nisbatan bir xilda saqlash xususiyatiga egadirlar. Bu bilan ular o‘lik tabiat
tanalaridan jiddiy farq qiladi, ya’ni tashqi muhit bilan aloqasini
tenglashtiradi va o‘z kimyoviy tarkibini hamda tuzilishini uning o ‘zgarishi
hisobiga amalga oshiradi. Organizmning tashqi muhit bilan tenglashishi u
o‘lgan vaqtdanoq boshlanadi.
Tirik organizmlaming asosiy xarakterli
xususiyati - tashqi muhit
o‘zgarishiga faollik bilan qarshilik ko‘rsatishi bo‘lib organizmni tarixiy
tuzilishi va funksiyalari bilan amalga oshadi. Organizmni tashkil qiluvchi
kimyoviy birikmalarda juda katta energiya zahirasi jamlangan, bu esa
haroratning keskin o‘zgarishiga, namlik, sho‘rlanish
va boshqa omillarga
qarshi ta’sir ko'rsatish imkonini beradi.
Shu maqsadda oziqlanish va ovqat hazmi jarayonlarida organizmdagi
zahira moddalardan foydalaniladi.
Tashqaridan tushayotgan kimyoviy moddalar avval nisbatan oddiy
moddalargacha parchalanadi va energiya ajratadi. Bu katabolizm
jarayonidir. So‘ngra ajralgan energiyaning bir qismi esa murakkab yuqori
molekulyar birikmalardan - oqsillar, yog‘lar va
uglevodlar hamda ulaming
aynan shu organga xos bo‘lgan kimyoviy qoldiqlarini sintezlash uchun
foydalaniladi, bu assimilyasiya jarayonidir. Bu murakkab birikmalarda
tashqi muhitga qarshilik ko‘rsatilishini ta’minlovchi katta miqdordagi
energiya saqlanadi. Energiyaning bir qismi turli tuman fiziologik
jarayonlami jumladan assimilyasiya va dissimilyasiyaning
bajarilishiga
sarflanadi. Natijada organizm tuzilmalarining doimiy ravishda o‘z-o‘zidan
yangilanishi, uning rivojlanishi, nihoyat hayotning ma’lum davrlarida -
o‘sish yuz beradi.
Rivojlanish va o‘sish. Tug‘ilgandan to o‘lishgacha moddalar
almashinuvi natijasida organizmning rivojlanishi, ya’ni
uning kimyoviy
tarkibi va tuzilishining qonuniy o‘zgarishlari yuz beradi.
Rivojlanish jarayonida yetilguniga qadar hujayralar, to‘qimalar,
a’zolar va a’zolar tizimlari mukammallashib,
boradi. Hujayralar,
to'qimalar va a’zolar turli vaqtlarda yetiladi ya’ni rivojlanish geteroxron
ravishda yuz beradi. Ma’lum yoshdan boshlab giteroxron holda a’zolarda
tuzilishining qarilik o‘zgarishlari boshlanadi.
Shu bilan birga, butun hayot
davomida funksiyalar ham o'zgaradi. Tuzilish va funksional o'zgarishlar
miqdorining ortishi organizmning yangi sifat va xususiyatlarini namoyon
bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga olib keladi.
Hayotning turli davrlarida rivojlanish natijasida organizmning o‘sishi
ham o‘zgaradi. 0 ‘sish-rivojlanuvchi organizmning va uning a’zolarining
shaklan, hajmi va massasini o‘lcham jihatidan o‘zgarishidir. 0 ‘sishda
21
asosan hujayralaming ko‘payishi va hujayralararo elementlaming hajmi va
massasi (tirik moddalaming) ortishi natijasida organizmning faol
qismlarining massasi ortadi. Voyaga yetgan organizmning o‘sishi hech
qachon proporsional bo‘lmaydi. Organizm a’zolarining o‘sishi asab tizimi
va ichki sekresiya bezlari faoliyati bilan boshqariladi.
Gavda o‘lchamlarining
umumiy ortishi, uni hajm jihatidan
kattalashishiga olib keladi. Organizm to‘lig‘icha yoki ayrim qismlari bir
xilda o‘smaydi - geteroxronizm, ya’ni tezlashish va susayish davrlari
kuzatiladi.
0 ‘sish va
rivojlanishdagi geteroxronizm, filogenez tufayli yuzaga
keladi, ammo hayot sharoitining o‘zgarishi hal qiluvchi ahamiyatga ega,
bu esa harakat faoliyatining miqdoriy va sifatiy farqlari bilan aniqlanadi.
Yashash sharoitiga mos holda har bir yosh davrlarida organizmning o‘sish
va rivojlanishiga asosiy ta’sirini ko‘rsatuvchi skelet mushaklarining
qisqarish jadalligi va xarakteri o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: