tarbiya va sport, oziqlanish, aviatsiya, kosmik, yosh va boshqa
fiziologiyalarga ham bo‘Iinadi.
Organizmning tuzilishi va funksiyalari o ‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib,
filogenetik va ontogenetik rivojlanishlarning natijasi hisoblanaldi.
Shunday qilib funksiya bajarilishida moddalar almashinuvi o‘zgaradi, bu
esa o‘z navbatida organizmning ham funksiyasini o‘zgartirishi mumkin,
ya’ni funksiyalaming birligi va asosiy ko‘rsatkichi funksiyaning o‘zi
hisoblanadi. Morfologik o‘zgarishlar va fiziologik jarayonlar ham bir-biri
bilan mustahkam bog‘liq. Demak, fiziologiya odam va hayvonlar
tanasining tuzilishi va uning tuzilmalarining rivojlanish qonuniyatlarini
o‘rganuvchi - anatomiya, organizm to'qimalarming optik va elektron
mikroskopik tuzilishi haqidagi fan-gistologiya va hujayralar hayot faoliyati
va tuzilishi haqidagi — sitologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Fiziologiyaning ayrim qismlari ijtimoiy fanlaming tabiiy-ilmiy asosi bo‘lib
xizmat qiladi.
Sezgi a’zolari va asab tizimi fiziologiyalari falsafa, psixologiya va
pedagogika bilan bevosita bog‘liqlikga ega.
Dostları ilə paylaş: