Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə354/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 

Eron sharoitlariga ko‘ra, tadbirkorlar, tadbirkorlik loyihalari, tadbirkorlik muhiti va Do‘stov 
S, Egamberdiyeva R, Xushboqova S va Ubaydullayeva Sh (2023) kabi olimlar raqamli iqtisodiyot 
davrida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning eng dolzarb bo‘lgan muammolarini o‘rgandilar. 
Maqolada jahon mamlakatlari aholisi iqtisodiyot tarmoqlari o‘zgarishi va globallashuv jarayonida 
mamlakatlarning raqobatbardoshligini aniqlash iqtisodiyotning raqamlashtirilganlik darajasi 
o‘rganildi.
Mualliflar tomonidan “Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obʼektlari ish samaradorligini 
oshirish, ishlab chiqarishni oʻstirish, faoliyat shaffofligini taʼminlash, mahsulot tannarxi
ni 
kamaytirish imkonini yaratadi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga 
qaraganda, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 % ga oshiradi, shuning barobarida, 
xufiyona iqtisodiyotga barham beradi
43
” deya ta’kidlandi.
S
huningdek davlat o‘z fuqarolariga elektron xizmat ko‘rsatish va elektron mahsulotlarini 
taklif etishi raqamli iqtisodiyotning muhim omillaridan biri hisoblandi. Ushbu sohani rivojlantirish 
korrupsiyaning barham topishiga olib keladi.Bu raqamli ma’lumotlar 
qimmatli iqtisodiy resurs 
bo‘lib, ular faqat tafakkurga aylangandagina foyda keltira boshlaydi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI 
Biz avvalgi boblarimizda mamlakatimiz va xorij olimlarining tadbirkorlik sohasini axborot 
texnologiyalari orqali rivojlantirish to‘g‘ris
ida adabiyotlari tahlilini amalga oshirdik. Ularning ilmiy 
maqolalarida tadbirkorlik sohasini axborot texnologiyalari orqali qanday qilib rivojlantirish 
mumkinligi haqida fikrlar yuritib o‘tildi. Bu maqolamizda ham shunga asosan mamlakatimizda 
tadbirkorlik faoliyatini axborot texnologiyalari orqali rivojlantirish mumkin yoki mumkin emasligi 
haqida ilmiy izlanish olib borildi. Tadqiqotni tahlil qilish jarayonida ekonometrik tahlilning 
korrelyatsiyon va regressiyon tahlil usullaridan foydalanildi. 
Regressiyon 
tahlil modelida qo‘shimcha Fisher testi, T
-styudent va durbin-Uotson 
testlaridan foydalanildi. 
Mamlakatimizdagi tadbirkorlik faoliyati, axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi statistika 
ma’lumotlari 2015
-yildan 2022-
yilgacha bo‘lgan ikkilamchi ma’lumotlar asosida to‘plandi. Ushbu 
ma’lumotlar mamlakatimizning rasmiy statistika qo‘mitasi sayti ma’lumotlari va speedtest.net 
saytlaridan olindi. 
Tadqiqotga tadbirkorlik faoliyatining sohalaridan biri sanoat sohasi olinib, bu sanoat 
sohasining ishlab chiqarish soh
asi hajmiga ta’sir etuvchi 3 ta omil tanlab olindi. Bu omillar 
quyidagilardan iborat: 
1.
Sanoat mahsulotlari hajmi (mlrd. so‘m) 
-Y; 
2.
Mobil internet tezligi (Mb/s) - X1; 
3.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi (trln.so‘m) 
-X2. 
43
Do‘stov S, Egamberdiyeva R, X
ushboqova S, Ubaydullayeva S- 
“RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BIZNES VA 
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI”, CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND 
INNOVATION, Vol. 2, Issue 3, March 2023. 


370 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin