165 KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR “RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish mamlakat moliya sektoriga
innovatsiyalarni joriy etishning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. “Bulutli”
texnologiyalarni qo‘llash orqali banklar kengroq bank xizmatlarini taklif qilishlari va
axborot texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash va uni himoya qilishga kamroq mablag‘
sarflashlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston bank tizimiga eng yangi axborot texnologiyalarini joriy etishdan
ko‘zlangan asosiy maqsad ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, mehnat
unumdorligini oshirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat
qiladi. Iqtisodiyotga raqamli innovatsion texnologiyalarni samarali, bosqichma-
bosqich joriy etish uchun “bulutli” texnologiyalarning turli turlari, shakllari va
modellarini, birinchi navbatda, bank sohasida umumlashtirish va qo‘llash zarur [4].
2. Buxgalteriya sohasida bulutli texnologiyalar. Bulutli buxgalteriya , bu
−
uzoq serverda joylashgan va Internet orqali
ishlashga mo‘ljallangan buxgalteriya dasturlarining to‘plami.
Ma’lumotlar mijoz nuqtai nazaridan bulut deb ataladigan bitta katta virtual
serverda saqlanadi va qayta ishlanadi.
Bulutli buxgalteriya hisobi kompaniya xodimlari uchun avtomatlashtirilgan ish
joyi bo‘lganligi sababli, foydalanuvchining (u tashkilotning rahbari, bosh buxgalteri,
menejerlari bo‘lishi mumkin) to‘liq ish faoliyati uchun faqat kompyuter va doimiy
ravishda Internetga kirish imkoniyati mavjud boʻlishi kerak.
Bulutli buxgalteriya hisobidan foydalanishda iste’molchiga buxgalteriya
dasturini (1C: Buxgalteriya, Info-Предприятие, Buxsoft va boshqa dasturlar) sotib
olish shart emas. Xizmatdan foydalanuvchi faqat buxgalteriya dasturining ijarasi uchun
haq to‘laydi. Bunga quyidagi xizmatlar ham kiradi:
−
amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda buxgalteriya
dasturini muntazam ravishda yangilab turish;
−
tunu-kun texnik qo‘llab-quvvatlash;
−
viruslardan himoya qilish;
−
ma’lumotlar bazasini zahiralash [5].
Bulutli buxgalteriya dasturida bajarilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar.
Bulutli
buxgalteriya funksional imkoniyatlari jihatidan bir xil bo‘lgan biz bilgan buxgalteriya
dasturidir, unda siz har qanday hujjatlarni yaratishingiz va kompaniyaning o‘z biznes
faoliyatida amalga oshiradigan har qanday operatsiyalarni amalga oshirishingiz
mumkin. Masalan, bulutli buxgalteriya quyidagi operatsiyalarni bajarishga qodir:
−
kompaniyaning bir nechta xodimlari tomonidan bir vaqtning o‘zida dasturdan
foydalanish;