“raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali


  KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR



Yüklə 89,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix07.01.2024
ölçüsü89,25 Kb.
#207163
1   2   3   4   5   6   7   8   9
19.-D.Sabirova-O.Azizov-Moliya-tizimida-bulutli-texnologiyalar

165 
KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR
 
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON 
WWW.INFOCOM.UZ 
texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish mamlakat moliya sektoriga 
innovatsiyalarni joriy etishning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. “Bulutli” 
texnologiyalarni qo‘llash orqali banklar kengroq bank xizmatlarini taklif qilishlari va 
axborot texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash va uni himoya qilishga kamroq mablag‘ 
sarflashlari mumkin bo‘ladi. 
O‘zbekiston bank tizimiga eng yangi axborot texnologiyalarini joriy etishdan 
ko‘zlangan asosiy maqsad ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, mehnat 
unumdorligini oshirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat 
qiladi. Iqtisodiyotga raqamli innovatsion texnologiyalarni samarali, bosqichma-
bosqich joriy etish uchun “bulutli” texnologiyalarning turli turlari, shakllari va 
modellarini, birinchi navbatda, bank sohasida umumlashtirish va qo‘llash zarur [4]. 
2. Buxgalteriya sohasida bulutli texnologiyalar. 
 Bulutli buxgalteriya
, bu 

uzoq serverda joylashgan va Internet orqali 
ishlashga mo‘ljallangan buxgalteriya dasturlarining to‘plami. 
Ma’lumotlar mijoz nuqtai nazaridan bulut deb ataladigan bitta katta virtual 
serverda saqlanadi va qayta ishlanadi. 
Bulutli buxgalteriya hisobi kompaniya xodimlari uchun avtomatlashtirilgan ish 
joyi bo‘lganligi sababli, foydalanuvchining (u tashkilotning rahbari, bosh buxgalteri, 
menejerlari bo‘lishi mumkin) to‘liq ish faoliyati uchun faqat kompyuter va doimiy 
ravishda Internetga kirish imkoniyati mavjud boʻlishi kerak. 
Bulutli buxgalteriya hisobidan foydalanishda iste’molchiga buxgalteriya 
dasturini (1C: Buxgalteriya, Info-Предприятие, Buxsoft va boshqa dasturlar) sotib 
olish shart emas. Xizmatdan foydalanuvchi faqat buxgalteriya dasturining ijarasi uchun 
haq to‘laydi. Bunga quyidagi xizmatlar ham kiradi: 

amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda buxgalteriya 
dasturini muntazam ravishda yangilab turish; 

tunu-kun texnik qo‘llab-quvvatlash; 

viruslardan himoya qilish; 

ma’lumotlar bazasini zahiralash [5]. 
Bulutli buxgalteriya dasturida bajarilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar.
 
Bulutli 
buxgalteriya funksional imkoniyatlari jihatidan bir xil bo‘lgan biz bilgan buxgalteriya 
dasturidir, unda siz har qanday hujjatlarni yaratishingiz va kompaniyaning o‘z biznes 
faoliyatida amalga oshiradigan har qanday operatsiyalarni amalga oshirishingiz 
mumkin. Masalan, bulutli buxgalteriya quyidagi operatsiyalarni bajarishga qodir: 

kompaniyaning bir nechta xodimlari tomonidan bir vaqtning o‘zida dasturdan 
foydalanish; 



Yüklə 89,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin