Voltaning e ’tirozlari uning o ‘zi isbot etgan quyidagi faktga asoslangan edi: ikki xil metall birlashtirilganda, Galvani tajribasida mis bilan temir birlashtirilganda potensiallar farqi vujudga keladi, muskulning qisqarishiga ham sabab shudir. Galvani bilan Volta o'rtasida qiziq ilmiy munozara boshlandi. Bu munozara kuchaygan sari tortishuvchi tomonlaming har biri o ‘z qarashlarining to‘g‘riligini isbot. etish uchun yangi tajribalar qildi. Galvanining metallarni ishlatmasdan qilgan tajribasi masalani ajrim qilib berdi. Galvanining ikkinchi tajribasi yoki metallsiz qisqarish deb atalgan bu tajriba shundan iborat edi: baqaning quymich nervi ajratib olinib, boldiming ochilgan muskuliga tashlandi: ayni vaqtda muskul qisqardi. Birinehi holda Voltaning Galvani ikki xil metall o ‘rtasida kelib chiqqan elektmi ko‘rgan degan da’vosi «hayvonlarda elektr» borligini shubha ostiga qo‘ygan b o isa , ikkinchi tajriba Galvanining fikrlarini tasdiqlash uchun hal qiluvchi fakt bo id i. 0 ‘tgan asrning o ‘rtalarida o ‘tkazilgan va ikkilamchi tetanus yoki ikkilamchi qisqarish deb atalgan tajribalar ayniqsa qiziqarli b o id i. Bir muskul-nerv preparatining muskuliga ikkinchi muskul-nerv preparatining nervi qo‘yildi. Birinehi muskul-nerv preparatining nerviga induksion tok bilan ta’sir etilganda nervi birinehi preparatning muskuli ustiga qo‘yilgan ikkinchi preparatning muskuli ham qisqardi. Bu hodisa muskul qo‘zg ‘alganda bioelektr hodisalari keiib chiqadi, bular esa ikkinchi muskul-nerv preparatining qo‘zg‘alishiga sabab b o ia d i deb tushuntirildi. 328
XIX asming ikkinchi yarmida va XX asrda eng yangi fizik asboblardan foydalanib o‘tkazilgan tekshirishlar bioelektr hodisalari