ingichka ichakning shilliq pardalarida bezli hujayra ham joylashgan. Jumladan, o ‘n ikki barmoq ichakning boshlanish qismida m e’da pilorus qismining hujayralariga o ‘xshash - Brunner bezli hujayralari, ingichka ichakning qolgan qismida esa lebberkuyun bezli hujayralari va ayrim qadoqsimon hujayralar joylashgandir. ICHAKLAR SHIRASINING FERMENTATIV TARKIBI Ichak shirasi ikki-qattiq va suyuq qismlaridan iborat boiadi. Ular ichaklar devorlarida joylashgan liberkyun, brunner va qadoqsimon bez hujayralaridan ajraladi. Ichaklar shirasining qattiq qismi shilliq pardalarda joylashgan qadoqsimon bezlardan ozuqalami mexanik qo‘zg ‘atishlari tufayli ajraladigan shilimshiq moddalardan iborat b o iib , ichaklar bo‘ylab oziq moddalarni harakatlanishi paytida shilliq pardani jarohatlanishdan saqlaydi. Shilliq burdada fermentlar jamlanadi va qayta so‘riladi. Ichaklar shirasining qattiq qismida ichaklar epiteliyasining atrofiyaga uchragan hujayralar, katta miqdordagi mikroblar va mikosiylar ham boiadi. Oxirgi ikki holat odatda y o ‘g ‘on ichaklarda kuzatiladi. Shiraning suyuq qismi, surgichlar orasida joylashgan liberkyun bezlar tomonidan ajratiladi va u suv, mineral tuzlar va fermentlardan iborat. Shira ishqoriy muhitga ega b o iib , uning tarkibida 0,2% Na 2
C 03
0,6-0,7% NaCl va fermentlardan: entrokinaza, erepsin, uncha faol boim agan lipaza va amilazalar mavjuddir. Ichaklar shirasining fermentativ tarkibi iste’mol qilinadigan ovqatlar turiga qarab o ‘zgarib turadi. Ichaklaming epitelial hujayralarida elektron mikroskop ostida ko‘rinadigan silindrik o ‘simtalardan iborat kiygizsimon hosilalar bilan qoplangandir. Ularning miqdori 1 mm2 ichaklar yuzasida 50-200