“raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali



Yüklə 89,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix07.01.2024
ölçüsü89,25 Kb.
#207163
1   2   3   4   5   6   7   8   9
19.-D.Sabirova-O.Azizov-Moliya-tizimida-bulutli-texnologiyalar

1C BULUTDA


167 
KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR
 
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON 
WWW.INFOCOM.UZ 

soliq inspeksiyasiga, byudjetdan tashqari jamg‘armalarga, statistika 
organlariga hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish; 

xizmat foydalanuvchisi muloqot qila oladigan forumning mavjudligi: 
buxgalteriya dasturining boshqa foydalanuvchilariga savollar berish va maslahat 
berish; 

buxgalteriya dasturida amalda ishlash va baholashga imkon beruvchi tekin 
“Mehmon” rejimi va boshqa qulayliklar [6]. 
3. Soliq sohasida bulutli texnologiyalar.
Bulutli texnologiyalar iqtisodiyotning ko‘plab sohalari qatorida soliqqa tortish 
sohasiga ham kirib keldi va ta’sir qila boshladi. 
Ko‘pchilik hukumatlar allaqachon bulutli saqlash xususiyatlarini hisobga olgan 
holda soliq qonunchiligini o‘rganish va sozlash ishlarini boshladilar. Shu bilan birga, 
OECD (Yevropa iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) ekspertlari bulutli 
hisoblash va ularning yordami bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar tadbirkorlarga 
katta miqdordagi mablag‘ni tezda ofshor zonalarga ko‘chirishga imkon beradi, deb 
hisoblashadi. Amaldagi xalqaro standartlar global biznes amaliyotidagi o‘zgarishlarga 
mos kelmayapti. Bulutli texnologiyalar biznesmenlarga boshqa mamlakatlarning 
iqtisodiy hayotida faol ishtirok etish, Internet-kommunikatsiyalardan foydalanish va 
daromad solig‘idan samarali ravishda qochish imkonini beradi. 
Norezident soliq to‘lovchilar tranzaksiyalardan olinadigan foydalarning muhim 
qismini soliq qonunchiligiga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarga osongina o‘tkazishlari 
mumkin. Shu sababli, soliq idoralari bozorlarga yangi bulutli mahsulotlarning kirib 
kelishini inobatga olgan holda global miqyosdagi biznes operatsiyalarini tushunishi va 
kuzatishi kerak. Bulutli texnologiyalar, shuningdek, biznes maydonlarining 
kengayishiga va kompaniyalarning ishbilarmonlik obro‘siga ta’sir qila boshladi.
Mutaxassislar bulutli texnologiyalar asosida qurilgan uchta operatsion modelni 
aniqladilar [7]. 
Birinchi model 

masofadan turib tranzaksiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi 
agentlik. Mijoz agentlik bilan doimiy shartnoma tuzmasdan bulutli texnologiyalardan 
foydalanadi. Ushbu usul bir martalik operatsiyalar uchun ishlatiladi. 
Ikkinchi model,
bu 

vositachi, bu yerda mijoz bulut xizmatlarini yetkazib 
beruvchiga tranzaksiyalarni o‘tkazish va ularning ismlarini oshkor qilmasdan 
shartnomalar tuzish huquqini beradi. 
Uchinchi model 

sotib olish va sotish modeli, bu mahalliy yoki sho‘ba 
korxonalar bulutli xotiradan foydalangan holda bosh kompaniya uchun zarur 
operatsiyalarni bajaradigan qurilma. Ushbu modelda ijrochi intellektual mulkka 
bo‘lgan huquqlarga egalik qilishi yoki operatsiyalar paytida yo‘qotish xavfini o‘z 



Yüklə 89,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin