“raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali


  KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR



Yüklə 89,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü89,25 Kb.
#207163
1   2   3   4   5   6   7   8   9
19.-D.Sabirova-O.Azizov-Moliya-tizimida-bulutli-texnologiyalar

164 
KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR
 
 
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON 
WWW.INFOCOM.UZ 
1.Bank sohasida bulutli texnologiyalar.
Bulutli texnologiyalar bank sohasiga ham kirib keldi. Bank sohasini 
raqamlashtirishni jadallashtirish elementlaridan biri bulutli texnologiyalar bo‘lishi 
mumkin. Bu banklarga samaradorlik va raqobatbardoshlikni oshirishga va bank 
xizmatlarini yangi darajaga olib chiqishga imkon beradi. 
Yirik banklar o‘z bizneslarini raqamli o‘zgartirishni mahalliy IT- infratuzilmasi 
asosida amalga oshirishi mumkin. Ammo bu muammoning afzal yechimi hali ham 
bulutli arxitektura hisoblanadi. Yirik banklar uchun bu barcha biznes jarayonlar 
samaradorligini oshirishda katta qadam hisoblanadi. O‘zining IT-infratuzilmasi va 
mutaxassislarini saqlash juda qimmat bo‘lgan o‘rta va kichik banklar uchun bulutli 
xizmatlar ilg‘or IT-texnologiyalariga kirishning deyarli yagona usuli hisoblanadi. 
Accenture kompaniyasining Britaniya va xalqaro banklarning bulutli 
texnologiyalardan foydalanishga tayyorligi to‘g‘risidagi “Banking Readiness Report” 
tadqiqotiga ko‘ra, 2018-yilga kelib banklarning faqatgina 3 foizida bulut strategiyasi 
mavjud emasligi, qolgan banklar allaqachon turli darajadagi intensivlikdagi bulutli 
xizmatlardan foydalanayotgani aniqlandi.
IDC Financial Insights maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda dunyodagi eng yirik 
banklar bulutli texnologiyalarni joriy etish tufayli qariyb 15 milliard dollar tejashdi [3]. 
Ammo bulutli texnologiyalardan foydalanishning asosiy foydasi bulutli 
xizmatlar keltiradigan yangi imkoniyatlardir. Aynan bulutli infratuzilma va yechimlar 
banklarga yangi mahsulotlarni tezroq sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarishni yo‘lga 
qo‘yish, bozorni tahlil qilish va ma’lumotlar bilan ishlash, talabning oshishi yoki 
aksiyalarni o‘tkazish davrida maksimal yuklamaga bardosh berish, ma’lumotlar 
almashinuvi orqali turli xil biznes bo‘linmalarini yaxshiroq birlashtirish va tezroq 
ushbu ma’lumotlarga asoslanib aniqroq qaror qabul qilish imkonini beradi. “Bulut” 
elastik va osongina kattalashtirilishi mumkin, shuning uchun banklar istalgan vaqtda 
faqat kerakli miqdordagi imkoniyatlardan foydalanishi va o‘zlarining infratuzilmasini 
saqlash uchun ortiqcha to‘lovlarni amalga oshirmasliklari mumkin. 
Bankning ekotizimga transformatsiyasini bulutsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Bulut bankning turli bo‘limlari va uning sheriklari tomonidan taqdim etilayotgan turli 
xil mahsulot va xizmatlarni birlashtirish uchun ideal platformadir. 
Aynan bulutli xizmatlar banklarga sun’iy intellekt, katta ma’lumotlarni tahlil 
qilish, buyumlar interneti kabi IT sohasidagi eng yaxshi texnologik yechimlarga kirish 
imkonini beradi. 
O‘zbekiston bank tizimi va umuman iqtisodiyoti bugungi kunda moliya 
bozorlarida raqobat kuchaygan sharoitda rivojlanmoqda. Bank sohasini yanada 
samarali 
rivojlantirish, 
eng 
yangi 
texnologiyalarni 
joriy 
etish 
uning 
raqobatbardoshligining asosidir. Ammo bugungi kunda O‘zbekiston banklarida 
“bulutli” texnologiyalardan foydalanish darajasi past. Shu bois banklarda “bulutli” 



Yüklə 89,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin