188
Kambag’aloilalardanchiqqanyoshlarrepetitorlardao’qishyokiuniversitetgakiri
shhaqidaorzuhamqilaolmaydilar. Masalan, 2008 yildaLotinAmerikasida 4 dan 17
yoshgachabo’lganbolalardan 23 millionita’limolishimkoniyatigaegabo’lmagan.
Maktabga bora olmagan bolalarning soni esa 40% dan oshgan (
World Economic
Forum
ma’lumotlaridan
). Shuning uchun ham sun’iy intellect asosida ishlaydigan
raqamli va tekin standart o’qituvchilar paydo bo’lishi bu muammolarni hal qilib
berishi mumkin. Bu nafaqat chet tillarni o’rganishda,
balki boshqa fanlarni
o’rganishda ham qo’l keladi. Juda ham qimmat bo’lmagan planshet sotib olib, unga
sun’iy intellektli raqamli o’qituvchini yuklab olgan holda barcha tabaqaga mansub
insonlar ta’limni davom ettirishlari mumkin. Bir necha o’n yillardan so’ng,
insonlarga oily ma’lumot olish huddi o’qish-yozishni bilganday oddiy bir hol
bo’lib qolishi mumkin.
Melinda
va
Bill Geyts
ning ta’limni rivojlantirish bo’yicha
REND
fondi mutaxassislari ta’kidlashicha, individuallashtirilgan ta’lim berish
jarayoni o’quvchilarga fanlarni chuqur o’zlashtirish imkonini beradi.
Har bir
o’quvchiga individual yondoshuv nafaqat o’quv materialini tez o’zlashtirsh, balki
fanni sevib qolish imkoniyatini ham beradi. Haqiqatan ham eng yaxshi
o’qituvchilar har bir o’quvchiga alohida yondoshuv bilan ishlaydilar. Yaxshi
pedagog
dars berishdan tashqari, o’quvchilarni ruxlantiradi va fanga qiziqish
uyg’ota oladi. Ammo xozirgi paytdagi maktab va universitetlarda har bir
189
o’quvchiga alohida ahamiyat berishning hech ham iloji yo’q, chunki sinflarda 25-
35 tadan o’quvchi-talaba o’qiydi. Agarda hozirgi
kunda universitetlarda va
maktablarda individual o’qitish joriy qilinsa, ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilar
soning bir necha marta ko’proq bo’lishi talab qilinadi. Buning esa moliyaviy va
tashkiliy jihatdan imkoni yo’q, albatta. Xuddi shuning uchun ham
o’qituvchilarning va o’quvchilarning raqamli elektron
yordamchilar hamda chat-
botlardan foydalanishi muammoning bir qadar darajada yechilishiga olib keladi.
Ammo sun’iy intellect bilan jihozlangan personallashgan raqamli o’qituvchilar
individual ta’lim muammosini muvaffaqiyatli hal qilib berishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: