Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   318
2 5213200508969289537

m u h itn in g
o‘zgarishlarini qabul qilishga moslashmagan ta’sirotchilar ham 
bo‘lishi mumkin va bular adekvat bo‘lmagan ta’sirotchilar deb yuritiladi. 
Bu guruhga bevosita ta’sir ko‘rsatilganida har qanday organ, to‘qima va 
hujayrada qo‘zg‘alish paydo qiladigan mexanik, elektr va boshqa 
ta’sirotchilar kiradi. Adekvat bo‘lmagan ta’sirotchilar orasida elektr toki
23


fiziologiyani o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Ximik yoki mexanik 
ta’sirotchilarga nisbatan elektr ta’sirotchining afzalligi shundan iboratkim, 
birinchidan yengil va juda o‘sish kuchi, davomiyligi va harakati bo‘yicha 
jarohatlamasdan qo‘zg‘alish paydo qilishi va ta’sir to‘xtatilganidan keyin 
to‘qimalarda qaytarish imkoni bo‘lmagan o‘zgarishlar paydo qilmaydi
uchinchidan, qo‘zg‘alish paytida barcha a’zolarda elektr, potensailllari 
hosil bo‘ladi, va shu sababli uning ta’siri qo‘zg‘alishni yuzaga kelish va 
tarqalish mexanizmlari labiiyga juda yaqindir.
QO‘ZG‘ALUVCHANLIK. QO‘ZG‘ALISH. LABILLIK
Odam va hayvon organizmi, uning a’zolari, to‘qimalari va 
hujayralarining umumiy xususiyati - qo‘zg‘aluvchanlik va labillikdir.
Qo‘zg‘aluvchanlik — organizmning tashqi muhitni turli-tuman 
ta’siriga yoki ichki muhitni o‘zgarishiga qo‘zg‘alish bilan faol reaksiya 
qilish xususiyatidir.
Moddalar almashinuvi jarayoni, tinimsiz ravishda a’zolar, to‘qimalar 
va hujayralarda bajariladi. Shu sababli, moddalar almashinuvining 
to‘xtashi to‘g‘risida gap boiishi mumkin emas. Fiziologik tinchlik davri 
bu moddalar almashinuvining shunday holatiki, ya’ni kuzatishlar yoki 
maxsus usullar yordamida tashqi harakat faoliyatini namoyon bo‘lishi 
kuzatilmaydi.
Qo‘zg‘alish - to‘qima yoki uning ayrim a’zolariga xos bo‘lgan 
faoliyatni namoyon bo‘lishida moddalar almashinuvi jarayonining 
o‘zgarish darajasidir. Rivojlanish jarayonida hujayralaming funksiyalarini 
ixtisoslanishi yuzaga keladi: ma’lum hujayralar, masalan muskul to‘qimasi 
qo‘zg‘atilganida qisqaradi, ayrim to‘qimalar esa maxsus moddalar ishlab 
chiqadi, ajratadi va hokazo. Qo‘zg‘alishning bunday namoyon bo‘lishi 
maxsuslik (spesifik) deb ataladi. Qo‘zg‘alishning dastlabki bosqichlarida 
maxsus bo‘lmagan faoliyatlar ham kuzatiladi, ya’ni bunday holatlar 
oksidlanish jarayonlarini unchalik ham ortib ketmaydigan, ilg‘ab 
bo‘lmaydigan darajada o‘zgarishi, issiqlik ajralishi, elektr toklarini hosil 
bo'lishi va boshqa jarayonlar shaklida qayd qilish mumkin.
Labillik - yoki funksional harakatchanlik - bu tinchlik holatidan 
qo‘zg‘alish holatiga o‘tish va bu holatdan chiqish tezligidir. Ayrim 
hujayralarda va to‘qimalarda qo‘zg‘alish tez tarqalsa, boshqalarida sekin 
tarqaladi. Labillik xususiyatini N.Ye.Vvedenskiy kashf etdi va tahlil qilib 
chiqdi.
Moslashuvchanlik. Organizmning hayotligi uning tuzilishi va 
funksiyalarini tashqi muhit shart-sharoitlariga mos kelganidagina saqlab
24


qolinadi. Qator avlodlar davomida yerdagi hayot sharoitining o‘zgarishi 
dezeksiribonuklein kislotalaming 
qayta tuzilishining nasldan-naslga 
o‘tkazilishi, hayvonlar organizmining sharoitga chidab yashashi sifatida, 
hayvonlar organizmining tashqi muhitga moslashishi saqlanadi va 
rivojlanadi.
Moslanuvchanlik ham boshqa fiziologik xususiyatlar singari -
moddalar almashinuvi o ‘zgarishining oqibatidir. Tashqi muhit o‘zgarishiga 
qarab moddalar almashinuvini o‘zgartirish xususiyati moslashtiruvchi 
o‘zgaruvchanlik deb ataladi. Hayvonlar organizmining faqat bitta yashash 
sharoitiga moslashishi juda xavfli va maqsadga muvofiq boimaydi. 
Bunday hollarda nisbatan tez o‘zgaruvchan sharoitga moslashaolmasdan 
hayvon organizmi o ‘ladi, tur esa yo‘qolib ketadi.
Tabiiy sharoitga moslashtiruvchi o‘zgaruvchanlik organizmning 
tarixiy rivojlanishida asosiy rolni o‘ynaydi.
Fiziologik funksiyalar moddalar almashinuvi bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lganligi sababli, tashqi muhit sharoitlari o ‘zgarishi bilan avval 
funksiyalar, so‘ngra esa organizmning tuzilishi o‘zgaradi. Hayvonlar 
organizmining xususiy o'zgarishi, funksiyalami va hayvonlar xulq- 
atvorining ulaming yashash sharoitiga mos holda nisbatan tez o‘zgarishi 
bilan xarakterlanadi.
Ko‘payish. 0 ‘z-o‘zidan ko‘payish odam va hayvonlar organizmining 
asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Ko‘p hujayrali organizmidagi 
hujayralar hayot 
davomida 
yadrolaming 
bo‘linishi 
yoki 
mitoz 
(kariokineza) yo‘llari bilan ko‘payadi. Mitozdan 
keyin, har bir qiz 
hujayralarda xuddi ona hujayradagidek miqdordagi xromosomalar 
(xromosomalaming diploid yig‘ilmasi) va tiplari qoladi.
Rivojlanayotgan jinsiy hujayralarda navbatdagi ikki bo‘linishdan 
keyin xromosomalar faqat bir marta uzunasiga bo‘linadi va bu vaqtda 
xromosomalaming miqdori ikki marta kamayadi (xromosomalaming 
diploid jamlamasi). Bunday bo‘linish meyoz bo‘linish deb ataladi. 
Ko‘payishda ya’ni spermatazoidlar va tuxum hujayralarining qo‘shilishi 
natijasida mavjud bo‘lgan xromosomalaming gaploid jamlamasi, homila 
hujayralarida diploid xromosoma jamlamasiga qadar tiklanadi.
Meyozdan keyin ayollaming barcha tuxum hujayralarining 23- 
juftligida iks-xromosomalar saqlanadi, erkaklar spermatazoidlarining 
yarmida - bir qismida iks-xromosomalar saqlansa, ikkinchi qismida igrek- 
xromosomalar saqlanadi. Agarda tuxum hujayrasi iks-xromosoma bilan 
otalansa - qiz bola, igrek-xromosoma bilan otalansa - o‘g‘il bola 
rivojlanadi.
25


Ko‘payish funksiyasi asab tizimi va ichki sekresiya bezlari 
mahsulotlari - gormonlar bilan boshqariladi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin