Adabiyotlar tahlili.
Mazkur sohaning asosiy
elementlaridan biri bo‘lgan bulutli hisoblash (ing. Cloud Computing) tushunchasi elektron hisoblash
xizmatlarini kompyuter tarmoqlari orqali yetkazib
berishni nazarda tutadi. Bunda infratuzilma xizmati
eng quyi xizmat turi boʻlib, qolgan yuqori xizmat
turlari quyilarining detallarini yanada abstraktlash
asosida quriladi [2, 9].
Kanzas shtati universitetining taniqli profess-
sori Roger McHaneyning fikriga ko‘ra, “Bulutli
hisoblash” iborasining kelib chiqishi “internetda
namoyish qilish uchun oqim jadvallari va diagram-
malarida ishlatiladigan “bulut” belgisidan kelib
chiqadi. G‘oya shundan iboratki, web interfeysga
ega bo‘lgan har qanday kompyuter hisoblash re-
surslari dasturlar va fayllarning ulkan bazasiga
kirish huquqiga ega. Nima uchun aynan bulutli
hisoblash? Bulutli hisoblash axborot texnologiyalari
sohasidagi mutaxassislari orasida atmosfera para-
digmasini davom ettirish uchun mukammal bo‘ron
natijasi sifatida qaraladi” [3].
Hindiston IT mutaxassislari jamiyati a’zolari,
nufuzli olimlar P.Srivastava hamda R.Khan o‘z ilmiy
ishlarida bulutli hisoblash texnikasi haqida so‘z
yuritar ekan, u haqida: “…suv molekulalarining to‘p-
lami bo‘lgan haqiqiy bulutlar singari bulutli hisob-
lashda “bulut” atamasi bu tarmoqlar to‘plamidir.
Foydalanuvchi istalgan vaqtda bulutli hisoblash
usullaridan cheksiz foydalanishi mumkin. O‘z infra-
tuzilmasini yaratish o‘rniga foydalanuvchilar, odat-
da, bulutli hisoblashda internet xizmati uchun vosi-
tachi provayderni afzal ko‘radilar”, – deb ta’kidlay-
dilar [4].
Ushbu texnologiya haqida mahalliy olim
T.E.Delov o‘z ilmiy ishlarida bulutli texnologiyalar
tushunchasiga “ma’lumotlarni taqsimlangan holda
hisoblash texnologiyasi bo‘lib, bunda kompyuter
resurslari foydalanuvchiga internet xizmati tarzida
taqdim etiladi” deya ta’rif bergan. Shunday yo‘l
bilan foydalanuvchiga “virtual” ko‘rinishdagi hisob-
lash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi o‘zi-
ning masalalariga qaysi turdagi kompyuter qanday
qilib ishlov berayotganligi hamda bu ish qay turdagi
operatsion tizim boshqaruvida amalga oshirilayot-
ganligi kabi bir qancha savollarga javob ololmasligi
mumkin va aslida, bu savollarga javob izlashning
zarurati ham bo‘lmaydi.
Shuningdek, olim fikricha,
bugungi kunda bulutli hisoblash (cloud computing)
deb atalgan hisoblash tarmog‘i axborot texnologiya-
lari sohasidagi Google (GoogleDrive), Yandex (Yan-
dex disk), Microsoft (OneDrive), Apple (iCloud),
DropboxInc, Cisco, Oracle va boshqa ko‘plab yirik
kompaniyalarning “bulut” serverlari rivojlanayotga-
niga ahamiyat qaratgan [5, 10].
Ushbu texnologiya muvaffaqiyatining sirlari,
qulaylik va kamchiliklari haqida olimlar M.Butabo-
yev, F.Mulaydinov va boshqalar o‘z ilmiy ishlarida
bulutli texnologiylarning rivojlanish jarayonlarini
tahlil qilar ekan, “ularni qo‘llash turli-tuman imko-
niyatlarga ega hamda infratuzilish, xizmat ko‘rsa-
tish va xodimlarga sarflanadigan xarajatlarni tejay-
di” degan xulosaga keladilar. Ahamiyatlisi, bultli
texnologiyalarning kamchiliklari sifatida “foydala-
nuvchining xizmatlarini yetkazib beruvchi tashki-
lotga to‘liq bog‘lanib qolishi” ko‘rsatilgan. Haqiqatan
ham, bulutli xizmatning yaratilish tamoyiliga ko‘ra
korxona faoliyati xizmatlar provayderi va Internet
provayderisiz qanday ish olib borishiga bog‘liq
bo‘lib qoladi [6].
Yuqoridagi fikrlarda shunday xulosaga kelish
mumkinki, bulutli hisoblash (ing. Cloud computing)
foydalanuvchilarga o‘z sohasida zamonaviy axborot
texnologiyalardan foydalanishlari samaradorligini
oshirish yo‘lida xizmat qiladi. Bu yo‘lda u o‘z foy-
dalanuvchilariga bir qator masofaviy tarmoq, xotira
va optimal ish rejimi kabi xizmatlarni taklif etadi.