Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 1-son
52
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur maqola-
da bulutli texnologiyalarning raqamli iqtisodiyotda-
gi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish maqsadida tizimli
tahlil, taqqoslash va
guruhlash kabi metodlardan
foydalanilgan. Yakunda esa mantiqiy xulosalash va
ilmiy abstraksiya metodlari orqali xulosa hamda
takliflar ishlab chiqilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Albatta,
raqamli iqtisodiyot mamlakat
iqtisodiyotining bar-
cha tarmoq va sohalarini raqamli ko‘rinishga o‘tka-
zishni talab etadi. 2020-yil jahon miqyosida tarqal-
gan Covid-19 pandemiyasi davrida bu harakat juda
jadallik bilan rivojlandi, to‘g‘rirog‘i, rivojlanishga
majbur bo‘ldi. Yirik kompaniyalar, tijoriy va xizmat
ko‘rsatish
subyektlari, shuningdek, davlat boshqa-
ruvining barcha bo‘g‘inlari o‘z
xizmat vazifalarini
zamonaviy tarmoq texnologiyalari orqali bajardi.
Bunda xodimlar boshqaruvi, boshqaruvga oid qa-
rorlar
qabul qilish, elektron hujjatlarning aylanish
tizimlari, hisobotlar va shu kabi muhim vazifalarni
amalga oshirishda bulutli
texnologiyalarning aha-
miyati yuqori bo‘ldi.
1-rasm. 2014-2018-yillarda Yevropa Ittifoqidagi kompaniyalar bulutli hisoblash texnologiyalaridan
qanday maqsadlarda foydalanayotganining solishtirma ko‘rsatkichlari (foizlarda)
Manba:
https://ec.europa.eu/eurostat/statistics-explained/index.php?title
2021-yil yanvar oyida Yevropa Ittifoqi Sta-
tistik tashkiloti – Eurostat tomonidan tarmoq texno-
logiyalariga oid e’lon qilingan yirik hisobotda kelti-
rilishicha, mintaqadagi
yirik kompaniyalar bulutli
hisoblash texnologiyalaridan qay maqsadlarda foy-
dalanayotgani keltirilgan. Mazkur hisobotga ko‘ra,
bulutli texnologiyalarda
email xabarlar almashish
va uni saqlash maqsadida foydalanish ko‘rsatkichi
2014-yildagiga nisbatan 10 %ga, ma’lumotlarni
xotiraga saqlash maqsadida foydalanish ko‘rsatkichi
14 %ga, moliyaviy va hisob-buxgalteriyaga oid
vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish
ko‘rsatkichi 14 %ga ortgani
va buning natijasida
jamiyatda bulutli texnologiyalarga oid qarashlar
ijobiy tomonga siljigani ko‘rsatilgan [7, 12].
Dostları ilə paylaş: