RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi yaxshilanadi,
o‘zlashtirish,
taʼlim
darajasi va kadrlarni tayyorlash samaradorligi oshadi. Bilimli
avlod, professional kadrlar
—
bu jamiyatning keng miqyosda rivojlanishining garovidir.
Xulosa qilib aytganda
ta’lim tizimida axborot
texnologiyalarini ta’lim
tizimida
qo’llashni
umumlashtirib shuni takidlab o’tish mumkunki, bugungi kun auditoriyalari
o‘n
yil avvalgilaridan
juda katta farq qiladi va sinf xonalari kompyuterlar, iPad, planshetlar, smart-doskalar va boshqa
turdagi taʼlim
texnologiyalari bilan jihozlangan.
Dunyoning boshqa joylarida bo‘lgani kabi
O‘zbekistonda ham
raqamli avlodning yangi ekranli avlodi - televizor, kompyuter, planshet, fablet,
smartfon va smartsoatlari paydo
bo‘lmoqda.
Bunday zich raqamli muhitga ega
bo‘lis
h va u bilan
doimiy
o‘zaro
munosabat natijasida bugungi kun talabalarining fikrlashi va axborotlarga ishlov
berish jarayonlari oldingi fikr yuritish va axborot jarayonlaridan tubdan farq qilmoqda. Bugungi
avlodni o‘qitishda qora doska va oq
bo‘rdan foydala
nish ham mumkin emas. Qora doskani oqiga va
bo‘rni
markerga
o‘zgartirish
hech narsani
o‘zgartirmaydi, yaʼni zamonaviy talabalarni bilim
olishga
va mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishish
ko‘nikmalarini
rivojlantirishga undash usuli
bo‘la
olmaydi.
Shuni ham
taʼkidlab
o‘tish
lozimki,
o‘qituvchilar
talabalarning ehtiyojlariga
yo‘naltirilgan
interfaol
o‘quv
jarayonida asosiy rolni saqlab qoladi.
O‘qituvchining
obro‘si va uning faoliyatining
samaradorligi faqatgina kurs mazmunidagi bilimlar darajasi va uning pedagogik qobiliyatiga emas,
balki muayyan
o‘quv
materialini
to‘plash,
qayta ishlash va
o‘qitishda
o‘qituvchining
qanchalik
zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini
qo‘llash darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, raqamli asrda
taʼlim
qayta
ko‘rib
chiqilishi va
taʼlim
paradigmasi
o‘zgartirilishi shart, sababi talabalar ortiq anʼanaviy uslubda o‘qishni xohlamaydilar va
o‘qituvchilar
ham bu kabi odatiy usulda o‘qitishni davom ettirishlari kerak
emas, balki yang innovatsiyalarni
darsda
qo’llay
bilishi kerak.