Rasmiy uslub


Hujjatlarda tinish belgilarining ishlatilishi



Yüklə 105,48 Kb.
səhifə4/15
tarix28.12.2023
ölçüsü105,48 Kb.
#200909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Rasmiy uslub

Hujjatlarda tinish belgilarining ishlatilishi
Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga alohida e’tibor berish lozim. Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang: — bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha harflar katta harflar bilan yozilishi kerak. Masalan: Tavsiyanoma emas, tavsiyanoma kabi; — hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qisqartirilmasdan to‘liq, bosh harflar bilan yozilish qoidalariga amal qilgan holda yoziladi; — hujjat matnining asosiy qismlari xatboshi bilan yozilishi shart. Qo‘shimcha qismlar asosiy fikrga bog‘langan tarzda undan so‘ng beriladi; — shaxsiy hujjatlarda izohlanayotgan «Men» so‘zidan va izoh so‘z birikmasidan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Men, Mahmud Qodirov, ... Hujjat tayyorlash va ish yuritishda imlo me’yorlariga va tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga qat’iy amal qilish kerak. Hujjat matnida vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire nisbatan faol ishlatiladi. Unutmangki, hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin nuqta qo‘yilmaydi. Vergul hujjat matnida qoliplangan kirish birikmalaridan so‘ng, uyushiq va ajratilgan bo‘laklar, orasida, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasida qo‘llanadi.
Masalan: «Shuni hisobga olib,...», «Men, 2-kurs talabasi Umida Ikrom qizi,..», kabi.
Hujjatchilikda imlo va tinish byelgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kyerak. Hujjatning nomini bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdyek bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni to‘lig‘icha bosh harflar bilan yozish orqali ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Lyekin hujjatning nomi bo‘lganligi uchun (sarlavhalardagi kabi) undan so‘ng nuqta qo‘yish shart emas.
Nuqtali vergul izohlanayotgan voqea-hodisa, narsalarning tartib raqami qavs bilan ajratilgan so‘z, birikma va gaplardan so‘ng qismlari mazmunan farqlanuvchi qo‘shma gaplar tarkibida ishlatiladi.
Masalan: Talabaning majburiyatlari:
1) o‘quv yurti Nizomiga amal qilish;
2) dars va boshqa o‘quv mashg‘ulotlarida faol qatnashish va boshqalar.
Ikki nuqta matn tarkibida izohlanayotgan, sanalayotgan bo‘laklardan oldingi umumlashtiruvchi «quyidagilar», «shu haqda» kabi so‘zlaridan oldin;
— farmoyish hujjatlarida «Buyuraman» so‘zidan, bayonnomaning «Kun tartibi», «Eshitildi», «So‘zga chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy qismlaridan so‘ng; — matnning «Asos», «Ilova» kabi qismlaridan keyin.
Qavs hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh berish zarurati bo‘lganda qo‘llanadi. Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi, mablag‘ yoki miqdoriy ko‘rsatkichni ifodalovchi raqam qavs ichida berilishi lozim. Masalan: 8500 (sakkiz ming besh yuz) so‘mlik.

Yüklə 105,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin