“raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali


  KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR



Yüklə 89,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix07.01.2024
ölçüsü89,25 Kb.
#207163
1   2   3   4   5   6   7   8   9
19.-D.Sabirova-O.Azizov-Moliya-tizimida-bulutli-texnologiyalar

168 
KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR
 
 
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON 
WWW.INFOCOM.UZ 
zimmasiga olishi mumkin. Ushbu model yordamida kompaniya qisman yoki to‘liq 
javobgarlikni tanlagan holda shartnomalar tuzishi mumkin [8]. 
Tadqiqotchilar 
ko‘plab 
mamlakatlarda 
soliq 
qonunchiligi 
bulutli 
texnologiyalarga e’tibor bermasdan rivojlanganligini aniqladilar. Shu sababli, 
amaldagi soliq qonunlarida soliq idoralari uchun bulutli texnologiyalar bilan ishlash 
bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilmagan. Bulutli ma’lumotlar omborlari orqali o‘tishi 
mumkin bo‘lgan ta’minot zanjirlari va naqd pul o‘tkazmalarini tahlil qilish va 
tushunish soliq organlari uchun alohida ahamiyatga ega. Soliq organlari operatsiyalar 
uchun moddiy boyliklarning hajmini emas, balki soliq to‘lovchining joylashgan joyini 
aniqlab olishlari kerak. 
Soliq siyosatining muhim masalalari qatorida ijro etuvchi serverlarda 
ma’lumotlarni yig‘ish va to‘plashni kengaytirish, bulutli texnologiyalarining 
rivojlanishini hisobga olgan holda qonunlarni tartibga solish va nomoddiy mulkni 
baholashning yangi qoidalarini yaratish vazifalarini alohida ta‘kidlash mumkin [9]. 
Xulosa 
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal 
raqamli 
rivojlanishini 
ta’minlash 
maqsadida 
ishlab 
chiqilgan
“Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasida 2021-yil 1-yanvardan iqtisodiyot 
tarmoqlarida raqamli texnologiyalar, jumladan “bulutli” hisoblash texnologiyalaridan 
foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga 
alohida urg‘u berilgan.
Xo‘sh, hozirgi va yaqin kelajakda qanday bulutli texnologiyalar moliya sektori 
uchun dolzarb bo‘lishi mumkin? Bizning fikrimizcha quyidagi yo‘nalishlarni sanab 
o‘tish mumkin: 
1.
Xususiy bulutli infratuzilmani, shu jumladan bulutli saqlash tizimini 
shakllantirish. Bulutli infratuzilmani qurish uchun apparat yechimlari ko‘plab global 
apparat ishlab chiqaruvchilari tomonidan taklif etiladi: EMC, IBM, HP, HDS, VCE, 
NetApp va boshqalar.
2.
Ish joylarini virtuallashtirish. Ushbu yechim kompaniya xodimlarining 
mobilligini ta’minlaydi, hududni kengaytirishni soddalashtiradi va ish joylarini 
tashkillashtirish va boshqarish xarajatlarini kamaytiradi.
3.
Yana bir jiddiy yo‘nalish – ma’lumotlar bazalarini “bulutlarga” 
o‘tkazish. Masalan, Oracle Optimized Solution for Enterprise Cloud Infrastructure 
sizga shaxsiy bulutlarni joylashtirish va boshqarishni tezlashtirishga yordam 
beradi. Oracle kompaniyasi imkoniyatlari moliya sektorida keng qo‘llanilishini 
hisobga olsak, bu qadam CRM yoki SAP kabi biznes yechimlarining bulutli 
infratuzilmasiga o‘tishni soddalashtiradi [10]. 



Yüklə 89,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin