Rasulova Sabinaning O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi


UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JADID ADABIYOTINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#200762
1   2   3   4   5   6
kuuuuuuurs

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JADID ADABIYOTINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirish, jahon talablariga mos mutaxasislarni tayyorlash, ularga ta’lim berish va ta’lim oluvchini o’z ortidan ergashtira olish uchun o’qituvchi dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalansagina darsning saviyasi va samarasi yuqori bo’ladi. Har bir jamiyat kelajagining ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizi-mining rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraq-qiyot yolidan borayotgan Respublikamizning uzluksiz ta’lim tizimini is-loh qilish va takomillashtirish ilg’or pedagogik va axborot texnologiya-larini joriy etish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Zamonaviy axborotlarga boy materiallar, vositalar bilan darsni boshqarish o‘qituvchi mehnatini samarali qiladi. Bugungi kunda har bir o‘qituvchi zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etgan holda pedagogik faoliyatini tashkil etishi va u bilan bog‘liq barcha ko‘nik-malarga ega bo‘lishi kerak. Bu – davr talabi. Zamonaviy ta’limning tarkibiy qismiga aylanib ulgurgan internet tarmo-g‘i bilan ishlash malakasi ham pedagoglar uchun ahamiyatli. Minglab yillar davomida rivojlangan inson tafakkuri uchun bugungi kunda dast-labki manba, ya’ni axborot olish hayotiy zaruratga aylandi. Mazkur ax-borotni topish, saqlash, qayta ishlash va boshqalarga yetkazishning qulay usullariga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Ana shu ma’lumot-larni topuvchi, saqlovchi, qayta ishlovchi va boshqalarga yetkazuvchi vazifasini bugungi kunda axborot texnologiyalari bajarmoqda.


Jadid adabiyoti vakillarining hayoti va ijodi bilan tanishtirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo’yicha to’xtalib o’tmoqchiman.


Pedagogik jarayonga nisbatan innovatsiya tushunchasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usul va shakllari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish kabi faoliyatlarga kiritilgan yan-giliklarni anglatadi. Pedagogika fanidan joy olgan «ta’limdagi innovatsiya» va «pedagogik innovatsiya» atamalari sinonim sifatida qo‘llaniladigan tushunchalardir.6 Pedagogik innovatsiya – ta’lim va tarbiyaning samaradorligini oshirish maqsadida uning mazmuni, texnologiyasi hamda tashkil etish kechimiga kiritilgan yangiliklarni anglatadi. Shunday qilib innovatsiya jarayoni ta’lim-tarbiyani tashkil etish va uning mazmunini o‘stirishga kiritilgan yangiliklardan iborat tushunchadir. Yangi ta’limiy usul yoki bir necha usullar yig‘indisi – texnologiya, vosita va usullardan iborat yangiliklar – novatsiya, ana shu vositalarni pedagogik amaliyotga tatbiq etish kechimi esa innovatsiyadir. Pedagogik innovatsiya ta’lim-tarbiya tizimini bir holatdan tubdan yangilangan boshqa holatga o‘tkazishga olib keladigan turg‘un unsur va o‘zgarishlarni maqsadga muvofiq tarzda kiritishni ko‘zda tutadigan izchil jarayondir. Ma’lumki, ta’lim jarayonini amalga oshiruvchi o‘quv ishlari, uning mazmuni, shakl va metodlarini zarur emotsiya bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Hissiy holatlar hamisha ruhiy bezovtalik, ko‘ngil hayajonlari, o‘zgani tuyish, quvonch, nafrat, hayrat singari tuyg‘ular bilan bog‘liq. E’tibor qilish, eslab qolish, anglash jarayonlariga shaxsning chuqur ichki bezovtaligi, hayajoni qo‘shilganda u faollashadi, zaruriy intellektual marraning egallanishi ta’minlanadi. Insonning his-tuyg‘ulari ishtirokisiz haqiqatga intilish va erishish mumkin emas. Ayniqsa, adabiy ta’limda hamma narsaga erishish uchun his-tuyg‘u birinchi o‘rinda turadi. Gap faqat uni zarur shakl va miqyosda uyg‘ota bilishda. Hissiy bezovtaliklar, insonning ruhiy muvozanatdan chiqishi, asosan, hayrat orqali namoyon bo‘ladi. Badiiy asarda ifodalangan hodisa, asar qahramonlari tuyg‘ulari, ulardagi g‘ayrioddiylik, ruhiy kechinmalar ifodasining samimiyligidan hayratlanish o‘quvchida turli hissiyotlarni uyg‘otadi. Adabiyot darslarida emotsional holatlarni vujudga keltirishda o‘qituvchi nutqining hissiyotga yo‘g‘rilganligi, tiniqligi, badiiyligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat bu holat o‘ta samimiy bo‘lishi kerak. Busiz o‘qituvchining nutqi foydali axborotgina bo‘lib, o‘quvchiga hissiy ta’sir ko‘rsatolmaydi. Shu bilan birga, darsning qiziqarliligini ta’minlashda bilishdan zavqlanish hissining ham o‘rni katta. Hissiyot o‘quvchini muammoning ichiga kirishga undaydi. Tasniflashda ular yordamida o‘quvchilarga tayyor bilimlarni zo‘rlab singdirishga emas, balki ularning tafakkur imkoniyatlarini hisobga olishi, fakt va tajribaga asoslanishiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bir qator pedagog va psixologlar tomonidan ta’lim metodlari orasidan: muammoli, suhbat, evristik, tadqiqot, taqqoslash, induktiv, deduktiv singari umumdidaktik metodlarning samarali ekanligi ta’kidlangan. O‘qituvchining ta’lim metod va usullari haqidagi bilimi qanchalik chuqur, ularni ma’lum maqsad yo‘lida qo‘llash imkoniyati qanchalik keng bo‘lsa, har bir darsni tashkil qilish oson, unumli, foydali va jonli bo‘ladi. Darsning o‘zlashtirilish darajasi uning ko‘rgazmaliligi, tashkiliy jihatdan benuqsonligidan tashqari, o‘quvchilar mustaqil fikrlashini faollashtirish, ularning nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishini ham taqozo etadi.
Jadid adabiyoti vakillarining hayoti va ijodi bilan tanishtirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo’yicha to’xtalib o’tmoqchiman. Adabiy ta’limda ham jadid adabiyoti namunalarini asarlarni o’qitishda audiovizual texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini va o’qituvchi mahoratini oshiradi.
Buni misol sifatida 10 –sinf adabiyot darsligida yetuk marifatparvar jadidchi Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1918) hayoti va ijodi orqali dars jarayonida audioeshittirishlar va audio matnlar orqali 10 –sinf o’quvchilariga yetkazish mumkin. Avvalo hayotiy faoliyati tug’ilgan yurti ,ishlagan gazetalari haqida interfaol shaklda audio yozib olib, o’quvchilarga ma’lumot berish mumkin. Masalan:
Buyuk ma'rifatparvar adib, alloma va jamoat arbobi Mahmudxo'ja Behbudiy 1875 yili Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Ziyolilar oilasidagi muhit undagi adabiyotga, siyosatga, ma'rifatga bo'lgan qiziqishning tezroq ro'yobga chiqishiga asos bo'ldi. Uning otasi islom huquqshunosligi bo'yicha yirik mutaxassis bo'lib, bu borada ko'plab kitob va risolalar yaratgan edi. Bu o'z navbatida Mahmudxo'jaga ijobiy ta'sir qiladi. Keyinchalik bu haqida u o'z maqolalaridan birida otasi ta'lim bergan "Hidoya" (Islom huquqiga sharhlar) asari uning taqdirida muhim rol o'ynaganini aytib o'tadi. U Makkaga borish maqsadida arab tilini o'rganishga kirishib, islom tarixi va nazariyasi bilan shug'ullana boshlaydi. 1912-1913 yillarda Behbudiy Samarqandda "Samarqand"gazetasi, "Oyna" jurnali chiqishida jonbozlik ko'rsatadi.
Adabiyot darsligida Behbudiyning “Padarkush “ dramasi bayon etilgan bo’lib , bu dramani o’quvchilarga interaktiv usullar orqali dars jarayoni tashkil etish mumkin. Masalan , asarda ishtirok etgan obrazlar ko’-lami ,qahramonlar taqdiri ,xarakteri haqida « Dumaloq stol » metodini qo’llash mumkin. Bunda masalan, bir topshiriq beriladi.
Masalan, Boyning eshigini nechta qulfi bor? yoki dramada qanday mavzular yoritilgan? kabi savollar beriladi. Bu topshiriq yozilgan qog’oz varag’i davra bo’ylab o’tkaziladi. Har bir o’quvchi o’zining variantini yozib qo’yadi va varaqni boshqa o’quvchiga uzatadi. Javoblar tugagach, muhokama boshlanadi. No’to’gri javoblar o’chiriladi, to’gri javoblar soniga qarab o’quvchilar baholanadi.
Yoki «Akademik munozara» metodi orqali ham bu dramani tahlil qilish mumkin. Bunda o’quvchilar ikki guruhga bo’linadi, mavzuga oid topshiriq beriladi. Masalan , Xalqni nima uchun boylik emas, ma’rifat ,ilm yuksaltiradi, bunda nega Boy bilan Ziyoli bahslashishi haqida savollar beriladi. Bunda 1-guruh qahramonlarning salbiy tomonlarini tahlil qiladi, 2-guruh esa ijobiy tomonlarini izohlab beradi. Bu mavzu yuzasidan shu interfaol metod orqali chuqur bilimga ega bo`lishadi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin