Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


TIBBIYOT VA CHORVACHILIK UCHUN ODAM VA



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   318
2 5213200508969289537

TIBBIYOT VA CHORVACHILIK UCHUN ODAM VA
HAYVONLAR FIZIOLOGIYASINING AHAMIYATI
Fiziologiya - tibbiyotning nazariy asosi. Hujayralaming hayot 
faoliyati qonunlari, uning molekulyar tuzilishidagi mo‘’tadil o‘zgarishlar 
ahamiyatini, 
uning 
tashqi 
muhit 
bilan 
birgalikdagi 
moddalar 
almashinuvini, to‘qima va a’zolar hayot faoliyati qonunlarini, odam va 
hayvonlar organizmining uni o‘rab turavchi sharoit bilan alotjasini, uning 
barcha funksiyalarini bajaralishidagi tashqi muhit sharoitlari rolini chuqur 
bilmasdan turib, funksiyalaming buzilish qonuniyatlarini ochish
kasalliklarining oldini olish va davolash mumkin emas.
Fiziologiya qonuniyatlarini ochish - hayotning davomiyligini 
uzaytirishi, sog‘liqni saqlashni ratsional tashkil qilish va mehnat hamda 
yashash sharoitini yengillashtirish, kasalliklami oldini olish va 
davolashning yangi usullarini yaratish uchun zarurdir.
Xavfnining oldini oluvchi va davolovchi tibbiyot, ichuvchilik va 
chekishga qarshi kurash eng awalo tizimli mehnat faoliyati va sog‘lom 
turmush tarzi bilimlariga asoslangandir. Masalan, mehnat fiziologiyasini 
bilish charchashni oldini olish, qon fiziologiyasi esa qon quyishni tashkil 
qilish va h.k. imkoniyatlarini yaratadi.
Fiziologiya - ijtimoiy va xususiy gigiyenalar, onalar va bolalar 
sog‘ligini saqlash, maktab gigiyenasi, mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish, uning
10


unumdorligini oshirish, maktablarda o‘qitish va ishlab chiqarish 
jarayonlarini tashkil qilishning asosi hisoblanadi.
Oziqlanish fiziololgiyasi - jamoaviy va xususiy ovqatlanishni to‘g ‘ri 
tashkil qilish haqida amaliy bilimlar beradi. Iqlimiy fiziologiya tashqi- 
tabiiy muhit omillarini dozalash haqida tavsiyalar beradi. Aviatsion va 
kosmik fiziologiyalar parvoz paytida odam sog‘ligini saqlashni ilmiy 
jihatdan asoslaydi.
О‘sib kelayotgan yosh avlodni tug‘ilganidan boshlab jismonan 
baquvvat, aqlan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, o‘smir va 
yoshlami mehnatga o‘rgatish, barcha turdagi ommaviy sport va jismoniy 
madaniyatni qo‘llab-quvvatlash yoshga oid fiziologiya va jismoniy hamda 
sport fiziologiyasi ma’lumotlariga asoslanadi. Odam - yosh fiziologiyasi 
va ayniqsa nerv tizimi, sezgi a’zolari fiziologiyasi, yoshga oid va umumiy 
psixologiya va pedagogikaning nazariy asosi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlari, parrandalar va baliqlar fiziologiyasi xalq 
xo'jaligida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa qishloq xo‘jalik hayvonlari 
xulq-atvorini 
maqsadli 
ravishda 
o‘zgartirish, 
ulami 
saqlash 
va 
oziqlantirish, yangi zotlar yaratish, go‘sht-sut mahsulotlari ishlab 
chiqarishni ko‘paytirish, serpushtlikni oshirish, baliqlami o‘rgatishda 
fiziologiyaning o‘mi salmoqlidir.
Hasharotlar fiziologiyasi, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda 
va aksincha foydali hasharotlami (masalan, asalarini) urchitish va 
parvarishlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin