389
modellarning hozirgi rivojlanish bosqichida ular huddi shu bosqichga
intilayaptilar. Ko’pchilik mijozlar esa turli hildagi bank hizmatlaridan
foydalanish uchun bank filialiga borib o’tirmasdan, raqamli texnologiyalar
imkoniyatlaridan foydalanish ma’qulligini bilab bormoqdalar.
Moliyaviy sektorning rivojlanishi niqtai-nazaridan
raqamli transformatsiya
yangi raqamlashtirilgan ish muhitini yaratish natijasida moliyaviy faoliyat
yuritishni mukammallashtirishdir. Bank jarayonlarini raqamlashtirish uchun
raqamli texnologiyalarni qo’llash asosida professional masalalarni hal qila
oladigan malakali kadrlar va yangi mansablar talab qilinadi. Bu mansablar qatoriga
raqamli texnologiyalar bo’yicha direktor va innovatsion rivojlanish bo’yicha
director lavozimlarini kiritish mumkin.
Ekspertlarning aytishlaricha, bank sektorining raqamli transformatsiyasini
amalga oshirish uchun uch xil yondoshuvdan foydalanish mumkin: Jahondagi 26%
banklar foydalanadigan yondoshuv raqamli texnologiyalarni to’liq
raqamli
transformatsiya sifatida emas, balki alohida loyiha sifatida tadbiq qilishni ko’zda
tutadi – bu brinchi yondoshuvdir. Bu holda raqamli transformatsiya uzoq muddatli
rejalashtirish asosida va pilot liyohalarni amalga oshirgan holatda qadam ba qadam
tadbiq qilinadi. Ikkinchi yondoshuv raqamli iqtisodiyotning talablarini hisobga
olgan holda yaratilgan kompaniya filialini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.
Raqamli transformatsiya usuli ancha ommabop hisoblanadi va u 42% banklar
tomonidan ishlatiladi. Bu yondoshuvning afzalliklari uzoq muddatli perspektivada
mijozlarning talablariga moslashganlik, tashkilot ichida turli yo’nalishlar bo’yicha
mutaxassislar (dasturchilar, information texnologiya mutaxassislari, analitiklar va
marketologlar)ni o’z ichiga olgan komandalar tashkil qilish hisoblanadi.
Bular
natijasida tashkiliy tuzilmaning yuqori darajadagi moslashuvchanligiga erishiladi
hamda yangi faoliya yo’nalishlarini testlashtirish imkoniyati yaratiladi. Raqamli
trnsformatsiyaga bo’lgan uchinchi yondoshuv raqamli texnologiyalarni
tashkilotning asosiy boyligi deb hisoblashga asoslangan. Bu usul boshqa
yondoshuvlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin, ammo u bankdagi barcha ichki
va tashqi jarayonlarning to’liq raqamli transformatsiyasi strategiyasi asosida
390
amalga oshiriladi. Hozigri vaqtda ushbu usul vositasida raqamli transformatsiyani
amalga oshirish 32% banklar tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi davrda raqamli
transformatsiya jarayoni banklarning raqobatbardoshliligini
saqlab turish uchun
kerakli bo’lgan bir muhim tadbir hisoblanadi va bugungi kunda bank
operatsiyalarning uchdan bir qismi raqamli texnologiyalar vositasida amalga
oshirilayapti. Bunday holat raqamli innovatsion texnologiyalarning afzalliklarini
tushuna boshlagan jamiyatning talablari tufayli ham yuzaga kelayapti. Shuni ham
aytish lozimki, raqamli transformatsiya jarayoni konkret bankning xususiyatlar va
talablarininhisobga olgan holdagi aniq strategiyaga asoslangan bo’lishi kerak.
Shundagina amalga oshirilgan raqamli strategiya bank sektorining samaradorligini
oshirish va moliya-kredit tashkilotlarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llashga
imkon beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, jahon bozoridagi radikal
o’zgarishlarni
hisobga olib, kompaniyalarga qisqa va o’rta muddatli
perspektivalarda quyidagilarni nazarda tutish maqsadga muvofiq bo’ladi:
Global raqamli iqtisodiyot ancha yetilib qoldi;
Ko’pchilik tarmoqlr raqamli transformatsiya jarayonini boshdan
kechirayapti;
Kompaniyalar orasidagi raqamli farq borgan sari kamayib borayapti;
Rivojlangan bozorlarda iste’molchi markaziy o’rinni egallab turibdi;
Biznes giper tezlikka o’tib borayapti;
Raqamli iqtisodiyotni qamrab olish uchun firmalar qayta tashkil
etilayaptilar;
Innovatsiyalarning tadbiq qilinishi hayotiy muhim ahamiyatga ega bo’lib
borayapti;
Innovatsion risklarni baholash va ularni boshqarish muvaffaqiyatga
erishishning asosiy faktorlari bo’lib bormoqda.
Raqamli innovatsiyalar raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini
stimulyatsiya
qiladi va bir qancha sohalarda yangiliklarning tadbiq qilinishiga imkon berish
natijasida iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasiga olib keladi. Halqaro
consulting kompaniyasi
Dostları ilə paylaş: