168 KATTA HAJMLI MA’LUMOTLAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR “RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
zimmasiga olishi mumkin. Ushbu model yordamida kompaniya qisman yoki to‘liq
javobgarlikni tanlagan holda shartnomalar tuzishi mumkin [8].
Tadqiqotchilar
ko‘plab
mamlakatlarda
soliq
qonunchiligi
bulutli
texnologiyalarga e’tibor bermasdan rivojlanganligini aniqladilar. Shu sababli,
amaldagi soliq qonunlarida soliq idoralari uchun bulutli texnologiyalar bilan ishlash
bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilmagan. Bulutli ma’lumotlar omborlari orqali o‘tishi
mumkin bo‘lgan ta’minot zanjirlari va naqd pul o‘tkazmalarini tahlil qilish va
tushunish soliq organlari uchun alohida ahamiyatga ega. Soliq organlari operatsiyalar
uchun moddiy boyliklarning hajmini emas, balki soliq to‘lovchining joylashgan joyini
aniqlab olishlari kerak.
Soliq siyosatining muhim masalalari qatorida ijro etuvchi serverlarda
ma’lumotlarni yig‘ish va to‘plashni kengaytirish, bulutli texnologiyalarining
rivojlanishini hisobga olgan holda qonunlarni tartibga solish va nomoddiy mulkni
baholashning yangi qoidalarini yaratish vazifalarini alohida ta‘kidlash mumkin [9].
Xulosa Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal
raqamli
rivojlanishini
ta’minlash
maqsadida
ishlab
chiqilgan
“Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasida 2021-yil 1-yanvardan iqtisodiyot
tarmoqlarida raqamli texnologiyalar, jumladan “bulutli” hisoblash texnologiyalaridan
foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga
alohida urg‘u berilgan.
Xo‘sh, hozirgi va yaqin kelajakda qanday bulutli texnologiyalar moliya sektori
uchun dolzarb bo‘lishi mumkin? Bizning fikrimizcha quyidagi yo‘nalishlarni sanab
o‘tish mumkin:
1.
Xususiy bulutli infratuzilmani, shu jumladan bulutli saqlash tizimini
shakllantirish. Bulutli infratuzilmani qurish uchun apparat yechimlari ko‘plab global
apparat ishlab chiqaruvchilari tomonidan taklif etiladi: EMC, IBM, HP, HDS, VCE,
NetApp va boshqalar.
2.
Ish joylarini virtuallashtirish. Ushbu yechim kompaniya xodimlarining
mobilligini ta’minlaydi, hududni kengaytirishni soddalashtiradi va ish joylarini
tashkillashtirish va boshqarish xarajatlarini kamaytiradi.
3.
Yana bir jiddiy yo‘nalish – ma’lumotlar bazalarini “bulutlarga”
o‘tkazish. Masalan, Oracle Optimized Solution for Enterprise Cloud Infrastructure
sizga shaxsiy bulutlarni joylashtirish va boshqarishni tezlashtirishga yordam
beradi. Oracle kompaniyasi imkoniyatlari moliya sektorida keng qo‘llanilishini
hisobga olsak, bu qadam CRM yoki SAP kabi biznes yechimlarining bulutli
infratuzilmasiga o‘tishni soddalashtiradi [10].