o ‘zgara boshlaydi. Ayrim hollarda kislorodning toksik ta’siri tufayli nafas bir muncha tezlashib, o ‘pka ventilyatsiyasi kuchayadi. Kislorodning 156
parsial bosimi haddan tashqari oshib ketsa, organizmda turli-tnman o ‘zgarishlar vujudga kelib, hayvonni titroq bosadi va boshqa bir qancha ko‘ngilsiz hollar ro‘y beradi. Atmosfera bosimining oshishiga yarasha qonda erigan azot gazining miqdori ham ko‘payib boradi. Erigan azotning bir qismi yog‘ to‘qimalariga o ‘tadi, nerv to‘qimasi yog'ga boy bo‘lganligi sababli bir qism azot unga ham o ‘tadi. Chuqurliklarga tushilganda qonda va boshqa to‘qimalarda azotning ko‘payishi o ‘z-o‘zidan organizmda ko‘ngilsiz hodisalarni hech bir keltirib chiqarmaydi, ammo barometrik bosim baland joydan birdaniga yuqoriga ko‘tarilish hayot uchun ancha xavflidir. Gap shundaki, yuqoriga ko‘tarilgan sari qonda va boshqa to‘qimalarda erigan ortiqcha azot asta-sekin gaz holatiga o ‘tib, to‘qimalardan chiqib keta boshlaydi. Yuqoriga birdan tezlik bilan chiqariladigan bo‘lsa, organizmda erigan ortiqcha azot ko'plab gaz holatiga o ‘tib, to‘la chiqib ketishiga ulgurmay qoladi va qonda gaz pufakchalari paydo bo'ladi, bular mayda qon tomirlariga tiqilib qolishi mumkin. Azot pufakchalari hayot uchun muhim organlaming (miya, yurak, o ‘pka va boshqalaming) tomirlariga tiqilib qolsa, bu organlaming qon bilan ta’minlanishi buzilib, hayvon halok bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari nerv to'qimalaridan chiqishga ulgurolmay qolgan gaz pufakchalari qattiq og ‘riqqa ham sabab bo‘ladi (vodolazlarda kesson kasali). Qayd qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, chuqur joylarda atmosfera bosimi yuqori bo‘lgandan so‘ng, yuqoriga asta-