelayotgan qon
miqdori ko‘payadi, bunga tomirlar ham kelayotgan qon miqdoriga qarab
kengayadi. Turli organlarda qon aylanish xususiyatini o‘rganish uchun
pletizmograf degan asbobdan foydalaniladi. Bu asbob turli sharoitlarda
121
organning hajmini aniqlashga, demak, uning qon bilan qay darajada
ta’minlanayotganligi to‘g ‘risida fikr yuritishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |