166 KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR “RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
−
buxgalteriya registrlarini yuritish, buning natijasida barcha hisob-kitoblar,
hisob-kitoblarni tahlil qilish, hisob-kitob kartalari va boshqa analitik ma’lumotlar
uchun balans tuzish mumkin;
2-rasm. Buxgalteriyada bulutli hisoblashlar [5] −
asosiy vositalar va tovar-moddiy zahiralarning harakatlanishini (kelib
tushishini va chiqishini) hisobga olish. Dastur sizga asosiy vositalarni va boshqa
tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, topshirish, tasarruf etish va hisobdan chiqarish
bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi, shu bilan birga siz zarur
bo‘lgan dastlabki hujjatlarni (aktlar, kvitansiyalar, hisoblar) yaratishingiz, shuningdek
amortizatsiyani (eskirish) hisoblashingiz mumkin;
−
kassa va bankda hisob-kitob hujjatlarini shakllantirish. Dastur avtomatik
ravishda to‘lov topshiriqlarini mijoz bankiga yuklaydi, pul tushumlarini hosil qiladi.
Shu bilan birga, xizmatni istalgan yirik banklar bilan integratsiyalsh (birlashtirish)
mumkin;
−
sotish va sotib olish operatsiyalarini aks ettirish. Xizmat sizga hisob-
fakturalar, aktlar tuzish imkonini beradi;
−
ish haqi va undan soliq toʻlovlarini hisoblash;
−
turli soliqqa tortish tizimlarining hisobini olib borish hamda yakka tartibdagi
tadbirkorlar uchun bulutli buxgalteriyada ishlash imkoniyatini beradi;
BUXGALTER Yagona bazada
o‘zaro aloqa qilish
DAVLAT TASHKILOTLARI Elektron aloqa
kanallari orqali barcha
turdagi hisobotlarni
taqdim etish
TASHKILOT Hujjatni elektron
aylantirish
BANK Buxgalteriyaga
avtomatik ravishda
pul o‘tkazish
SIZ Dunyoning har qanday joyidan kirish
Umumiy hujjatlarni saqlovchi
Buxgalteriya bilan har qanday vositalar bilan
o‘zaro aloqada bo‘lish