So‘lak bezlari faqatgina ovqat hazmida ishtirok etmasdan, balki moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini chiqarib tashlashda (ajratish funksiyasi) hamda m e’daosti bezi gormoniga o ‘xshash uglevodlar almashinuvida ishtirok etuvchi gormonni ham ajratadi (ichki sekresiya funksiyasi). Ayrim hayvonlarda, masalan itlarda so ‘lak bezlari issiqlik almashinuvida ham ishtirok etadi. Odamlar va hayvonlarda so‘lak bezlarining faoliyati turlichadir. Ma’lumotlarga kura, odamlarda quloqoldi, tilosti va jag‘osti bezlari tinimsiz faoliyat ko‘rsatadi va tinch holatda bir minutda 0,25 ml so‘lak ajraladi. Har bir so‘lak bezidan ajralgan so‘lakning miqdori deyarlik bir xildir. Bir kecha-kunduzda har xil hayvonlardagidek, aynan bir odamning o ‘zida ham ajralayotgan so ‘lak miqdori turlichadir. Gapirgan va yozgan paytda so‘lak ajralishi tezlashadi. Kunduz kuni ajralayotgan so'lak miqdori k o‘paysa, kechasi esa so ‘lakning miqdori juda kuchli o ‘zgaradi. Oziqlaming qabul qilinishi asosiy sekresiyani oshirsa, och qolish esa uni kamaytiradi. Odamlarda so‘lak ajralishiga yeyiladigan ovqatlaming quruqligi hayvonlardagidek ahamiyatga ega emas. Shu sababli ham suvli ovqatlar va suvsiz oziq moddalarga ajraladigan so‘lak miqdori orasidagi farq unchalik katta emas. Odamlarda reflektor ravishda so‘lak ajralishi ular suvsiz qoldirilganida kamayadi. Suvning isitilishi yoki sovutilishi so‘lak ajralishini tezlashtiradi, lekin suvning sovutilishi yoki muz, issiq suvga nisbatan so ‘lak ajralishini tezlashtiradi. Oziqlar chaynalgan paytda, so‘lak ajralishi tezlashadi, ovqat qancha mayda chaynalsa so ‘lak ajralishi shuncha jadal kechadi. Oziqlar og‘iz bo‘shlig‘ini qaysi tomonida chaynalsa o ‘sha tomonda