faolligi va faoliyati bilan belgilanadi. Binobarin, m e’dada ovqat hazm boiishida fermentlar hal qiluvchi omil b o iib hisoblanadi. M e’da shirasining fermentlari quyidagicha xarakterlanadi: Pepsin. Bu fermentni m e’da shilliq pardasidagi bosh hujayralar eng faol pepsinogen modda ajratadi. Pepsinogen xlorid kislota ta’sirida faol pepsinga aylanadi. Uning faoliyati uchun muhit o ‘ta kislotali, pH 0,8-2,0, harorat esa 38 ^40° atrofida b o iish i lozim. Pepsin proteolitik ferment b o iib , oqsillami albumoz va peptonlargacha parchalaydi. Pepsinni ta’sir shiddati turli xil oqsillar uchun bir xil emas. Jumladan, u fibrinni, go‘sht oqsillarini ancha tez parchalagani holda tuxum oqsili va kollagenni ancha sekin parchalaydi. Pepsinning hazm kuchini aniqlash uchun Mett usulidan foydalanadi. Buning uchun qismlarga boiingan va tuxum oqsili toidirilgan maxsus shisha naycha tana haroratigacha isitilgan m e’da shirasiga solinadi. Keyin ma’lum vaqt davomida shiradagi pepsin ta’sirida naychadagi pepsinning hazm kuchi to‘g ‘risida fikr yuritadi. Ximozin (renin) fermenti asosan kuchsiz kislotali, kuchsiz ishqoriy yoki neytral muhitlarda kalsiy ionlarining ishtirokida faol boiadi. Sut emuvchi hayvonlarda muhim ahamiyatga ega. Chunki u sut, oqsili - kazeinogenga ta’sir qilib, uni kazeinga aylantiradi, sutni ivitadi. Shu sababli sut emadigan hayvonlaming m e’da shirasida ximozin boshqa fermentlarga qaraganda ko‘proq boiadi. Hayvon ulg‘aya borib, ozuqa iste’mol qilishga o ‘ta borgan sari, m e’da shirasida ximozin kamayib, pepsin bilan xlorid kislota ko‘payadi. 172