163 KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR “RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
onlayn dastur do‘konlari: Google Play, App Store va Microsoft Store; bulutli xosting
−
saytingizni “bulut” da joylashtirish.
Ro‘yxatdagi xizmatlarda oddiy foydalanuvchilar uchun xizmatlar to‘plami va
biznes uchun bulutli yechimlar mavjud. Birinchi holda, siz kundalik vazifalarni hal
qilish uchun yetarli bo‘lgan minimal funksiyalar to‘plamini olasiz. Korxona uchun
biznesga moʻljallangan bulutli xizmatlardan foydalanish ma’qul, chunki unda
funksional imkoniyatlar kengroq berilgan.
Asosiy qism Bulut mavhum narsa sifatida taqdim etilgan bo‘lsa-da, uning orqasida juda aniq
“apparat” to‘plami, dasturiy ta’minot va o‘ziga xos arxitektura mavjud.
Bulutli hisoblash server va tarmoq uskunalari asosida qurilgan. Uskunalar
dasturiy yechim bilan birlashtirilgan va xizmatlarni boshqarish uchun foydalanuvchi
interfeysiga ega.
Bulutli texnologiyalar qanday ishlashini tushunish uchun serverlar kuchli
xotirali kompyuterlar va ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun disklar - maxsus
shkaflarda joylashgan xonani tasavvur qiling. Foydalanuvchiga ushbu kompyuterlarga
kirish huquqini berish uchun ularda tarmoq uskunalari
−
svitchlar, routerlar,
kommutatorlar o‘rnatilgan.
Har bir qurilma alohida holatda ham ishlashi mumkin. Bulutli tizimlar, bu
−
barcha elementlar yaxshi ishlangan mexanizm singari bir butun bo‘lib ishlaydi. Bulutli
xizmat shu tarzda ishlashi uchun unga barcha jarayonlarni dirijyor sifatida
boshqaradigan maxsus dasturlar to‘plami kerak [2].
1-rasm. Bulutli texnologiyalar tarkibiy tuzilishi Kompaniyalar bulutli xizmatlarni korxonalar va jismoniy shaxslarga xizmat
sifatida taqdim etishadi.
Bulutli xizmat, bu
−
hayotni osonroq va qulayroq qilish uchun mo‘ljallangan
texnologiya hisoblanadi.