VII BOB. OVQAT HAZMI TIZIMI FIZIOLOGIYASI HAYVONLAR VA 0 ‘SIMLIKLARNING OZIQLANISHI VA MODDALAR ALMASHINUVTDAGIASOSIY FARQLAR Atrof-muhitdan ma’lum to‘yimli moddalar, darmon dorilar, mineral tuzlar va suvning organizm tabiati va uning yashash sharoitiga mos holda organizmga tinimsiz tushib turmasa uning hayotini tasawur qilish mumkin emas. 0 ‘simliklar o ‘lik tabiat elementlarini organik moddalarga aylantirib oziqlanishi mumkin. Hayvonlar o ‘lik tabiat elementlarini organik moddalarga aylantira olishmaydi va ular o ‘simliklar yoki o ‘simlik ozuqalari bilan oziqlanuvchi hayvonlami iste’mol qilish bilan oziqlanib yashaydilar. Ovqat hazmlanishi deb - ozuqalaming tarkibiy qismlarini suvda erish darajasigacha mexanik va kimiyoviy ishlov berilishi tufayli ichki muhitga , ya’ni qon va limfaga surilishgacha etkazilgan holatni yuzaga keltiruvchi fiziologik jarayonlar y ig ‘indisiga aytiladi. HUJAYRA1СНША VA TASHQARIS1DA OVQAT HAZM QILISH I.I.Mechnikov tomonidan kashf etilgan hujayra ichidagi ovqat hazmi oddiy hayvonlarda kuzatiladi. Oziq modda hujayra tomonidan singdirib olinadi va ulaming hazmlanishi hujayra ichidagi fermentlar ishtirokida yuz beradi. Hayvonot dunyosining rivojlanish darajasiga qarab hazmlash kanalining ham tabaqalanishi yuz beradi, chaynash apparati va hazmlash kanaliga hazm shiralari ajratadigan bezlar yuzaga keldi. Oziq-ovqatlar, ovqat hazmi bo‘shliqlarida qayta ishlanadi, bunday ovqat hazmi hujayradan tashqarida hazmlanish deyiladi. Hujayralardan tashqaridagi ovqat hazmi uchta kelishilgan fiziologik jarayonlardan iborat bo‘ladi: 1) ovqat hazmi kanalining harakat ishlari, 2)