Raqamli iqtisodiyotda bulutli hisoblash texnologiyalari va ularning raqamli xavfsizligi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix27.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#103828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Adabiyotlar tahlili.
Mazkur sohaning asosiy 
elementlaridan biri bo‘lgan bulutli hisoblash (ing. 
Cloud Computing) tushunchasi elektron hisoblash 
xizmatlarini kompyuter tarmoqlari orqali yetkazib 
berishni nazarda tutadi. Bunda infratuzilma xizmati 
eng quyi xizmat turi boʻlib, qolgan yuqori xizmat 
turlari quyilarining detallarini yanada abstraktlash 
asosida quriladi [2, 9]. 
Kanzas shtati universitetining taniqli profess-
sori Roger McHaneyning fikriga ko‘ra, “Bulutli 
hisoblash” iborasining kelib chiqishi “internetda 
namoyish qilish uchun oqim jadvallari va diagram-
malarida ishlatiladigan “bulut” belgisidan kelib 
chiqadi. G‘oya shundan iboratki, web interfeysga 
ega bo‘lgan har qanday kompyuter hisoblash re-
surslari dasturlar va fayllarning ulkan bazasiga 
kirish huquqiga ega. Nima uchun aynan bulutli 
hisoblash? Bulutli hisoblash axborot texnologiyalari 
sohasidagi mutaxassislari orasida atmosfera para-
digmasini davom ettirish uchun mukammal bo‘ron 
natijasi sifatida qaraladi” [3]. 
Hindiston IT mutaxassislari jamiyati a’zolari, 
nufuzli olimlar P.Srivastava hamda R.Khan o‘z ilmiy 
ishlarida bulutli hisoblash texnikasi haqida so‘z 
yuritar ekan, u haqida: “…suv molekulalarining to‘p-
lami bo‘lgan haqiqiy bulutlar singari bulutli hisob-
lashda “bulut” atamasi bu tarmoqlar to‘plamidir. 
Foydalanuvchi istalgan vaqtda bulutli hisoblash 
usullaridan cheksiz foydalanishi mumkin. O‘z infra-
tuzilmasini yaratish o‘rniga foydalanuvchilar, odat-
da, bulutli hisoblashda internet xizmati uchun vosi-
tachi provayderni afzal ko‘radilar”, – deb ta’kidlay-
dilar [4].
Ushbu texnologiya haqida mahalliy olim 
T.E.Delov o‘z ilmiy ishlarida bulutli texnologiyalar 
tushunchasiga “ma’lumotlarni taqsimlangan holda 
hisoblash texnologiyasi bo‘lib, bunda kompyuter 
resurslari foydalanuvchiga internet xizmati tarzida 
taqdim etiladi” deya ta’rif bergan. Shunday yo‘l 
bilan foydalanuvchiga “virtual” ko‘rinishdagi hisob-
lash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi o‘zi-
ning masalalariga qaysi turdagi kompyuter qanday 
qilib ishlov berayotganligi hamda bu ish qay turdagi 
operatsion tizim boshqaruvida amalga oshirilayot-
ganligi kabi bir qancha savollarga javob ololmasligi 
mumkin va aslida, bu savollarga javob izlashning 
zarurati ham bo‘lmaydi.
 
Shuningdek, olim fikricha, 
bugungi kunda bulutli hisoblash (cloud computing) 
deb atalgan hisoblash tarmog‘i axborot texnologiya-
lari sohasidagi Google (GoogleDrive), Yandex (Yan-
dex disk), Microsoft (OneDrive), Apple (iCloud), 
DropboxInc, Cisco, Oracle va boshqa ko‘plab yirik 
kompaniyalarning “bulut” serverlari rivojlanayotga-
niga ahamiyat qaratgan [5, 10]. 
Ushbu texnologiya muvaffaqiyatining sirlari
qulaylik va kamchiliklari haqida olimlar M.Butabo-
yev, F.Mulaydinov va boshqalar o‘z ilmiy ishlarida 
bulutli texnologiylarning rivojlanish jarayonlarini 
tahlil qilar ekan, “ularni qo‘llash turli-tuman imko-
niyatlarga ega hamda infratuzilish, xizmat ko‘rsa-
tish va xodimlarga sarflanadigan xarajatlarni tejay-
di” degan xulosaga keladilar. Ahamiyatlisi, bultli 
texnologiyalarning kamchiliklari sifatida “foydala-
nuvchining xizmatlarini yetkazib beruvchi tashki-
lotga to‘liq bog‘lanib qolishi” ko‘rsatilgan. Haqiqatan 
ham, bulutli xizmatning yaratilish tamoyiliga ko‘ra 
korxona faoliyati xizmatlar provayderi va Internet 
provayderisiz qanday ish olib borishiga bog‘liq 
bo‘lib qoladi [6]. 
Yuqoridagi fikrlarda shunday xulosaga kelish 
mumkinki, bulutli hisoblash (ing. Cloud computing) 
foydalanuvchilarga o‘z sohasida zamonaviy axborot 
texnologiyalardan foydalanishlari samaradorligini 
oshirish yo‘lida xizmat qiladi. Bu yo‘lda u o‘z foy-
dalanuvchilariga bir qator masofaviy tarmoq, xotira 
va optimal ish rejimi kabi xizmatlarni taklif etadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin