Rasulova Sabinaning O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#200762
1   2   3   4   5   6
kuuuuuuurs

TESKARI TEST METODI
1. ………………………………………………………………………. ?
A) Ziyo shohichi
B) Raxmat
C) Otabek
D) Homid
(savol variantlari quyidagicha bo’lishi mumkin.)
1. Kumushga g’oyibona oshiq bo’lib yurgan, ammo unga erisholmagan qahramon kim?
2. Otabek va Mirzakarim qutidorga tuhmat qilib, ularni dor oldiga boshlab borishga harakat qilgan obraz?
3. Ayollarga past nazar bilan qaraydigan, ularni yaratganning xatosi deb biladigan qahramon nomi keltirilgan qatorni toping.
4. “Qamchingdan qon tomib tursa, yuzta xotin orasida ham rohatlanib tirklik qilasan” so’zlari kim tomonidan aytilgan?
5. Otabek va Kumush orasiga nifoq solishga harakat qilib, o’z umriga zomin bo’lgan salbiy qahramon kim? )
Bu metod bir tushunchaga kengroq yondashishda, kam vaqt ichida kata natijaga erishishga yordam beradi.
Asar qahramonlari haqida tо‘xtalar ekanmiz, ularga qо‘yilgan ismlar ham о‘ziga xos ramziylik kasb etganining guvohi bо‘lamiz. Mirzakarim qutidor oilasiga nazar tashlasak, Oftoboyim va Kumushbibi obrazlarida ham о‘ziga xoslik mavjud. Darsni “Tarmoqlash” metodini qо‘llash orqali ham о‘quvchilar “О‘tkan kunlar” romani xususidagi tushunchalarini shakllantiradilar.
“Tarmoqlash” metodi asosida romandagi har bir obrazga tavsif berar ekanlar, о‘quvchilar erkin fikrlashga о‘rganish bilan birga, ularga xos xususiyatlardan kelib chiqib, milliylik – tashqi belgi emas, balki u ichki holat ekanligini ham tahlillar asosida ochib berishadi. “О‘tkan kunlar” romani milliy ruh juda bо‘rtiq aks etganligi bilan ajralib turadi. Bu xususan, Otabekning ota–onasi bilan Qutidor va Oftob oyimlarning
qudalari hamda kuyovlari bilan munosobatlari tasvirlangan о‘rinlarda faqat о‘zbekkagina xos fikrlash va ta’sirlanish yо‘sini juda gо‘zal kо‘rsatilgan. Bir so’z bilan aytganda, “O’tkan kunlar” romanini ta’lim bosqichlarida o’tish o’qituvchidan mahorat, o’quvchidan matonat talab qiladi. Hozirgi kunning o’quvchisi oqni oq, qorani qora deydigan, kim nima desa ortidan ergashib ketaveradigan, o’quvchi emas. Uning o’z dunyoqarashi, zamonaviy olami, fikri va tasavvuri bor. U asarni to’gri va xolis baholaydigan, yangi ko’rinishlarini ko’ra oladigan, uni yangicha talqin qila oladigan iqtidorga ega.
Biri biridan yorqin yulduzlar juda ham ko’p. Biroq shular ichida shunday bir yulduz borki, quyosh yanglig‘ yorug‘ nur sochadi, boshqalaridan ajralib turadi. Bu yulduz – Usmon Nosirdir! Usmon Nosir hayot yo‘li va ijodini qay tartibda o‘rganish kerak yoki ta’limning eng quyi bosqichi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shoir faoliyatini qanday usullar yordamida o‘rganish o‘quvchilar uchun samarali bo‘ladi? Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Usmon Nosir hayoti va ijodini o‘rgatishda adabiyot darslarida fanlararo integratsiya va muammoli ta’lim metodlarini qo’llash ko‘proq natija beradi. Muammoli ta’lim – bu o‘qituvchining o‘quvchilarni ketma-ket muammoli vaziyatlar tizimini oldindan o‘ylab qo‘yilgan, yaratish yo‘li bilan muammoli o‘rgatish shartlarini ta’minlash va ularni o‘quvchilar tomonidan yechish jarayonini boshqarish bo‘yicha faoliyatdir.[1.46] Bu metod hozirda xalqaro miqyosda keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, o‘qituvchidan ham, o‘quvchilardan ham birdek faollikni, izlanuvchanlikni talab etadi. Muammo yechimini topishda esa keng doirada fikr yuritish lozim. 8-sinf adabiyot darsligida o‘quvchilarga tanishish uchun ‘‘Yurak", "Nil va Rim" she’rlari berilgan. "Nil va Rim" she’rida:
Rim ustida shamsiyadek tumanli osmon,
Katta sirkka sig‘ishmasdan qaynar olomon:
Odam bilan hayvon o‘yin ko‘rsatar emish,
Bunday qiliq bizning uchun qandayin erish.7
misralari keltirilgan. She’r yuzasidan o‘qituvchi "Nima sababdan osmon
shamsiyadek tumanli deya tasvirlanmoqda?", "Odam bilan hayvonning o‘yin ko‘rsatishi haqida nima deya olasiz?", "Nil oqadir – qullar to‘kkan yosh" misralarini izohlang" kabi muammoli va mulohaza yuritishni talab qiladigan savollarni beradi. Bu orqali o‘quvchilar asarni chuqurroq tahlil qiladilar va misralarda yashiringan ramziylikni tushunishga harakat qiladilar. Muammoli ta’limdagi yetakchi xususiyatlardan biri ham an’anaviy metodlar bilan o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan yoki mohiyatiga chuqurroq kirish Adabiyot atalmish osmonda yulduzlar shu qadar ko‘pki, biri-biridan porloq, lozim deb topilgan mavzu yuzasidan didaktik vaziyatni ataylab tashkil etishdadir. Shuning uchun ham bu metod yordamida ko‘proq natijaga erishiladi. Muammoli ta’limni yo‘lga qo‘yish bilan birga adabiyot darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanish ham yaxshi samara bermoqda. Integratsiya "qo‘shilish", "birlashish" ma’nolarini anglatadi. Ma’lumotlarni integratsiyalash har xil manbalarda mavjud bo‘lgan materiallarni ma’lum maqsad asosida birlashtirib taqdim etishdir. Bunda o‘quvchi boshqa fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlash, asarlarni tahlil qilish jaryonida hayotga bog‘lay olish, bu orqali yuqori natijaga erishish kabi yutuqlarga ega bo‘ladi. Darhaqiqat, adabiyot ko‘p hollarda tarix, psixologiya, tasviriy san’at, aniq va tabiiy fanlar bilan aloqada bo‘lib kelgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Usmon Nosir hayoti va ijodini o‘rganishda ham fanlararo integratsiyadan foydalanish, shubhasiz, yaxshi natija beradi. Xususan, "Nil va Rim" asarini tahlil qilish jarayonida "Spartak kim bo‘lgan?", "Rimda quldorlik davri qancha vaqt davom etgan?", "Gladiatrlar jangi haqida bilasizmi?" kabi savollarning qo‘yilishi bilan tarix faniga murojaat qilinadi. Tarixda bo‘lib o‘tgan voqealarning bayonini ilmiy tarzda yaxshi bilgan o‘quvchi badiiy adabiyotga olib kirilgan bu jarayonlarning mazmunini ham yaxshi anglay oladi.
Ma’lumki,o‘quvchilar bilan guruhlarda ishlash ham yaxshi natija beradi. Maktablarda Usmon Nosir hayot yo‘li va ijodiy faoliyatini o‘rganishda "Adabiy xokkey" metodidan ham foydalanish tavsiya etiladi. Bunda dastavval xokkey o‘yini, undagi ishtirokchilar va ularning vazifalari haqida ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan beriladi yoki o‘quvchilardan so‘raladi. Bu orqali jismoniy tarbiya fani bilan o‘zaro integratsiya yo‘lga qo‘yiladi. O‘quvchilar uch guruhga: 1-jamoa – yarim himoyachi;
2-jamoa – markaziy himoyachi; 3-jamoa – hujumchi kabilarga ajratiladi. Har bir guruh uchun "Usmon Nosirning lirik asarlarini ayting", "Shoirning publitsistik faoliyati haqida yozing", "Ijodkorning dramatik asarlari to‘g‘risida ma’lumot bering" singari topshiriqlar beriladi. O‘quvchilar javoblarni yozib, "Yarim himoyachilar" "Markaziy himoyachiga", ular "Hujumchilar"ga, 3-jamoa esa darvozabonga – o‘qituvchiga topshiradilar. Agar savollarga javob to‘g‘ri yozilgan bo‘lsa, "gol" sanaladi va rag‘batlantiriladi. "Adabiy xokkey" metodining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda o‘quvchilar guruhga ajratilganiga qaramasdan o‘zaro hamkorlikda ishlaydilar.
Guruhlar bilan ishlashda va Usmon Nosir she’rlarini tahlil qilishda "Uzum pishdi" metodi ham foyda beradi. Bu jarayonda ham o‘quvchilar soniga qarab ikki yoki uch guruhga ajratiladi. Metodni qo‘llashdan avval o‘qituvchi o‘quvchilarga uzum mevasi, uning qanday tur va navlari mavjud ekani haqida savollar beradi. Bu orqali botanika fanidan "Tokdoshlar oilasi" mavzusida olingan ma’lumotlar mustahkamlanadi va adabiyotning tabiiy fanlar bilan aloqasi ko‘rinadi. "Uzum pishdi" metodiga ko‘ra o‘qituvchi Usmon Nosirning asarlari yuzasidan savollarni umumiy tarzda beradi va qaysi bir guruh to‘g‘ri, to‘liq va birinchi bo‘lib javob bersa, ular uchun uzum donalari qo‘shib boriladi. Yakunda esa "kimning uzumi birinchi pishgani"ga qarab rag‘batlantiriladi. Bu metodning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda o‘quvchilarning bilimlari tekshirilishidan tashqari, ularni topqirlik, tezlik va chaqqonlikka ham yo‘naltiriladi. Jarayonning boshlanishi: Jarayonning yakunida: 1-guruh 2-guruh 1-guruh 2-guruh . Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanining o‘qitilishi uchun bu metodni qo‘llash davomida o‘quvchilar misollar javobiga yashiringan harflarni ketma-ketlikda topadilar va undagi kalit so‘zni aniqlaydilar. "Karra jadvali" metodini
o‘quvchilarning yoshi va psixologik holatiga ko‘ra murakkablashtirish yoki kalit harflarni boshqa ranglarda berish orqali soddalashtirish mumkin. Bu metodni qo‘llashning yutuq tomoni shundaki, odatda aniq fanlar bilan ko‘proq shug‘ullanib kelayotgan, ijtimoiy fanlarga qiziqishi sust bo‘lgan o‘quvchilarni ham adabiyot darslariga jalb qilish imkoniyati yuzaga keladi. Misollar:
3x2=6 [y]
5x4=20 [u]
2x6=12 [r]
6x8=48 [a]
7x3=21 [k]
Har bir o‘quvchining bilim darajasi, qobiliyatidan kelib chiqib, Usmon Nosir ijodini o‘rganishda Chet tili fani bilan aloqadorlikda topshiriqlarni bajarish ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, xorijiy tillarni o‘qitishga katta e’tibor qaratilayotgan hozirgi kunda bu muhim hisoblanadi. Jumladan, o‘quvchilar bilan individual ishlashda ular o‘zlari bilgan chet tillariga Usmon Nosir asarlarining mazmunini ochib beruvchi tayanch so‘zlarni tarjima qilish topshirig‘i beriladi. Bu orqali chet tilini bilish bilan birga, o‘quvchilardan asarlar uchun ochqich vazifasini bajarayotgan so‘zlarni topish ham talab etiladi. Namuna sifatida o‘qituvchi tomonidan "Bog‘im" she’rining turk tilidagi tarjimasi o‘qib eshittiriladi:
Yaprak gibi koparsam,
Beni unutmaz bahım.
Işime saygı duyuyor
Çiçeklerden bir heykel yapar.
Binlerce yıl sonra bile
Beni unutmaz bahım! 8
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, shoirning hayotiy va ijodiy faoliyatini qanday yo‘llar bilan bo‘lsa-da o‘rganish va ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodga o‘rgatish juda ham muhimdir.

XULOSA
Interfaol pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarning afzalliklari shundan iboratki, bunday darslar tizimi tafakkurni charx-laydigan, Vatanga cheksiz muhabbat, sadoqatni, fuqarolik axloqi va de-mokratik madaniyatni shakllantiruvchi fan asosi bo‘lib xizmat qiladi. Adabiyot darslari metodlar asosida olib borilganda vaqt tejamkorligi bilan birga, yangi bilimlarni o‘quvchiga yetkazib beradi, shuning bilan birga bolani o‘ylantiradigan, chuqur mushohadaga undaydigan, butun diqqat e‘tiborini o‘ziga jalb qila oladigan, muammoli vaziyatlar, bahs-tortishuvlarda to‘g‘ri xulosalar bilan vaziyatdan chiroyli chiqib keta oladigan va olgan bilimlarini boshqa mavzular bilan bog‘lab, umum-lashtiradigan bo’lib yetishadi.
Xususan, internet tarmoqlarining maqsadi ham shulardan iborat. O‘quvchilarga dars mobaynida ularning diqqatini bir joyga jamlashlari, mavzu mohiyatini to‘liq anglab yetishlarida ko‘makchi bo‘ladigan bir qancha vositalar mavjud. Lekin ular faqatgina vosita ekanligini unutmaslik kerak.
Ayrim jarayonlarda shu ko‘zga tashlanmoqdaki, vositalarga asos sifatida qarab mohiyatdan uzoqlashish yuzaga kelmoqda. Vositalardan asosni ifodalashda to‘g‘ri foydalanish malakasi pedagoglarimizga har doimgidan-da ko‘proq kerak. Dars jarayonida dars sifatini oshiruvchi jihozlar sifatida ko‘p ko‘zga tashlanayotgan kompyuter tizimlari, yangi metodlar, taqdimotlarni sanash barobarida audiovizual texnologiyalar va multimedia vositalari ham shu tarkibda ekanligini unutmaslik lozim.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin