Raqamli iqtisodiyotda bulutli hisoblash texnologiyalari va ularning raqamli xavfsizligi


-rasm. Bulutli texnologiyalarning xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlar



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix27.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#103828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-rasm. Bulutli texnologiyalarning xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlar 
Manba:
 rasm mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan. 
 
Hisobni o‘g‘irlashbulut muhitida fishing
firibgarlik va turli ekspluatatsiyalarda namoyon 
bo‘ladi. Bu yerda tranzaksiyalarni manipulyatsiya 
qilish va ma’lumotlarni o‘zgartirishga urinishlar 
shaklida tahdidlar uchraydi. Bulutli saytlar hujum-
chilar tomonidan hujumlar maydoni sifatida ko‘rib 
chiqiladi. Fishingning oldini olish uchun foydala-
nuvchi akkauntlari va xizmatlarini o‘zaro “alma-
shish”ni ta’qiqlash, shuningdek, ko‘p faktorli auden-
tifikatsiya mexanizmlariga e’tibor berish kerak.
Maqsadli kiberhujumlar – ayni kunda rivoj-
langan dunyoda ma’lumotlar eng katta tovarga ayla-
nishi ortidan bulutli xotira xizmatlariga kibertahdid 
yoki maqsadli kiberhujumlar shu kunlarda ko‘p 
uchraydi. Xavfsizlikka javobgar shaxs yetarli bilim-
ga ega bo‘lmasligi va kiberhujumlardan himoya 
tizimisiz bulutdagi ma’lumotlarga bo‘lishi muqarrar 
bo‘lgan hujumlarni aniqlash hamda unga qarshi 
turish mushkul [13]. 
Iqtisodiyotning raqamli sektori turli zaiflik-
larga ega bulutli xizmatlar tufayli inqirozga yuz tu-
tishni xohlamaydi. Zamon talabi bilan rivojlanishda 
davom etayotgan mazkur sohada mavjud xavflar-
ning oldini olish va uni o‘z vaqtida bartaraf etish 
uchun biznes egalaridan zamonaviy dunyoqarash 
va raqamli bilimlarni egallash talab etiladi.
Xulosa va takliflar.
Yuqoridagi mulohaza-
larni jamlab, biz bulutli texnologiyalar sohasida 
“velosipedni qaytadan ixtiro qilish” zarurati emas
balki uning foydalanuvchilarga yanada qulay hamda 
RAQAMLI IQTISODIYOT


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 1-son
55 
xavfsiz tarzda taqdim etilishini ko‘zda tutuvchi 
quyidagi xulosa va takliflarni bayon etamiz:
Birinchidan, bulutli texnologiyalarning saq-
lash hajmi(xotira)ni oshirish. Bunda xotira hajmi-
ning oshishi ma’lumotlarni joylashtirish uchun xiz-
mat qiladi, shuningdek, bunday xizmatni taklif etuv-
chi kompaniyalarning xizmatidan foydalanuvchi 
shaxslar soni proporsional tarzda ko‘payishiga ta’sir 
etadi. Natijada kompaniya ko‘zlagan maqsadiga eri-
sha oladi.
Ikkinchidan, internetning ishlash tezligi. 
Internet taqdim etuvchi provayderlarning sifatli va 
tez internet xizmatlarini taqdim etishi bulutli texno-
logiyalarning rivoji uchun ahamiyati juda yuqori. 
Aniqki, internetsiz bulutli texnologiyalardan foyda-
lanish mumkin emas. Foydalanuvchilar provayder 
kompaniyalardan yuqori sifatli, tez yuklanadigan 
xizmatlarni kutadilar. Ayni kunlarda internet inson-
larning shaxsiy ehtiyojiga aylangani buning dalili 
bo‘la oladi. 
Uchinchidan, bulutli hisoblash xizmatlari 
bilan birga Buyumlar interneti (ing. Internet of 
Things) sohasini ham parallel ravishda rivojlanti-
rish. Albatta, Buyumlar interneti ham yetakchi tex-
nologiyalardan biri sifatida real vaqt rejimida Ma’lu-
motlar tahlili (ing. Data Analytics) va bulutli hisob-
lash xizmatini uzluksiz ma’lumotlar bilan taʼmin-
laydi. Bir mashinadan ikkinchi mashinaga ko‘plab 
aloqalar, ma’lumotlar almashinuvi jarayonlari sodir 
bo‘ladi.
To‘rtinchidan, Bulutli texnologiyaning kelaja-
gini to‘g‘ri prognoz qilish. Yuqorida ta’kidlangani-
dek, ushbu xizmat yordamida biz internetda xohla-
gan maqsadlarimizga erishishimiz imkoniyati yuqo-
ri. Ko‘plab tadqiqotchilar bulutli hisoblash kelajak-
da yetakchi texnologiyalardan biri bo‘lishini isbot-
laganlar, ammo vaqt, resurs, energetika va internet 
ta’minotidagi kamchilklarni bartaraf etmay turib, 
uning yorqin kelajagi haqida to‘g‘ri prognoz qila 
olish birmuncha murakkab jarayon bo‘ladi.
Beshinchidan, albatta, taqdim etilayotgan xiz-
matning konfidensialligi maksimal darajda himoya-
langan bo‘lishi shart. Xavfsizligi ta’minlanmagan 
xizmatdan foydalanish ko‘p hollarda foydalanuvchi-
larning zarariga ishlaydi.  
Fikrimizcha, foydalanuvchilarga yanada qu-
laylik taqdim etish uchun ushbu turdagi barcha xiz-
matlarni o‘zida jamlagan yangi ilovani yaratish 
kerak. Bu yo‘l bilan bir nechta qulayliklar taqdim 
etiladi: 
– kerakli ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida 
ko‘ra olish; 
– turli fayllar bilan istalgan bulutlar orasida 
uzatmalarni amalga oshirish
– xotira maydonini yanada kengaytirish; 
– xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar orasidagi 
raqobatni yanada kuchaytirish. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin