Raqamli iqtisodiyotda bulutli hisoblash texnologiyalari va ularning raqamli xavfsizligi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix27.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#103828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kirish.
 
Bugungi kunda rivojlangan va rivojla-
nayotgan davlatlar iqtisodiyotning barcha tarmoq-
larida axborot texnologiyalaridan samarali foydala-
nish, sohaga yangidan yangi texnologiyalarni tatbiq 
etish, minimal xarajatlar evaziga maksimal foyda 
olish maqsadida istiqbolli rejalar tuzmoqda. Aniqki, 
iqtisodiy rivojlanish yangi bosqichga chiqqan davr-
da bu kabi yo‘nalishlar ko‘p muammolarning yechi-
mi, bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarning qiyinlik da-
rajasini pasaytiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu 
RAQAMLI IQTISODIYOT
https://doi.org/10.55439/ECED/vol24_iss1/a6
 
 


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 1-son
51 
nuqtayi nazardan mamlakatimizda axborot texnolo-
giyalari sohasiga qaratilayotgan e’tibor, uning yosh-
lar va aholi o‘rtasida keng ommalashuvi natijasi 
o‘laroq, yurtimizda iqtisodiyotning real sektorida 
raqamlashtirish jarayonlari jadal sur’atlarda davom 
etmoqda. Ma’lumki, yaqin yillarda mamlakatimizda 
axborot texnologiyalari, xususan, raqamli iqtisodi-
yot sohasini rivojlantirish, sohani har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumat tomonidan 
bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilin-
di. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan 
2022-yil 28-yanvarda imzolangan “2022-2026-yil-
larga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraq-
qiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmo-
nida [1] kelasi 5 yilda amalga oshirilishi shart bo‘l-
gan maqsadlarning biri “raqamli iqtisodiyotni aso-
siy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kami-
da 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib 
borish” va ushbu maqsad tarkibiga kiruvchi bir 
qator vazifalar mamlakatda raqamli iqtisodiyotning 
yanada rivojlanishiga turtki bo‘lishi tabiiy. Qonun-
chilik hujjatlari milliy bazasi – www.lex.uz portal-
dagi ma’lumotlarga yuzlansak, ayni kunga qadar 
mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlan-
tirish to‘g‘risida 4000 dan ortiq, raqamli iqtisodiyot-
ni rivojlantirish to‘g‘risida esa 800 ga yaqin qonun 
va qonunosti hujjatlar qabul qilingan. Bu esa dav-
latimiz tomonidan axborot texnologiyalari va ra-
qamli iqtisodiyot mamlakatni rivojlantirishning 
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalari qatorida 
muhim o‘rniga ega ekanligidan dalolat beradi. 
Bulutli hisoblash texnologiyalari g‘oyasi 
o‘tgan asrning oxirlarida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, 
raqamli elektron aloqa vositalarining shiddat bilan 
rivojlanib borishi va elektron tizimlar foydalanuv-
chilarining talablari uzluksiz o‘sib borishi natijasida 
2007-2008-yillardan boshlab ommaviylashib, tez-
korlik bilan rivojlanish bosqichiga o‘tdi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin