164 KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR “RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1.Bank sohasida bulutli texnologiyalar. Bulutli texnologiyalar bank sohasiga ham kirib keldi. Bank sohasini
raqamlashtirishni jadallashtirish elementlaridan biri bulutli texnologiyalar bo‘lishi
mumkin. Bu banklarga samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirishga va bank
xizmatlarini yangi darajaga olib chiqishga imkon beradi.
Yirik banklar o‘z bizneslarini raqamli o‘zgartirishni mahalliy IT- infratuzilmasi
asosida amalga oshirishi mumkin. Ammo bu muammoning afzal yechimi hali ham
bulutli arxitektura hisoblanadi. Yirik banklar uchun bu barcha biznes jarayonlar
samaradorligini oshirishda katta qadam hisoblanadi. O‘zining IT-infratuzilmasi va
mutaxassislarini saqlash juda qimmat bo‘lgan o‘rta va kichik banklar uchun bulutli
xizmatlar ilg‘or IT-texnologiyalariga kirishning deyarli yagona usuli hisoblanadi.
Accenture kompaniyasining Britaniya va xalqaro banklarning bulutli
texnologiyalardan foydalanishga tayyorligi to‘g‘risidagi “Banking Readiness Report”
tadqiqotiga ko‘ra, 2018-yilga kelib banklarning faqatgina 3 foizida bulut strategiyasi
mavjud emasligi, qolgan banklar allaqachon turli darajadagi intensivlikdagi bulutli
xizmatlardan foydalanayotgani aniqlandi.
IDC Financial Insights maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda dunyodagi eng yirik
banklar bulutli texnologiyalarni joriy etish tufayli qariyb 15 milliard dollar tejashdi [3].
Ammo bulutli texnologiyalardan foydalanishning asosiy foydasi bulutli
xizmatlar keltiradigan yangi imkoniyatlardir. Aynan bulutli infratuzilma va yechimlar
banklarga yangi mahsulotlarni tezroq sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yish, bozorni tahlil qilish va ma’lumotlar bilan ishlash, talabning oshishi yoki
aksiyalarni o‘tkazish davrida maksimal yuklamaga bardosh berish, ma’lumotlar
almashinuvi orqali turli xil biznes bo‘linmalarini yaxshiroq birlashtirish va tezroq
ushbu ma’lumotlarga asoslanib aniqroq qaror qabul qilish imkonini beradi. “Bulut”
elastik va osongina kattalashtirilishi mumkin, shuning uchun banklar istalgan vaqtda
faqat kerakli miqdordagi imkoniyatlardan foydalanishi va o‘zlarining infratuzilmasini
saqlash uchun ortiqcha to‘lovlarni amalga oshirmasliklari mumkin.
Bankning ekotizimga transformatsiyasini bulutsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Bulut bankning turli bo‘limlari va uning sheriklari tomonidan taqdim etilayotgan turli
xil mahsulot va xizmatlarni birlashtirish uchun ideal platformadir.
Aynan bulutli xizmatlar banklarga sun’iy intellekt, katta ma’lumotlarni tahlil
qilish, buyumlar interneti kabi IT sohasidagi eng yaxshi texnologik yechimlarga kirish
imkonini beradi.
O‘zbekiston bank tizimi va umuman iqtisodiyoti bugungi kunda moliya
bozorlarida raqobat kuchaygan sharoitda rivojlanmoqda. Bank sohasini yanada
samarali
rivojlantirish,
eng
yangi
texnologiyalarni
joriy
etish
uning
raqobatbardoshligining asosidir. Ammo bugungi kunda O‘zbekiston banklarida
“bulutli” texnologiyalardan foydalanish darajasi past. Shu bois banklarda “bulutli”