dam olganidan keyin charchog‘i yozilib, y o ‘qolib ketadi. Agar tanadan ajratib olingan muskul uzoq vaqt ketma-ket, tez-tez ta’sirlab turilsa, oradan muayyan vaqt utgach, muskulning qisqarish kuchi tobora kamayib boradi va bora-bora muskul butunlay qisqarmay qo‘yadi. Bu vaqtda muskulning qo‘z g ‘aluvchanligi, labilligi, qisqaruvchanligi pasayadi, mutloq kuchi kamayadi. Muskul qanchalik tez qisqarsa, u shunchalik tez charchaydi. Muskulning charchashini tushuntirish uchun bir qancha nazariyalar yaratilgan. Ba'zi olimlar ishlash natijasida energiya zahirasi tugab qoladi, degan fikmi bayon qilsa, boshqa bir guruh olimlar ishlash vaqtida organizmda har xil zararli moddalar hosil bo‘lgani uchun muskul zaharlanib, charchab qoladi, deb tushuntiradilar. Lekin bu nazariyalaming har ikkisi ham charchash sabablarini to ia -to ‘kis tushuntirib bermaydi. Ishlab turgan muskulda chindan ham moddalar almashinuvining turli zararli mahsulotlari, jumladan, sut kislota, azot qoldiqlari va boshqalar hosil bo‘lib, muskulning ish qobiliyatini ancha pasaytiradi. Shuningdek, muskul ishlaganda energiya zahiralari ham kamayadi. Ammo bu jarayonlarning hech biri ham charchashni tushuntirish uchun to‘la asos bo‘la olmaydi. Charchashni tushuntirish uchun yaratilgan nazariyalaming hech biri charchashning kelib chiqishida nerv tizimining rolini e'tiborga olmagan. I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, N.E.Vvedenskiy va A.A.Uxtomskiy- lar charchashning boshlanishida nerv tizimining katta rol o ‘ynashini ko‘rsatib berdilar. N.E.Vvedenskiy muskulning charchashi mohiyat e'tibori bilan reflektor akt ekanligini o ‘z tajribalarida isbotladi. 0 ‘sha tajribalarda u muskuldan oldin nerv tizimi charchashini aniqladi. Muskulning charchashida bosh miya yarim sharlarining po‘stlog‘i ham katta rol