Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat hazmi. Organizmni to'yimli moddalarga bo‘lgan talabini qondirilishida, organizm tomonidan uzlashtirilihsida va organizmidagi hayotiy jarayonlaming mutadilligini ta’minlashda hazm jarayonlarining dastlabki qismi og ‘iz bo‘shlig‘ida oziq moddalaming hazmlanishi muhim ahamiyatga ega. Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat hazmi hazm jarayonida jiddiy rol o ‘ynaydi. O g‘izga olingan oziqalar og ‘iz bo‘shlig‘idagi reseptorlami qo‘z g ‘atadi. Bu esa ovqat hazmini m o4’tadil kechishi uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan so ‘lakni, m e’da va m e’daosti shiralarining ajralishini reflektor holda qo‘zg ‘atadi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi reseptorlami qo‘zg ‘alishi u yerga tushayotgan moddalami saralash imkonini beradi. Bu holda og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan ozuqa bo‘lmagan yoki zararli moddalar og'iz bo‘shlig‘idan reflektor harakatlar bilan chiqarib tashlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘iga ovqatlar tushganidan keyin u yerda so ‘lak ajralishi yoki sekretorlik akti va chaynash hamda so ‘rish kabi murakkab harakat aktlari bajariladi. Odamlar og ‘iz bo‘shlig‘ida ovqatlar 15-18 (30 gacha) soniyagina mexanik va ximiyaviy jihatdan qayta ishlanadi nihoyat oxirgi, harakat akti bilan ovqat luqmasi yutiladi. S o ‘lak bezlari va ulaming funksiyalari. Og‘iz bo‘shlig‘idagi barcha bezlar o ‘z holatiga qarab ikki guruhga; 1) shilliq parda yoki shilliq osti qatlamidagi mayda so‘lak bezlari - lab, tanglay, milk, tish va tilda joylashgan. 2) quloqoldi, tilosti va jag‘osti-katta so‘lak bezlariga farqlanadi. 162
26-rasm. Odamning so‘lak bezlari. I-quloq oldi II—til osti III-jag‘ osti.