RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ✓
Eron sharoitlariga ko‘ra, tadbirkorlar, tadbirkorlik loyihalari, tadbirkorlik muhiti va Do‘stov
S, Egamberdiyeva R, Xushboqova S va Ubaydullayeva Sh (2023) kabi olimlar raqamli iqtisodiyot
davrida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning eng dolzarb bo‘lgan muammolarini o‘rgandilar.
Maqolada jahon mamlakatlari aholisi iqtisodiyot tarmoqlari o‘zgarishi va globallashuv jarayonida
mamlakatlarning raqobatbardoshligini aniqlash iqtisodiyotning raqamlashtirilganlik darajasi
o‘rganildi.
Mualliflar tomonidan “Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obʼektlari ish samaradorligini
oshirish, ishlab chiqarishni oʻstirish, faoliyat shaffofligini taʼminlash, mahsulot tannarxi
ni
kamaytirish imkonini yaratadi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga
qaraganda, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 % ga oshiradi, shuning barobarida,
xufiyona iqtisodiyotga barham beradi
43
” deya ta’kidlandi.
S
huningdek davlat o‘z fuqarolariga elektron xizmat ko‘rsatish va elektron mahsulotlarini
taklif etishi raqamli iqtisodiyotning muhim omillaridan biri hisoblandi. Ushbu sohani rivojlantirish
korrupsiyaning barham topishiga olib keladi.Bu raqamli ma’lumotlar
qimmatli iqtisodiy resurs
bo‘lib, ular faqat tafakkurga aylangandagina foyda keltira boshlaydi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI Biz avvalgi boblarimizda mamlakatimiz va xorij olimlarining tadbirkorlik sohasini axborot
texnologiyalari orqali rivojlantirish to‘g‘ris
ida adabiyotlari tahlilini amalga oshirdik. Ularning ilmiy
maqolalarida tadbirkorlik sohasini axborot texnologiyalari orqali qanday qilib rivojlantirish
mumkinligi haqida fikrlar yuritib o‘tildi. Bu maqolamizda ham shunga asosan mamlakatimizda
tadbirkorlik faoliyatini axborot texnologiyalari orqali rivojlantirish mumkin yoki mumkin emasligi
haqida ilmiy izlanish olib borildi. Tadqiqotni tahlil qilish jarayonida ekonometrik tahlilning
korrelyatsiyon va regressiyon tahlil usullaridan foydalanildi.
Regressiyon
tahlil modelida qo‘shimcha Fisher testi, T
-styudent va durbin-Uotson
testlaridan foydalanildi.
Mamlakatimizdagi tadbirkorlik faoliyati, axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi statistika
ma’lumotlari 2015
-yildan 2022-
yilgacha bo‘lgan ikkilamchi ma’lumotlar asosida to‘plandi. Ushbu
ma’lumotlar mamlakatimizning rasmiy statistika qo‘mitasi sayti ma’lumotlari va speedtest.net
saytlaridan olindi.
Tadqiqotga tadbirkorlik faoliyatining sohalaridan biri sanoat sohasi olinib, bu sanoat
sohasining ishlab chiqarish soh
asi hajmiga ta’sir etuvchi 3 ta omil tanlab olindi. Bu omillar
quyidagilardan iborat:
1.
Sanoat mahsulotlari hajmi (mlrd. so‘m)
-Y;
2.
Mobil internet tezligi (Mb/s) - X1;
3.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi (trln.so‘m)
-X2.
43
Do‘stov S, Egamberdiyeva R, X
ushboqova S, Ubaydullayeva S-
“RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BIZNES VA
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI”, CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND
INNOVATION, Vol. 2, Issue 3, March 2023.