403
Elektron birjalar (
e-exchange
) – narxlar talab va taklif asosida
aniqlaniladigan savdo maydonlari bo’lib, keyingi paytlarda tarmoq elektron
birjalari tobora ommabop bo’lib barayapti. Masalan, aviatsiya tarmog’i
uchun
Aerospan
va
MyAircraft.com
birjalari, avtomobillar uchun
Covisint
birjasi, ommaviy iste’mol tovarlari uchun esa
Transora
kabi birjalar
mavjud.
Bulardan tashqari,
vertikal elektron savdo maydonlari
ham mavjud. Ular tarmoqlar
chegarasida korxonalarni birlashtiradilar yoki bitta tashkilotning yetkasib
beruvchilari va dilerlarini birlashtiradilar.
Gorizontal elektron savdo maydonlarida
esa turli tarmoqlarning kompaniyalari birlashishlari mumkin. Mijozlar bilan o’zaro
aloqa o’rnatish turi bo’yicha ikki turdagi biznes-modelni ajratib ko’rsatishimiz
mumkin:
O’z-o’ziga hizmat ko’rsatish
– kompaniya elektron platforma va mahsulotni
yaratadi, iste’molchi esa mahsulot yoki xizmatni o’zi tanlagan usulda sotib
oladi. Misol sifatida onlayn-bankingni, elektron ta’limni yoki internet-
savdoni keltirishimiz mumkin;
Kraudsorsing
– bunda kompaniya internet-pletformani tashkil qiladi,
mahsulot yoki xizmatni esa iste’molchilarning o’zlari yaratadilar (
ya’ni
kraudsorsing mahsulotini
). Xozirgi paytda kompaniyalar iloji boricha shu
usulni tanlamoqdalar. Misol sifatida ijtimoiy tarmoqlarni, blokcheynlarni,
YouTube bideoservisini, fotoservislarni keltirishimiz mumkin.
Elektron biznes tashkil qilayotganda iste’molchining portretini hisobga olish va
uning iste’molchi sifatidagi xususiyatlarini o’rganish yaxshi natijalarga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: