1C BULUTDA
167
KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
−
soliq inspeksiyasiga, byudjetdan tashqari jamg‘armalarga, statistika
organlariga hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish;
−
xizmat foydalanuvchisi muloqot qila oladigan forumning mavjudligi:
buxgalteriya dasturining boshqa foydalanuvchilariga savollar berish va maslahat
berish;
−
buxgalteriya dasturida amalda ishlash va baholashga imkon beruvchi tekin
“Mehmon” rejimi va boshqa qulayliklar [6].
3. Soliq sohasida bulutli texnologiyalar.
Bulutli texnologiyalar iqtisodiyotning ko‘plab sohalari qatorida soliqqa tortish
sohasiga ham kirib keldi va ta’sir qila boshladi.
Ko‘pchilik hukumatlar allaqachon bulutli saqlash xususiyatlarini hisobga olgan
holda soliq qonunchiligini o‘rganish va sozlash ishlarini boshladilar. Shu bilan birga,
OECD (Yevropa iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) ekspertlari bulutli
hisoblash va ularning yordami bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar tadbirkorlarga
katta miqdordagi mablag‘ni tezda ofshor zonalarga ko‘chirishga imkon beradi, deb
hisoblashadi. Amaldagi xalqaro standartlar global biznes amaliyotidagi o‘zgarishlarga
mos kelmayapti. Bulutli texnologiyalar biznesmenlarga boshqa mamlakatlarning
iqtisodiy hayotida faol ishtirok etish, Internet-kommunikatsiyalardan foydalanish va
daromad solig‘idan samarali ravishda qochish imkonini beradi.
Norezident soliq to‘lovchilar tranzaksiyalardan olinadigan foydalarning muhim
qismini soliq qonunchiligiga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarga osongina o‘tkazishlari
mumkin. Shu sababli, soliq idoralari bozorlarga yangi bulutli mahsulotlarning kirib
kelishini inobatga olgan holda global miqyosdagi biznes operatsiyalarini tushunishi va
kuzatishi kerak. Bulutli texnologiyalar, shuningdek, biznes maydonlarining
kengayishiga va kompaniyalarning ishbilarmonlik obro‘siga ta’sir qila boshladi.
Mutaxassislar bulutli texnologiyalar asosida qurilgan uchta operatsion modelni
aniqladilar [7].
Birinchi model
−
masofadan turib tranzaksiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi
agentlik. Mijoz agentlik bilan doimiy shartnoma tuzmasdan bulutli texnologiyalardan
foydalanadi. Ushbu usul bir martalik operatsiyalar uchun ishlatiladi.
Ikkinchi model,
bu
−
vositachi, bu yerda mijoz bulut xizmatlarini yetkazib
beruvchiga tranzaksiyalarni o‘tkazish va ularning ismlarini oshkor qilmasdan
shartnomalar tuzish huquqini beradi.
Uchinchi model
−
sotib olish va sotish modeli, bu mahalliy yoki sho‘ba
korxonalar bulutli xotiradan foydalangan holda bosh kompaniya uchun zarur
operatsiyalarni bajaradigan qurilma. Ushbu modelda ijrochi intellektual mulkka
bo‘lgan huquqlarga egalik qilishi yoki operatsiyalar paytida yo‘qotish xavfini o‘z
|