Raqamli iqtisodiyotda bulutli hisoblash texnologiyalari va ularning raqamli xavfsizligi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix27.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#103828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
RAQAMLI IQTISODIYOT


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 1-son
52 
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur maqola-
da bulutli texnologiyalarning raqamli iqtisodiyotda-
gi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish maqsadida tizimli 
tahlil, taqqoslash va guruhlash kabi metodlardan 
foydalanilgan. Yakunda esa mantiqiy xulosalash va 
ilmiy abstraksiya metodlari orqali xulosa hamda 
takliflar ishlab chiqilgan. 
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Albatta, 
raqamli iqtisodiyot mamlakat iqtisodiyotining bar-
cha tarmoq va sohalarini raqamli ko‘rinishga o‘tka-
zishni talab etadi. 2020-yil jahon miqyosida tarqal-
gan Covid-19 pandemiyasi davrida bu harakat juda 
jadallik bilan rivojlandi, to‘g‘rirog‘i, rivojlanishga 
majbur bo‘ldi. Yirik kompaniyalar, tijoriy va xizmat 
ko‘rsatish subyektlari, shuningdek, davlat boshqa-
ruvining barcha bo‘g‘inlari o‘z xizmat vazifalarini 
zamonaviy tarmoq texnologiyalari orqali bajardi. 
Bunda xodimlar boshqaruvi, boshqaruvga oid qa-
rorlar qabul qilish, elektron hujjatlarning aylanish 
tizimlari, hisobotlar va shu kabi muhim vazifalarni 
amalga oshirishda bulutli texnologiyalarning aha-
miyati yuqori bo‘ldi.
1-rasm. 2014-2018-yillarda Yevropa Ittifoqidagi kompaniyalar bulutli hisoblash texnologiyalaridan 
qanday maqsadlarda foydalanayotganining solishtirma ko‘rsatkichlari (foizlarda) 
Manba:
 
https://ec.europa.eu/eurostat/statistics-explained/index.php?title
 
 
2021-yil yanvar oyida Yevropa Ittifoqi Sta-
tistik tashkiloti – Eurostat tomonidan tarmoq texno-
logiyalariga oid e’lon qilingan yirik hisobotda kelti-
rilishicha, mintaqadagi yirik kompaniyalar bulutli 
hisoblash texnologiyalaridan qay maqsadlarda foy-
dalanayotgani keltirilgan. Mazkur hisobotga ko‘ra, 
bulutli texnologiyalarda email xabarlar almashish 
va uni saqlash maqsadida foydalanish ko‘rsatkichi 
2014-yildagiga nisbatan 10 %ga, ma’lumotlarni 
xotiraga saqlash maqsadida foydalanish ko‘rsatkichi 
14 %ga, moliyaviy va hisob-buxgalteriyaga oid 
vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish 
ko‘rsatkichi 14 %ga ortgani va buning natijasida 
jamiyatda bulutli texnologiyalarga oid qarashlar 
ijobiy tomonga siljigani ko‘rsatilgan [7, 12]. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin