y og‘lami parchalovchi lipolitik yoki lipazalarga farqlanadi. Ovqat hazmining moslanish evolyusiyasi. Ovqat hazmi organlarining tuzilishi va uning funksiyalari oziq-ovqatlaming sifati va miqdoriga moslashgan. Ovqat hazmining evolyusiyasida sekresiyaning ikki tipi farqlanadi: morfokinetik va morfostatik. Evolyusiyaning dastlabki bosqichlarida juda ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlarning bitta hujayrasi ham fagositoz, ham sekresiya funksiyalarini bajargan - morfokinetik tip, bunday hujayralarni xalqali chuvalchanglar va bug‘imoyoqlilarda uchratish mumkin. Yemirilayotgan yoki o ‘layotgan sekresiya hujayrasining plazmasi ichak bo‘shlig‘iga to‘kiladi, shu sababli yangi sekresiya qiluvchi hujayra hosil bo‘ladi. Ovqat hazmi organlari tuzilishi jihatidan o ‘zgaruvchan bo‘ladi. Morfokinetik sekresiyadan morfostatik sekresiyaga bir qator o ‘xshashliklar o ‘tgan, oxirgi uchun sekret ajratuvchi hujayralar tuzilishi jihatidan nisbatan o ‘zgarmas (doimiydir) va ajralgan sekret to‘g ‘ridan- to‘g ‘ri yoki chiqaruv y o ‘llari orqali ovqat hazmi bo‘shlig‘iga tushadi. Morfostatik sekresiya umurtqali hayvonlarda bo‘ladi. Demak, tashqi sekresiyali ovqat hazmi odamlarda va yuqori darajada rivojlangan hayvonlarda hujayra ichidagi ovqat hazmidan yuzaga kelgan. 1 Turli turdagi hayvonlarda ovqat hazmi organlarining tuzilishi va funksiyalari bir-biridan jiddiy farq qiladi, ayniqsa o ‘simliklar bilan oziqlanuvchilar va go ‘shtli ovqatlar bilan oziqlanuvchilar orasida kuzatiladi. 159
25-rasm. 1 -o g ‘iz b o ‘shlig‘i, 2 - s o ‘lak bezlari, 3-halqum, 4 - qizilo‘ngach, 5-jigar, 6 -m e’da, 7 - o ‘t xaltasi, 8 -m e’da osti bezi, 9 -