402
boshqa servislariga ega. Bozor ma’lumotlarini yig’ish va tahlil qilishga
mo’ljallangan
wordstat.yandex.ru, Google AdWords adwords.google.com
kabi
yangi elektron servislarning paydo bo’lishi biznesga bozorlardagi talabni tezkor
o’rganish imkoniyatlarini taqdim qildi. Bunday usullarning nomi
kalit so’zlr
statitikasi
degan nom oldi. Masalan, ommabop komp’yuter o’yini Angry Birds ni
har kuni bir millionga yaqin odan yuklab olgan ekan. Soha ekspertlarining
fikrlaricha, agarda 3000 ta atrofida qidiruv talabi bo’lgan taqdirda bu mahsulot
yoki hizmatga talab bor degan fikrga kelish mumkin. Elektron biznes talabni
aniqlashning qidiruv talabi usulidan tashqari, bozorning emotsionalliligini
baholash usulidan ham foydalanadi. Bu baholov usuli vositasida ijtimoiy mediya,
chatlar va forumlarda ushbu mahsulot yoki xizmatning muxokamasida potentsial
mijozlarning faolligini aniqlanadi. Bozor ma’lum qismining emotsionalligi undagi
insonlarning ushbu mahsulot yoki xizmatga qanday fikr bildirishlari, ularning bu
jarayondagi faolligi va bu narsa ularga qanchalik kerakligidir.
Elektron savdo maydonlarini tashkil qilish modellarining esa quyidagi bir
qancha asosiy turlari mavjuddir:
Onlayn katalog
(
on-line catalog
) –savdo maydoni shunday tashkil
qilinadiki, bunda iste’molchilar turli xildagi ishlab chiqaruvchilar va
sotuvchilarning tovarlari va hizmatlari haqida bir qancha ko’rsatgichlar
bo’yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
Virtual moll
(
cybermall, e-mall
) – bu onlayn katalogning bir turi bo’lib,
unda bir internet adresda va bitta portalda bir qancha alohida kompaniyalar
haqida ma‘lumotlar to’plangan bo’ladi. Bitta elektron savdo maydonida bir
qancha magazinlardan haridlar qilish mumkin bo’ladi. Bu xolda yagona
savdo qoidalari, yagona korzina va yagona to’lov tizimi o’rnatilgan bo’ladi;
Dostları ilə paylaş: