Abdullajonov Davronjon Shokirjon o‘g‘li Qo‘qon
Universiteti, Raqamli texnologiyalar va matematika
kafedrasi o‘qituvchisi
Murodjonova Ibodatxon Dexqonboy qizi, Qoʼqon Universiteti, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
Annotatsiya: Ushbu maqolamizda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axborot
-
kommunikatsiya tex
nologiyalaridan foydalanish, yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishda va
bolalarni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazishda hamda ta’lim samaradorligini oshirishda
zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati to’g’risida fikr yutilgan.
Annotation: This article discusses the importance of modern information technologies in
the use of information and communication technologies in preschool educational organizations, in
the education and training of the young generation, in raising children to maturity in all aspects, and
in increasing the effectiveness of education.
Kalit so’zlar: Zamonaviy texnologiyalar, axborot-
kommunikatsiya, ta’lim
-tarbiya,
innovatsiya, kadrlar, tasavvur, rivojlanish, pedagog.
Keywords: Modern technologies, information and communication, education, innovation,
personnel, imagination, development, pedagogue.
Kirish . Zamonaviy texnologiyalar rivojlanib borayotgan hozirgi kompyuter asri davrida
umumiy o‘rta ta’limning biror o‘quv fanini to‘
liq ravishda yoki uning qaysidir qismini axborot
kommunikatsion texnologiyalari (AKT) dan foydalanib o‘tsa qanday samara berishini, yoki AKTni
qo‘llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta’sir
qilish mex
anizmi va omillarini, shuningdek, yana boshqa ko‘p jihatlarini kompleks tadqiq qilish
dolzarb bo‘lib bormoqda. Bu esa ta’lim tizimida, xususan, o‘quv jarayonlarini tashkil etish va sifatli
ta’lim berish, o‘quv
-
uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniqsa, o‘quv mashg’ulotlarini o‘tish va
o‘zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha mazmun va mohiyat shakllanishiga asos
yaratmoqda. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimining mazmuni va sifati bizning
jamiyatimizning dolzarb masalalari va ustuvor yo
‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda va uni
rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish usullari va tadbirlari izlanmoqda, shu bilan birga
maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim
-tarbiya jarayonida yangi axborot kommunikatsion
texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashtirilmoqda. Ayni paytda Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev rahnamoligida respublikamizda ta’lim tizimini tubdan isloh etish jarayonida ta’lim