265
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING
YANGI
O‘ZBEKISTON
RIVOJIGA
TA’SIRI
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
SUG‘ORILADIGAN TIPIK BO‘Z TUPROQLARDA BIOMIKROELEMENTLAR MIQDORI VA
RAQAMLI XARITALASH
Abduxakimova Xusnidaxon Abdullayevna
b.f.f.d., dotsent, Farg‘ona davlat universiteti
Abduvaxobova Ximoyatxon Ilxomjon qizi
Ma’rufjonov Javohir G‘ayratjon o‘g‘li
Solijonova Dilafro‘zxon Shuxratjon qizi
Talabalar, Farg‘ona davlat universiteti
Annotatsiya:
Shohimardonsoy konus yoyilmasi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarida
biomikroelemen
tlarni o‘simlik va tirik organizmlar uchun ahamiyati, tuproqdagi ta’minlanganlik
darajasi va harakatchan rux uchun geokimyoviy raqamli kartogrammasi hamda aerofotosur’ati
keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: baryer, akkumullyatsiya, biomikroelement, o‘simlik, tupro
q-geokimyoviy
xaritalar, ta’minlanganlik darajasi, differensiatsiya.
Hozirda dunyo bo‘yicha tuproqlarga bo‘lgan tabiiy hamda antropogen ta’sirlarning
ortib
borishi natijasida tuproqlarning xossa-
xususiyatlari, ekologik holatining o‘zgarishi va
unumdorligin
ing pasayishi, ayrim hollarda esa foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolishi kuzatilmoqda.
Tuproqlarning turli omillar ta’sirida degradatsiyaga uchrashi uning ekologik
-meliorativ
holatini
o‘zgarishi sifatida belgilanadi, buning oqibatida tuproqlarning unumdorli
gi va ulardan foydalanish
samaradorligi pasayib bormoqda. Respublikamizning barcha tarmoqlarida oddiy xarita yoki
xaritanomalardan foydalanish, shuningdek qishloq xo‘jaligi sohasini ham baholash imkoniyatlari
talab darajasida emas. Shu bois, tuproqlarni o‘
rganishda,
ularni tahlil qilishda, unumdorligini
baholashda va boshqa jarayonlarni keng yo‘nalishda, ko‘p qirrali va mazmunli tarzda tuproq
-
geokimyoviy xaritanomalar tuzishni davrning o‘zi talab etmoqda.
Tuproq va tuproq qoplami, xususan tuproqdagi kimyoviy elementlar tuproq-geokimyoviy
tadqiqot natijasidagi xaritanomalarning obekti hisoblanadi. Har qanday
geokimyoviy jarayonlar
tuproqda sodir bo‘lishi, unda kimyoviy elementlar va moddalar to‘planishi, migratsiyasi,
differensiatsiyasi kuzatiladi. Bu jarayon
faqat tabiiy yo‘l bilan sodir bo‘lmasdan,
balki texnogen
ta’sirda ham o‘zgarishlarga uchrashi mumkin.
Respublikaning ko‘plab sug‘oriladigan tuproqlarida bunday ishlar Ye.K.Kruglova,
M.M.Aliyeva va boshqalar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular mikroelementlar va mikroo‘g‘itlardan