faoliyatlarini o'rganish bo‘yicha tajribalami ham modellashtirish mumkin.
Hayvonlar organizmini funksional qonuniyatlarini o‘rganish
natijalari
faqatgina odamlar organizmi funksiyalarini fiziologik mexanizmlarini
ochish uchun foydalanilmasdan, balki hozirgi zamon texnikasida (bionika)
q o i keladigan yangi kibemetik mashinalar yaratish uchun foydalaniladi.
Hozirgi zamon elektronika, kibemetika,
avtomatika yutuqlariga
asoslangan tabiiy sharoitda fiziologik jarayonlami chuqur va to‘lig‘icha
o'rganish tadqiqotchiga avval imkoni bo‘lmagan yangi fiziologik
qonuniyatlarni ochish va hatto uzoq vaqt faoliyat ko'rsatmagan a’zoni
almashtirish imkonini beradi.
Fiziologiyaning asosiy vazifasi, odam
va hayvonlar asab tizimi
faoliyatining va organizmning o‘ziga xos fiziologik qonuniyatlarini
ochishdan iborat, ya’ni organizmni barcha hayotiy ko‘rinishlarini va eng
awalo moddalar va energiya almashinuvi,
psixika va xulq-atvorni
boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish uchun zarur.
Demak, fiziologiya hayot hodisalarini mazmunini tushuntirishda,
tirik organizmning fizik va kimyoviy jarayonlarrii o‘rganishda, boshqari
lish mexanizmlarini ishlab chiqishda,
aynan moddalar almashinuvi, irsiyat
va organizmni maqsadli o‘zgarishini ta’minlashda ishtirok etadi.
Fiziologiya quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi: 1) tirik
organizmdagi mo‘’tadil funksiyalami tinimsiz ravishda o‘zgamvchan va
rivojlanuvchi sharoitga bog‘liq holda bajarilish qonunlarini o‘rganadi, 2)
tirik organizmdagi jarayonlami tarixiy,
filogenetik, xususiy va ontogenetik
rivojlanishini va ulaming o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi.
Odam va hayvonlar organizmidagi mo‘tadil funksiyalaming bajari
lish qommlarining ochilishi muhim nazariy ahamiyatga ega, ya’ni
organizm faoliyatidagi hali o‘rganilmagan faoliyat mexanizmlarini sama-
rali o‘rganish yo‘llarini aniqlab beradi. Ayniqsa
alohida hujayralaming
(hujayralar darajasida), hujayralaming tarkibiy qismlarini (subhujayra
daraja) fiinksiyalarini va joylanishi hamda hujayralar molekulalarini
tuzilishini (molekulyar daraja) o‘rganish juda muhimdir.
Fiziologiyaning qonunlari faqatgina nazariy ahamiyatga ega bo‘lmay,
balki xalq xo‘jaligining ko‘pgina jabhalarida amaliy ahamiyatga ham
egadir.
Dostları ilə paylaş: