Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 1-son
55
xavfsiz tarzda taqdim etilishini ko‘zda tutuvchi
quyidagi xulosa va takliflarni bayon etamiz:
Birinchidan, bulutli texnologiyalarning saq-
lash hajmi(xotira)ni oshirish.
Bunda xotira hajmi-
ning oshishi ma’lumotlarni
joylashtirish uchun xiz-
mat qiladi, shuningdek, bunday xizmatni taklif etuv-
chi kompaniyalarning xizmatidan foydalanuvchi
shaxslar soni proporsional tarzda ko‘payishiga ta’sir
etadi. Natijada kompaniya ko‘zlagan maqsadiga eri-
sha oladi.
Ikkinchidan, internetning ishlash tezligi.
Internet taqdim etuvchi provayderlarning sifatli va
tez internet xizmatlarini taqdim etishi bulutli texno-
logiyalarning rivoji uchun ahamiyati juda yuqori.
Aniqki, internetsiz bulutli texnologiyalardan foyda-
lanish mumkin emas. Foydalanuvchilar provayder
kompaniyalardan yuqori sifatli,
tez yuklanadigan
xizmatlarni kutadilar. Ayni kunlarda internet inson-
larning shaxsiy ehtiyojiga aylangani buning dalili
bo‘la oladi.
Uchinchidan, bulutli hisoblash xizmatlari
bilan birga Buyumlar interneti (ing. Internet of
Things) sohasini ham parallel ravishda rivojlanti-
rish. Albatta, Buyumlar interneti ham
yetakchi tex-
nologiyalardan biri sifatida real vaqt rejimida Ma’lu-
motlar tahlili (ing. Data Analytics) va bulutli hisob-
lash xizmatini uzluksiz ma’lumotlar bilan taʼmin-
laydi. Bir mashinadan ikkinchi mashinaga ko‘plab
aloqalar, ma’lumotlar almashinuvi jarayonlari sodir
bo‘ladi.
To‘rtinchidan, Bulutli texnologiyaning kelaja-
gini to‘g‘ri prognoz qilish. Yuqorida ta’kidlangani-
dek, ushbu xizmat yordamida biz internetda xohla-
gan maqsadlarimizga erishishimiz imkoniyati yuqo-
ri. Ko‘plab tadqiqotchilar bulutli hisoblash kelajak-
da yetakchi texnologiyalardan biri bo‘lishini isbot-
laganlar, ammo vaqt, resurs, energetika va internet
ta’minotidagi kamchilklarni bartaraf etmay turib,
uning yorqin kelajagi haqida to‘g‘ri
prognoz qila
olish birmuncha murakkab jarayon bo‘ladi.
Beshinchidan, albatta, taqdim etilayotgan xiz-
matning konfidensialligi maksimal darajda himoya-
langan bo‘lishi shart. Xavfsizligi ta’minlanmagan
xizmatdan foydalanish ko‘p hollarda foydalanuvchi-
larning zarariga ishlaydi.
Fikrimizcha, foydalanuvchilarga yanada qu-
laylik taqdim etish uchun ushbu turdagi barcha xiz-
matlarni o‘zida jamlagan yangi ilovani yaratish
kerak. Bu yo‘l bilan bir nechta qulayliklar taqdim
etiladi:
– kerakli ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida
ko‘ra olish;
– turli fayllar bilan istalgan bulutlar orasida
uzatmalarni amalga
oshirish;
– xotira maydonini yanada kengaytirish;
– xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar orasidagi
raqobatni yanada kuchaytirish.
Dostları ilə paylaş: