qiladi. Shunday ekan, organizmning izolyasiya
qilingan qismlaridan
olingan ma’lumotlami - qonuniyatlami bevosita butun organizmga
o‘tkazish va so‘z yuritish mumkin emas.
Masalan, butun organizmga xos bo‘lgan yangi organizmlami hosil
bo‘lishiga olib keluvchi ko‘payish, xulq-atvor va fikrlash kabi funksiyalar
izolyasiya qilingan qismlar uchun xos bo‘lmagan funksiyalardir.
Funksiyalar birligi va shakllari. Quyi va oliy darajada rivojlangan
odam va hayvonlar organizmining hayotiyligi yoki tirikligi faqatgina unga
tashqi muhitdan moddalar tushib turishi hisobiga ta’min etiladi. Bu
moddalar yuqori darajada rivojlangan hayvonlar organizmiga nafas olish
va ovqat hazm qilish a’zolari orqali tushadi, ulardan qonga o‘tadi, so‘ngra
ulardan foydalanuvchi a’zolar va to‘qimalarga yetkaziladi.
Organizm va undagi a’zolar mahsulotlar iste’molisiz faoliyat ko‘rsata
olmaydilar.
Moddalar almashinuvi, a’zolar funksiyasi va
organizm xulq-atvoriga
jiddiy ravishda bog‘liqdir. Bu esa organizmni faoliyati va tuzilishini,
shaklinr va uning a’zolari namoyon qiladi. Organizmnig funksiyasi va
tuzilishi chambarchas bog‘liqdir va ular bir-birini o‘zaro to‘ldiradi. Lekin
funksiyalaming birligi va shaklida, funksiya asosiy-boshlovchi rolni
o‘ynaydi, ya’ni bevosita moddalar almashinuvi bilan aniqlanadi.
Organizmning funksiyalari va shakli-uning tarixiy va xususiy rivojlanishi
natijasidir.
Organizmning, a’zolaming fuknsiyasi nisbatan juda tez
o‘zgaradi, uning tuzilishi esa aksincha jiddiy darajada sekin o‘zgaradi.
Ayrim a’zolar va funksional tizimlar fiziologiyasi. Turli a’zolardagi
moddalar almashinuvi o‘xshashlik tomonlaridan tashqari, ulaming
funksiyalarini xarakterli xususiyatlarini aniqlovchi jiddiy farqlari ham
mavjud. Bundan tashqari a’zolami tashkil qiluvchi turli to‘qimalaming
moddalar almashinuvida ham jiddiy farqlar bor.
Har bir organ ma’lum funksiyani bajaradi. Lekin a’zolaming
mustaqilligi nisbiy, chunki u a’zolar tizimiga kiradi va uning faoliyati
organizm tomonidan to iig ‘icha boshqariladi. A ’zolar butun hayot
davomida faoliyat ko‘rsatuvchi doimiy va xususiy rivojlanishni ma’lum
bosqichida hosil bo‘lib, so‘ngra ma’lum muddatdan keyin yo‘qolib
ketiradi. A ’zolar ma’lum funksiyalami bajaruvchi
tizimlarga birikishadi,
masalan, asab, yurak-tomirlar, nafas, ovqat hazmi ajratuvchi va hokazo.
Hayvonlar organizmining tarixiy rivojlanish jarayonida asab tizimi
muhim ahamiyatga ega, ya’ni bu tizim barcha tizimlar faoliyatini
birlashtiradi va atrof muhitdagi organizmni xulq-atvorini, uning tashqi
muhit ta’siriga qarshi kurashini ta’minlab beradi.
27
Organizmning yaxlitligi va uning hayot sharoitlarini ta’minlanish
jarayonlarida bir necha a’zolar tizimining faoliyati tanlanib birikadilar.
Bunday vaqtinchalik a’zolar tizimining birikishi -
funksional birikish deb
ataladi. Masalan, xulq-atvor aktlarida asab tizimi, harakat apparatlari,
yurak-tomirlar va nafas tizimlari funksiyalari birikadi. Funksional tizimlar
a’zolar tizimidan organizmning uning talab darajasiga qarab o‘zgaruvchan
turli-tuman funksiyalami bajarilishida ishtirok etishi bilan farq qiladi.
Organizmning a’zolari va funksional tizimlari uning tinimsiz
o‘zgamvchan atrof muhitdagi hayotining rivojlanishini ta’minlashda,
yagona funksiyani bajamvchi yaxlit jonzot bu organizmdir. Bu funksiya
tashqi sharoitni jiddiy o'zgarishiga qaramasdan,
asosan asab tizimi
ta’sirida ma’lum chegarada o‘zgamvchan, nisbatan doimiy o‘rtacha
darajaga qaytuvchi barcha a’zolar, a’zolar tizimi va funksional tizimning
nisbatan mustaqil faoliyatidir. Organizm ichki a’zolar funksiyalarini
nisbatan dinamik doimiyligini va ichki muhitni tashkil qiluvchi
suyuqliklaming biokimyoviy tarkibini bir xilda saqlanishini ta’minlab
turadi, bu gomeostaz deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: